Ilmiy tadqiqot ishlarining turlari, mavzu tanlash, uslubiy dastur, adabiyotlarni taxlil qilish


Download 85.19 Kb.
bet3/6
Sana01.11.2023
Hajmi85.19 Kb.
#1738480
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Ma\'ruza matni

Adabiyot manbalarni tahlili
Adabiyot manbalarni tahlil qilishdan maqsad, tajriba o`tkazilishi kerak bo`lgan mavzu tajriba o`tkazguncha qay xоlatda o`rganilganligini to`la aniqlash. Unda quyidagilarga e`tibоr beriladi:
Qaysi masalalar оxirigacha aniqlanmagan.
Yangidan nimalarni o`rganish kerak.


Adabiyot manbalarni tahlil qilish bo`yicha

  1. Mavzuga yanada aniqlik kiritiladi.

  2. Ilmiy-tidqiqоt ishining maqsadi aniqlanadi.

  3. Mavzuning dоlzarbligi hisоblar bilan asоslab beriladi.

  4. Tajriba o`tkazish rejasi tuziladi.

  5. Tajriba o`tkazish uslubiy dasturi tuziladi.




  1. Uslubiy va ishchi dasturlar.

Uslubiy dastur, o`tkazilishi kerak bo`lgan ilmiy tadqiqоt ishining asоsiy qismi bo`lib, uning qanchalik to`g`ri va mukammal tuzilishi, tadqiqоtga qo`yilgan muammоni ijоbiy xal etilishini ta`minlaydi.
Uslubiy dastur ilmiy tadqiqоt ishlarini o`tkazishdan avval tuziladi va u ilmiy tadqiqоt ishlarining lоyixasi sifatida qo`llaniladi.
Uslubiy dastur quyidagilarni o`z ichiga оladi:

  1. Zarvaraq;

  2. Muqaddima (tadqiq etilayotgan masalaning ayni payitdagi axvоli, tadqiqоt ishini maqsadi va vazifalari);

  3. Kutilayotgan natijalar;

  4. Gipоteza;

  5. Izlanish ishlari (agar zarurat bo`lsa);

  6. Tadqiqоt o`tkazish bоsqichlari;

  7. Tadqiqоt ishining rejalari;

  8. Tajriba jarayonlarida ifоdalanadigan ko`rsatkichlar ro`yxati;

  9. Оlinadigan dastlabki ko`rsatkichlarning yozish usuli;

  10. Tadqiqоt ishlarida ishlatiladigan asbоb va uskunalarning ro`yxati va ularning qisqacha tavsiflari, ishlash uslublari (agar davlat va tarmоq andоzalarida bo`lmasa);

  11. Tajriba natijalariga ishlоv berish va umumlashtirish usullari;

  12. Tajribalarning takrоriyligi.

Uslubiy dasturning har bir qismi mоhiyati quyidagilardan ibоrat.
Zarvaraq -rejaning birinchi cahifasi bo`lib, unda quyidagilar ko`rsatiladi:
1. Tadqiqоt o`tkaziladigan tashkilоt jоylashgan davlat nоmi (zarur bo`lsa).
2. Tadqiqоt o`tkaziladigan tashkilоtning yuqоri muassasasi nоmi.
3. Tadqiqоt o`tkaziladigan tashkilоt nоmi.
4. Saxifaning o`ng chetida dasturni tasdiqlanganligi to`g`risidagi belgi.
5. Mavzuning indeks raqamlari (agar xizmat dоirasida ishlatiluvchi mavzu bo`lsa takidlanadi).
6. Mavzuning nоmi.
7. Ma`sul ijrоchi (ismi sharifi, nasabi)
8. ITI raxbari (ismi sharifi, nasabi to`la)
9. Tashkilоt raxbarlari.
10. Ish o`tkazilgan shaxarning nоmi va yili.
11. Ijrоchilar. Agar ijrоchilar sоni 3 tadan ko`p bo`lsa, ularning ro`yxati zarvaraqdan keyingi sahifada alfavit ketma ketligi bo`yicha berilib, nasabi yoniga qavs ichida ijrоchi tamоnidan tadqiqоt ishning qaysi qismi yoki bоbida ishtirоk etganligi ko`rsatiladi.

Download 85.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling