«ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanidan


Download 0.5 Mb.
bet11/67
Sana30.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1735316
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67
Bog'liq
«ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanidan-fayllar.org

3-masala.Sinergetikaning asosiy ob’ekti:
1) o‘z–o‘zidan tashkil etish;
2) tartiblilik va tartibsizlik (xaos).
Ma’lumki, kishilik jamiyatida, ijtimoiy hayotda ma’lum bir maqsadni amalga oshirish uchun faoliyat jarayonlarini tashkil qilish kerak. Bu vazifani odatdayo bir tashkilotchi shaxs yoki bir necha odamdan iborat tashkilot bajaradi. Bu yerda vazifa – ob’ekt, bajaruvchi – sub’ektdir. Bu mulohaza, hatto tabiatga ham taalluqlidir. Tabiiy tabiat va sun’iy tabiat bor. Sun’iy tabiat, odatda, ikkinchi tabiat deyilib uni odam tashki lqiladi. Tabiiy tabiatni, ya’ni elementar mikro zarralardan tortib, quyosh sistemasi, galaktikalar, kvazarlar, pul sarlargacha cho‘zilgan olamni tabaitning o‘zi, olamning o‘zi tashkil qiladi. Olam va uning ayrim qismlari, sistemalari o‘zini –o‘zi tashkil qiladi, ya’ni sistema tashqi ta’sirsiz o‘z–o‘zidan tashkillanadi. Diniy ta’limotlarning o’qtirishicha, olamni, odamni Xudo tashkil qilgan va mayda–chuyda narsalarni tashkil etish vazifasi odamga topshirilgan.
Sinergetikaning vazifasi aniq: jonsiz tabaitda ham jonli tabiatda ham, hayvonlar dunyosida ham, odamlar jamiyatda ham sub’ektning tashkilotchilik qobiliyatidan tashqari ob’ektiv aktivlik borki, ko‘p narsalar odam sub’ektivisiz ham tashkil qilinaveradi.
O‘z–o‘zidan tashkillanish – chetdan keladigan ta’sirsiz, o‘zi–o‘zidan xarakatlanishning muhim namoyon bo‘lishi; shu bilan birga o‘zi - o‘zini boshqarishning asosidir; umumiy holatda xususiy, xududiy qismning mavjudlik sharoitining imkoniyati.
O‘z–o‘zidan harakatlanish, o‘zgarish, rivojlanish deganda, avvalo, materiyaning mavjudligida barcha xolatlarda yoki bir holatdan ikkinchi xolatga tabiiy o‘tishidagi sabab shumateriyaning o‘zida bo‘lib, tashqi kuchga muhtoj emas, degan so‘z. Masalan, Quyos hva Quyosh sistemasida, har bir galaktikaning o‘zidagi fizikaviy, kimyoviy jarayonlar shuj umladandir.
Shu bilan birga sedan chiqmaslik kerakki, har bir ob’ekt, narsa tashqi kuch ta’sirida ham o‘z xolatini o‘zgartirishi mumkin. Masalan, bir yulduz nuriga, jumladan Quyosh nuriga boshqa yulduzlar nurlari ta’sir etishi mumkin. Bu esa kosmik nurlar orasidagi bog‘lanish munosabatlarini belgilaydi.
Tashqi ta’sir natijasida o‘zgarish deyilganda, materiyaning o‘zining bir qismi ikkinschi qismiga ta’siri, deb tushunmoq kerak. Buni yaqqol tushunmoq uchun ta’sirlanuvchi qismning o‘zi to‘la qism bo‘lmay, ta’sirlanuvchi qism bilan birgalikda, ya’ni ikki sistemachadan iborat qismichidagi jarayon deb tasavvur etmoq kerak. Masalan, kristallarning tashqi ta’siridan kattalashishi, metalning zanglashi, Quyosh sistemasiga Galaktikaning ta’sirini ikki sistemachadan iborat sistemalardagi o‘z– o‘zidan tiklanish deb qarash mumkin. Shuningdek, Yer haqida gapirganimizda uni Quyosh sistemasining bir qismi sifatida ham tasavvur etishimiz mumkin. Bular jonsiz tabiatda. Jonli tabiatda ham, sistemalarning tashqi ta’siridan o‘zgarishi shunday. Lekin, bu anologiya nisbatan. Aslida jonli tabaitda yopiq sistemani ikki ochiq sistemachadan iborat deb tushuniladi sinergetikada. Darhaqiqat, alohida o‘simlik, hayvon va odam organizmi tashqi muhitsiz yashay olmaydi. Shuning uchun sinergetikada har bir tirik organism ochiq tizim ekanligiga urg‘u beriladi. Ha, Yerdagi hayot ma’lum tegishli sharoitda birdan o‘z – o‘zidan paydo bo‘lgan, deb tushuniladi sinergetikada.
Uyg‘un bir qoida bo‘yicha bajarilmaydigan sabab–oqibat jarayoni tartibsizlikdir. Masalan, tabiatda Broun zarralarining harakatlari, shar–sharadan oldin tartibli ravishda parallel oqib kelayotgan olmalarning shar – sharadan tushishi bilan ular xarakatlarining tartibsizligi ya’ni laminarlikdan turbulentlikka o‘tishi, jamiyatda esa ba’zan kuzatiladigan to‘s – to‘polon, olamon xarakatlari.
Tartibsizdlik tushunchasi, qadimgi faylasuflarni ham ko‘p qiziqtirgan. Platonfikricha, har bir voqea bir qancha imkoniyatlardan birining yuzaga chiqishidir. Mana shu imkoniyatlar voqelikka aylanguncha tartibsiz xolda bo‘ladilar. Imkoniyatlardan biri haqiqatga aylanganidan so‘ng tartibsizlik o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Demak, har bir narsa tartibsizlikdan kelib chiqadi.
I.PrigojinvaI. Stengers e’tirof etadilar: “Bizdan oldingilar tartibsizlik bilan tartiblilik munosabati haqidagi savolga javob bera olmaganlar. Mashxur entropiya qonuni olamni tartibotdan notartiblikka olib boruvchi jarayon deb tushunishgan. Biologiya esa oddiylikdan murakkablikka, past tartibotdan yuqoriroq tartibotga olib boradi, deb tushuntirishgan. Nimaning hisobiga? Endi ma’lum bo‘ldiki, tashqi muhitdan keladigan energiya va moddalar hisobiga. Tashqi muhitning ta’siri – tartibot manba’idir”. Ha, tashqi tashqi muhitning ta’siri hisobiga entropiya kamaytiriladi, deyilmoqchi, bu yerda.
Fizikada tartibsiz harakat deb, muvozanat holdagi issiqlik harakati, muvozanatsiz turbulent harakat, elektromagnit to‘lqinlari harakatlari hisoblanadi. Tartibsizlik – traektoriyalarning beqarorligi.
Tartibot manbai – nomuvozanatlikdir. Nomuvozanatlik tartibsizlikdan tartiblilikni chiqaradi. Orqaga qaytmaydigan jarayonlar tartibsizlikdan tartiblilikka o‘tish manbaidir. Darhaqiqat, sinergetika asoschilarining bir kitobi“Tartibsizlikdan tartiblilikka ” (“Poryado kizxaosa”) deb ataladi. Tartibsizlikdan to‘satdan tartiblilikka o‘tish va qaytadan tashkillanishga o‘tishning sababi – o‘z –o‘zidan tashkillanish qobiliyatidir.
Tartibotga tashqi muhit ta’sir qilish mumkin. Shu bilan birga, tashqi muhit beqaror bo‘lsa, sababiyat – oqibat qoidasi o‘z kuchini yo‘qotadi, endidinamik qonuniyat o‘rniga statistik qonuniyat ishlatiladi. Masalan, ob – havo murakkab jarayon, chunki ababiyatichida tasodiflar ko‘p bo‘lishi mumkin. Uni oldindan aniqlash mumkin, agar sabablar aniqlansa. Qiziq hodisa shuki, bir qit’ada tasodi fan uchgan pashsha dunyo ob – havosini o‘zgartirib yuborishi turgan gap. Lekin bu nazariyada, amaliyotda esa, u pashshaning roli yo‘q. Harakat qilayotgan ob’ekt bitta bo‘lsa, masalan, bitta raketa yoki bitta xujayra bo‘lsa – dinamik qonuniyat, ob’ekt ikkita va undan ortiq bo‘lsa statistic qonuniyat hukmronliq qiladi. Statistik qonuniyat ko‘proq hukmron.
Chalkashlik, alg‘ov – dalg‘ovlik, aralash – quralashlik ham tartibsizlikdir. Ularning qonun – qoidalarini toppish sinergetikaning vazifasiga kiradi.
Tartiblilik va tartibsizlik vakuumda, mikro dunyoda, makro dunyoda bir xil emas, balki nisbiydir. Masalan, turbulent harakat makro miqyosda tartibsizlik bo‘lgani holda mikro miqyosda tartibli va yuqori darajada tashkillangandir. Termodinamikada entropiyaning o‘sib borishi tartiblikdan tartibsizlikka olib boradi, biologiyadaesa – aksincha, soddadan rivojlanishga.
O‘z –o‘zidan tashkilanish natijasida Sistema tartiblashadi. Tartiblilik va tartibsizli ma’nosining boshqacha ko‘rinishi chiziqli va chiziqsizlikdir. Bunda kechayotgan jarayonni qog‘ozda ifodalash usuli e’tiborga olinadi. Misol uchun sharsharakni ko‘z oldimiga keltiraylik. Ariqda to‘g‘ri chiziq bo‘yicha oqib kelayotgan olma sharsharakdan tushayotgan davrida o‘z xarakatini para bola bo‘yicha davom ettiradi va nihoyat, pastga tushganidagi traektoriyasi qanday chiziq bilan bo‘ladi, bunisi noma’lum. Mana shu noma’lumlik chiziqsiz jarayon deyiladi. Sog‘lom yurakning bir xildagi urishini to‘g‘ri chiziq bilan ifodalash mumkin. Bir xildagi aritmiya ham shunday. Tartibsiz aritmiyani chiziq orqali aniqlab bo‘lmaydi. Odamlarning ko‘chada yurish traektoriyalari ham chiziqli hodisa, lekin to‘polon, olamon vaqtidagi holatlari chiziqsiz jarayondir.
Umuman, chiziqli jarayonlarni quyidagi chiziqlar shaklida ifodalash mumkin: to‘g‘ri chiziq, aylana, ellips, parabola, sinusoida. Chiziqsiz xodisalar: chiziq qolipiga tushmaydiganlar, chastotasi tartibsiz jarayonlar.
Tartibsizlikning paydo bo‘lishi uchun tashqi muhitning ta’siri, tashqi kuch kerak. Natijada beqarorlik paydo bo‘ladi. Tartibsizlik paydo bo‘lgandan keyin tashqi kuch kerak emas, endi ichki kuchlar yetadi. Olamda ro‘y beradigan xodisalar, jarayonlar, umuman ziddiyatli ekani hammaga ma’lum.
Adabiyotlar:

1. XakenG. Sinergetika. M., 1980.


2. Sistema gumanitar nogoisotsiolno ekanomichesko goznaniya. M., 2001.
3. KurdyumovS.P. Sinergetika novыe napravleniya. M., 1989.
4.Sinergeticheskaya paradigma. Mnogo obrazie poisko vipodxodov.M.: 2000.
5. Samo organizatsiya i nauka: opыtfilosofskogoosmыsleniya. M. 1994.


Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling