Kundalik amaliyotning takroriyligi yoki davomiyligi. Agar tarix siklli xususiyatga ega bo‘lsa, kelajak o‘tmishning takrorlanishi bo‘lishi mumkin. Jamiyatning rivojlanish jarayoni chiziqli xususiyat kasb etgan taqdirda, kelajak o‘tmishning davomi bo‘lishi ham mumkin. Biz o‘tmish, hozirgi zamon va kelajakni o‘z mulohazamizda, ya’ni diskursda birlashtiramiz. M. Fuko diskurslarni geterogen, ya’ni birlashtirib bo‘lmaydigan narsalar va hodisalarni birlashtirish usullari sifatida o‘rganadi. Diskursni tahlil qilishning tartibga solish tamoyillari orasida Fuko quyidagilarni ajratadi: voqea tushunchasi, seriya tushunchasi, muntazamlik tushunchasi va imkoniyat sharoitlari tushunchasi. Voqea ijodga qarama-qarshi qo‘yiladi, seriya yagonalikka qarama-qarshi qo‘yiladi, originallik o‘rniga muntazamlik, ifoda o‘rniga – imkoniyat sharoiti paydo bo‘ladi.
Shutariqaodatdagitushunchalarg‘ayritabiiynarsalarvahodisalarnitushuntirishgaasosbo‘ladi. Avval tarixda shaxsning roli haqida va insoni mkoniyatlari doirasini kengaytirgan buyuk allomalar haqida mulohaza yuritgan bo‘lsalar, keyinchalik tarix va jamiyatni, siyosiy, iqtisodiy va huquqiy institutlarni, madaniy qadriyatlarni yaratuvchi xalq ommasining roli haqida ko‘proq gapira boshladilar. Fuko g‘oyalar tarixi misolida madaniyatda mazmunning amal qilish jarayoniga yangicha nuqtai nazarni taklif qildi. Ammo ayni shu mantiqni ijtimoiy munosabatlarning shakllanishiga tatbiq etish ham o‘rinli bo‘ladi. Diskurs so‘zlar va narsalarni alohida yo‘l bilan bog‘laydi, belgilar va ularning ifodalari o‘rtasidagi munosabatlarning andozalarini belgilaydi.
Mishel Fuko (1926 – 1984) –fransuz strukturalizm inamoyandalaridan biri. Asosiy asarlari: «So‘zlar va narsalar», «Bilim arxeologiyasi», «Nazorat qilish va jazolash», «Seksualliktarixi».
Fuko ijodid auch davr: 60-yillar – «arxeologik» (bilim arxeologiyasini o‘rganish); 70-yillar – «genealogik» (hokimiyat genealogiyasini o‘rganish); 80-yillar – «estetik» (mavjudlik estetikasini o‘rganish) davrlari farqlanadi.
Fuko o‘z diqqat markaziga tilni qo‘yadi va uni so‘zlashuvchi odamlarga bog‘liq bo‘lmagan, ontologik nuqtai nazardan bazi sxususiyatini kasb etadigan muayyan borliq sifatida o‘rganadi. Tilni o‘rganishda mazkur darajaga ko‘tarilish uchun tushunchalarning konkret mazmunini «qavsdan tashqari»da qoldirib, «reduksiyalash»ni amalga oshirish talab etiladi. Natijada tildan materialdagi farqlar bilangina bog‘liq bo‘lgan va nutqda borliqning mutlaq sharti hisoblanadigan «sof struktura»gina qoladi. Shundan kelib chiqib, Fuko madaniyatning tarkibiy tuzilishi va asosiy qatlamlarini aniqlash maqsadida uning rivojlanishi tarixiy jarayonini tiklashga qo‘lurdi.
Ijodning birinchi davrida uning bosh maqsadi – bilish va madaniyatning tarixan o‘zgaruvchan asoslarini o‘rganuvchi fan – bilim arxeologiyasini tuzish. Mazkur asoslaru yoki bu davrda hukm suruvchi semiotik munosabat (so‘zlar va narsalar o‘rtasidagi munosabat) tipi bilan belgilanadi. Yevropa tarixida bunday munosabatlarning uch tipi (epistemalar): Uyg‘onish (narsa sifatidagi til), klassikratsionalizm (fikrni ifodalash vositasi sifatidagi til) va hozirgi zamon (mustaqil kuch sifatidagi til) ajratiladi. Tilning oxirgi modifikatsiyalari shunga olib keladiki, insonning mohiyati haqidagi masala o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. O‘rganish ob’ekti va sub’ekti sanalgan mavjudot – «inson» hayot, mehnat va til haqidagi yangi diskursning qo‘shimcha mahsulidir. Fuko gumanitar fanlar boshqa predmetga ega bo‘lishlari lozim, debhisoblaydi. Uning fikricha, soxta predmet – «inson» tez orada yo‘qoladi va uning o‘rnini «inson» tushunchasiga xos bo‘lgan sub’ektivlik va ob’ektivlikning qarama-qarshiligiga barham berish uchun imkoniyat yaratadigan diskurs egallaydi.
«Hokimiyat genealogiyasi»ning vazifasi – turli tarixiy davrlarda insonni o‘rganishga nisbatan yondashuvlarni belgilovchi bilim-hokimiyat majmualari (hokimiyat strategiyalari va diskursiv amaliyotlar)nitahlilqilish. Fuko fikriga ko‘ra, hokimiyat nafaqat tazyiqo‘tkazadi, balki voqelikni va uni anglab yetish usullarini ma’lum darajada yaratadi. Bilim-hokimiyatning hozirgi tipi XVIII-XIX asrlar chegarasida paydo bo‘lgan va to‘laqonli nazorat, intizom va me’yorga solish prinsiplariga asoslanadi. Bu taomillarning eng yorqin ifodasi – ijtimoiy institut sifatidagi turma, lekin shunga o‘xshash munosabatlar butun ijtimoiy hayotni qamrab oladi (oiladagi, maktabdagi, klinikadagi munosabatlar va h.k.).
O‘z ijodining so‘nggi davrida Fuko individuallashuvga, belgilangan xulq-atvor kodlari va strategiyalari «tizgini»ni uzishga qodir bo‘lgan insonning «erkin» xulq-atvor shakllari va usullarini tahlil qiladi. Seksuallik tarixiga oid materialga tayanib, Fuko hozirgi davrda kodlar va qoidalar axloqi o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, degan xulosaga keladi. Uning fikricha, bu yerda konkret qilmish axloqi (mavjudlik estetikasi) birinchi o‘ringa chiqadi. Ushbu axloq amaliyot taklif qiluvchi refleksiyalangan muqobillarni tanlash sifatida tushuniladi.
Fuko o‘zining aqlsizlik, ijtimoiy fanlar, tibbiyot, turmalar va seksuallik haqidagi kitoblari bilan hozirgi zamon fransuz adabiyotining eng nufuzli mutafakkirlari qatoridan o‘rin oldi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |