Toshkent moliya institutining andijon fakulteti


Download 176.12 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi176.12 Kb.
#1045690
Bog'liq
7-mavzu

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTINING ANDIJON FAKULTETI


BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT YO’NALISHI
1-GURUH TALABASI
AHMADJONOV UMIDJONNING
FALSAFA FANIDAN TAYYORLAGAN
AMALIY ISHI
2-KURS
JAMIYAT FALSAFASI VA INSON BORLIG‘I

1 jamiyat falsafasi tushunchasi 2. inson borlig’I falsafasi


Reja:
Falsafa jamiyatni obyektiv olamning tarkibiy qismi sifatida oʻrganadi. Jamiyat rivojlanuvchi tizim sifatida faylasuflarni har doim qiziqtirib kelgan. Jamiyat haqidagi bilimlar keyinchalik sotsiologiya nomi bilan mustaqil tadqiqot sohasi sifatida falsafadan ajralib chiqdi. Shundan soʻng jamiyatni, uning individual jihatlarini oʻrganish boshlandi va keyinchalik u “jamiyat haqidagi bilimlar tizimi” deb ta’riflandi.
JAMIYATNING MODDIY VA MA’NAVIY HAYOTINI BIR-BIRIGA QARAMA-QARSHI QOʻYISH HAM, ULARDAN BIRINI MUHIM, BOSH-QASINI NOMUHIM DEB HISOBLASH HAM BIRDAY XATODIR. JAMIYAT HAYOTINING MA’NAVIY, IQTISODIY, SIYOSIY, HUQUQIY SORI BIR-BIRI BILAN OʻZARO BOGʻLIQ. ULARNI BOSHQARISH VA TAKOMILLASHTIRISHDA DAVLAT, JAMIYAT TASHKILOTLARI VA OʻZ-OʻZINI BOSHQARISH ORGANLARI MUHIM ROL OʻYNAYDI. HAR BIR TARIXIY DAVRDA JAMIYATNING MA’NAVIY-INTELLEKTUAL SALOHIYATI, SIYOSIY VA HUQUQIY MADANIYATIGA MUVOFIQ RAVISHDA SIYOSIY BOSHQARISH USULI SHAKLLANADI VA AMAL QILADI.
Demokratik jamiyat iqtisodiy bozor munosabatlari vositasida boshqariladi, davlat siyosati iqtisodiy munosabatlarni takomillash-tirishga yordam beradi. Ijtimoiy raqobat, manfaatdorlik iqtisodiy rivojlanishning muhim qonuniyati sifatida amal qiladi. Demokratik davlat jamiyat ma’naviy hayotini takomillashtirish, jamiyatning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ilm-fanni taraqqiy ettirish haqida koʻproq gʻamxoʻrlik qiladi. Davlat jamiyat ma’naviyatining homiysi sifatida ta’lim-tarbiya sohasida tub islohotlarni amalga oshiradi.
DEMOKRATIK JAMIYAT IQTISODIY BOZOR MUNOSABATLARI VOSITASIDA BOSHQARILADI, DAVLAT SIYOSATI IQTISODIY MUNOSABATLARNI TAKOMILLASH-TIRISHGA YORDAM BERADI. IJTIMOIY RAQOBAT, MANFAATDORLIK IQTISODIY RIVOJLANISHNING MUHIM QONUNIYATI SIFATIDA AMAL QILADI. DEMOKRATIK DAVLAT JAMIYAT MA’NAVIY HAYOTINI TAKOMILLASHTIRISH, JAMIYATNING INTELLEKTUAL SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH, ILM-FANNI TARAQQIY ETTIRISH HAQIDA KOʻPROQ GʻAMXOʻRLIK QILADI. DAVLAT JAMIYAT MA’NAVIYATINING HOMIYSI SIFATIDA TA’LIM-TARBIYA SOHASIDA TUB ISLOHOTLARNI AMALGA OSHIRADI.
“Jamiyat” tushunchasini bir ma’noda ta’riflaganimizda bir qancha nazariy, metodologik va etimologik murakkabliklarga duch kelamiz. Avvalo, bu tushuncha hajmi va mazmuni jihatdan juda keng, abstrakt falsafiy kategoriyadir. Ikkinchidan, bu tushuncha dinamik, ya’ni rivojlanish xususiyatiga ega. Uchinchidan, jamiyat faqat falsafa fanining predmeti boʻlmasdan, barcha ijtimoiy fanlar majmuining predmetidir. Toʻrtinchidan, “jamiyat” atamasi turli ma’nolarda ishlatilishi mumkin
Jamiyat deganda, avvalambor, odamlarning turli darajadagi jamoalar guruhlarida birga yashashi sifatida tushuniladi. Jamiyat – bu ba’zi bir umumiylik bilan bogʻlangan insoniyatning ma’lum bir shaxslar toʻplamini aniqlash uchun keng qoʻllaniladigan tushunchadir: u yoki bu barqaror xususiyatlar va yaxlitlik majmuasiga ega boʻlgan turli darajadagi tizimlar (masalan: agrar jamiyat, sanoat jamiyati, axborot jamiyati); ma’lum bir jamoaga ega boʻlgan odamlar birlash-malari (masalan: kelib chiqishi, mavqei, manfaatlari, maqsadlari, faoliyati, yashash hududi, millati boʻyicha). Shu bilan birga biror davlat hududidagi odamlar hayoti, sivilizatsiyaning muayyan davrlaridagi turmushga nisbatan ham ushbu tushuncha qoʻllaniladi
Inson — o‘zida biologik, ijtimoiy va psixik xususiyatlarni mujassamlashtirgan ongli mavjudot. Insonning biologik xususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot qoldirish, sharoitga moslashish kabilar xos. Inson boshqa mavjudotlardan sosial xususiyatlari bilan ajralib turadi.
  • Insonning psixik xususiyatlariga ruhiy kechinmalar, hayratlanish, g‘am-tashvish, qayg‘u, iztirob chekish, zavqlanish, kayfiyat kabilar kiradi. Inson shu xususiyatlari orqali yaxlit bir tizimni tashkil etadi. U yaxlit mavjudot sifatida o‘z ehtiyojlarini qondiradi va insoniyat davomiyligini ta’minlaydi. Insonga xos bo‘lgan biologik xususiyatlarni ijtimoiy xususiyatlardan ustun qo‘yish yoki psixologik xususiyatlarni bo‘rttirish uning mohiyatini buzib talqin etishga, bir yoqlamalikka olib keladi.

 inson hayoti o‘tkinchi va cheklangandir. Uning hayoti tug‘ilish va o‘lim oralig‘ida kechadi. Shu boisdan moddiy va ma’naviy birlikka xos bo‘lgan abadiylik tushunchasini insonga nisbatan qo‘llab bo‘lmaydi. Koinot mezonlari inson borlig‘ini o‘lchashga yaramaydi. Inson borlig‘i makonda cheklangandir. Inson uchun tabiiy va ijtimoiy hayot sharoitlari muhim tuyulsada, uning konkret mehnat sharoiti, turmush tarzi, individualligi, kayfiyat va kechinmalari undan ham muhimroqdir;
hozirgi zamon falsafasi inson borlig‘ining individual xarakterini, uning ko‘p qirrali psixikasi xususiyatlarini, inson borlig‘ining ma’nosizligini, insonning boshqa odamlar ustidan yakka hukmronlikka intilishining sabablarini o‘rganishi kerak. Falsafa tarixida inson to‘g‘risidagi ta’limotlarda biologizm, sotsiologizm, psixologizm kabi yo‘nalishlar vujudga kelgan.
Hozirgi zamon falsafasi inson borlig‘ining individual xarakterini, uning ko‘p qirrali psixikasi xususiyatlarini, inson borlig‘ining ma’nosizligini, insonning boshqa odamlar ustidan yakka hukmronlikka intilishining sabablarini o‘rganishi kerak. Falsafa tarixida inson to‘g‘risidagi ta’limotlarda biologizm, sotsiologizm, psixologizm kabi yo‘nalishlar vujudga kelgan.

Etiboringiz uchu raxmat


Download 176.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling