«ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanidan


Download 0.5 Mb.
bet4/67
Sana30.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1735316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
«ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanidan-fayllar.org

Abu Rayxon Beruniy dunyo ilm fanida birinchilardan bo‘lib dengizlar nazariyasi bo‘yicha o‘z g‘oyalarini ilgari surdi, Yer radiusini hisoblanib chiqdi. Kolumb sayohatidan 500 yil oldin Tinch va Atlantika okeani ortida qit’a mavjudligi haqidagi qarashni ilgari surdi, Minerallar tasnifi va ularning paydo bo‘lish nazariyasini ishlab chiqdi.
Shuning uchun ham XI asr butun dunyoda “Beruniy asri” deb atalgani bejizga emas.
Vatandoshlarimiz Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayxon Beruniy Ulug‘bek asos solgan turli ilm sohalari XVI asrga kelib, G‘arb uyg‘onish davri fanining rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
Fan va amaliyot. Fanning jamiyatdagi o‘rni. Fan taraqqiyoti ijtimoiy tarixiy amaliyot bilan bevosita bog‘liq ayni vaqtda ijtimoiy tarixiy amaliyotning murakkablashib boruvi, ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ilmiy bilim rivoji, fanda yangidan yangi sohalarning paydo bo‘lishida muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Amaliyot va bilim aslida olamni o‘zlashtirishdan iborat yaxlit jarayonning o‘zaro chambarchas bog‘liq ikki muhim tomoni hisoblanadi. Amaliyot ilmiy bilimlar taraqqiyotida hal qiluvchi ro’l o‘ynaydi.
Amaliyot keng ma’noli tushuncha bo‘lib uning asosini ishlab chiqarish (mehnat) faoliyati tashkil qiladi. Shuning barobarida amaliyot kishilarning o‘z ijtimoiy hayotlarini qurishga qaratilgan jami hatti harakatlarini, shu jarayonda yuzaga keladigan turli ijtimoiy jarayonlarda aloqa va munosabatlarni o‘z ichiga qamra boladi. Amaliyot ilmiy bilishni, tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlarini ham o‘z ichiga qamrab oladi.
Fan va amaliyot orasidagi aloqadorlik dialektik xarakterga ega. Buning ma’nosi shukiy, amaliyot ehtiyojlari ilmiy bilimlar (fan)ning shakllanishi va rivojlanishiga olib keladi. O‘z navbatida fan yutuqlari amaliyotga tatbiq etiladi.
Amaliyotning fan taraqqiyotidagi o‘rni quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
Amaliyot insonning olam va o‘zi haqidagi barcha bilimlari manbai hisoblanadi.
Bilish, ilmiy bilish amaliyotdan boshlanadi. Ijtimoiy amaliyot jarayonida inson o‘zi uchun zarur bo‘lgan yashash muhitini yaratadi, narsa, hodisa, jarayonlarning avvalda ma’lum bo‘lmagan tomonlari, qonuniyatlarini bilib boradi.
Amaliyot ilmiy bilish maqsadi hisoblanadi. Amaliyot insonga o‘z ehtiyojarini anglash, shu asosda faoliyat yo‘nalishlarini to‘g‘ri aniqlash imkonini yaratadi. Barcha ilmiy bilimlar amaliyot ehtiyojlari tufayli qo‘lga kiritiladi va ular o‘z navbatida amaliyotga faol ta’sir ko‘rsatadi. Bu jamiyat hayotining barcha tomonlaridagi o‘zgarishlarga, insonning o‘zining kamol topishiga olib keladi.
Ilmiy bilishdan maqsad – chin ilmiy bilimlarni qo‘lga kiritish hisoblanadi. Amaliyotda o‘z isbotini topgan bilimlargina chin bilimlar hisoblanadi va ular fan mazmunida o‘z ifodasini topadi.
Fan – murakkab ijtimoiy hodisa, jamiyatdan tashqarida fan yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Dast avval moddiy ishlab chiqarish ehtiyojlari fanning shakllanishi va taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatgan. Ayni vaqtda fan jamiyat hayotining barcha tomonlariga, ijtimoiy taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatadi. Buyuk ilmiy kashfiyotlar, ular bilan bog‘liq ravishda texnika, texnologiya rivoji insoniyat rivojini ta’minlaydigan muhim omil hisoblanadi.
Akademik Vernadskiy fanning jamiyatdagi o‘rniga alohida e’tibor qaratgan, fan tobora ko‘proq insoniyat baxtli kelajagini ta’minlashning hal qiluvchi omiliga aylanayotganini, biosferaning noosferaga aylanishida fanning o‘rni beqiyos ekanligini alohida ta’kidlagan edi.
Fan va uning jamiyatga ta’siri masalasiga falsafiy yondashish, uning ijtimoiy ongning boshqa shakllari bilan uzviy aloqadorlikda jamiyatga ta’sir qilishni hisobga olish talab etiladi.
Fanning jamiyatdagi o‘rni masalasi ikki o‘zaro bir-biriga tubdan zid bo‘lgan falsafiy yo‘nalishlar sientizm va antissienizmda o‘z ifodosini topgan.
Sientizm tarafdorlari fanni eng yuksak qadriyat, deb hisoblaydilar, ilm-fanning ijtimoiy xayotdagi o‘rnini mutlaqlashtiradilar.
Antissientizm falsafiy yo‘nalishi fanning jamiyatdagi o‘rnini inkor etadi, uning salbiy oqibatlarini mutlaqlashtiradi.
Fan haqidagi bu ikki xilqarash bir yoqlama, cheklangan nuqtai-nazar ifodasi hisoblanadi. Aslida fan, uning jamiyatga ta’siri masalasiga falsafiy yondashuv talab qilinadi. Unga ko‘ra fan haqiqatan ham ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili ekanligi, ayni vaqtda uning jamiyatga ijtimoiy ongning boshqa shakllari bilan aloqadorlikda ta’sir qilishini hisobga olish talab etiladi.
Fanning jamiyatdagi o‘rni ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning turlicha davrlarida turlicha bo‘lgan. Bu xolatni sivilizatsiyalar tarixi misolida ko‘rish mumkin.
Ingliz olimi Djon Bell fikricha jahon tarixi uch tipdagi sivilizatsiyani o‘z boshidan kechirgan. Bular
a) agrar;
b) industrial;
v) postindustrial sivilizatsiyalar.
Agrar jamiyatda inson tabiatga qarshi kurashgan. Industrial jamiyatda fan yutuqlari texnika, texnologiyalarning taraqqiyotiga olib kelgan. Postindustrial jamiyatning eng asosiy boyligi- bilim, axborot. Bunday jamiyatda ishlab chiqarish axborotni to‘plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanishga asoslangan. Unda jamiyat va inson hayotining barcha sohalari uchun fan yutuqlari asos vazifasini o‘taydi. Ayni vaqtda fundamental fanlar taraqqiyoti texnika, texnologiyaning yanada takomillashuvida muxim axamiyat kasb etadi.
Fan, texnika, texnologiya va ishlab chiqarish orasidagi aloqalarning tobora mustahkamlanib borishi fanning tobora jadal sur’atlarda ishlab chiqaruvchi kuchlarga aylana borishida namoyon bo‘lmoqda.
Hozirgi davrda fanning jamiyat hayotidagi o‘rni va rolining ortib borishi; Birinchidan, uning moddiy ishlab chiqarish taraqqiyotining hal qiluvchi omiliga
aylanayotgani;
ikkinchidan uning jamiyat va inson hayotining barcha sohalaridagi mavzusi tobora ortib borayotgani hamda uchinchidan, uning insonga, uning intellekti, ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishga, barkamol insonni tarbiyalashga tobora ko‘proq yo‘naltirilayotganida namoyon bo‘lmoqda.
Shundan qilib, fan va jamiyat orasidagi aloqadorlik dialektik xarakterga ega. Buuning jamiyat taraqqiyoti zaruriyatidan kelib chiqishida, shuning barobarida fanning jamiyat xayotining barcha sohalariga, kishilarning hayot sharoitlari va turmushiga kuchli ta’sirida namoyon bo‘ladi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling