Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
Download 305.59 Kb.
|
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
Tarixiylik tamoyili – ob’ektni kelib chiqishi va rivojlanishiga bog‘lab, uni mufassal o‘rganish mumkin.
Mavhumlashtirish, ideallashtirish va formallashtirish metodlari –ilmiy tadqiqot jarayonida real ob’ektlarni eng muhim xossalari cheklangan ob’ektlar shaklida (mavhumlashtirish) ifoda etish, shuningdek ularning aniq belgilangan xossalari («ideal gaz», «moddiy nuqta», «mutlaqo qora jism»)ga tayanib, xayoliy obrazlarini yaratish qulaydir. Mazkur ob’ektlarning xossalarini va ularni o‘z ramz, belgilari shaklida ifodalash, ya’ni formallashtirish juda oson. Bu ularning xayoliy obrazlari va matematik timsollarini boshqarish (matematik formalizmdan foydalanish)ni ancha engillashtiradi. Metodologik tamoyillar va yondashuvlarning tabiati har xildir. Masalan, reduksiya, yaxlitlik, kontrreduksiya tamoyillari tadqiqotning tabiiy ob’ektlari tabiatini: verifikatsiya, falsifikatsiya tamoyili, mantiq qonunlari esa bilish va fikrlash faoliyatining shakllarini: to‘ldiruvchanlik, tarixiylik tamoyillari va sistemali yondashuv esa tadqiqot ob’ektlari hamda bilish va fikrlash faoliyatining xossalarini ifoda etadi. Metodologik tamoyillar ro‘yxati ochiq xususiyatga ega bo‘lib, ko‘payishda davom etmoqda. So‘nggi davrda tez-tez tilga olinayotgan «antrop tamoyili»da tabiatni ilmiy bilish metodologiyasi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan narsani ko‘rmadik. Uni maxsus ajratish, balki, qadimiyatga borib taqaluvchi turli antropotsentrik ta’limotlarni birlashtirish uchun foydali bo‘lishi mumkin. Antrop tamoyilning asosiy g‘oyasi, mohiyat-e’tibori bilan, Olamda mavjud bo‘lgan barcha ob’ektlar o‘z mavjudligi bilan ana shu Olamda mavjud bo‘lgan boshqa ob’ektlarga zid kelmasligi kerak, degan siyqasi chiqqan qarashga asoslanadi. Bu nuqtai nazardan antrop tamoyili o‘rniga, aytaylik, «elektron tamoyili» yoki «timsoh tamoyili» to‘g‘risida ham so‘z yuritish mumkin. Normativ metodologiya, aniq ta’riflangan tamoyillardan tashqari, «yarim normativ» shaklda, ayni paytda «yarim deskriptiv» shaklda ilmiy bilishning ideallari va normalari, fanlarning o‘zaro ta’siri, ilmiy nazariyalarning shakllanishi va asoslanishi haqidagi ta’limotlarda, eksperimental faoliyat tamoyillarida, bilimlarni birlashtirish va sintez qilish muammolarida, ilmiy bilishning imkoniyatlari va chegaralari, ilmiy bilishning tilida ham bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, maxsus metodologiyaning o‘ziga xos xususiyatlari alohida fan sohalari: matematika, fizika, kimyo, biologiya, texnika va texnologiya, evolyusiya jarayonlari, ekologiya va hokazolarning muayyan tarzda ishlab chiqilgan metodologiyalarida o‘z aksini topadi. Ilmiy bilish tizimida metodologiyaning tutgan o‘rni, vazifalari haqida bildirilgan fikrlarga shuni qo‘shimcha qilish kerakki, metodologiyaning operatsional-amaliy ahamiyatidan tashqari, uning inson aqliy va bilish faoliyatining ayrim mexanizmlarini ochib beruvchi bilim tizimi sifatidagi ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritish mumkin. Zotan, bu inson o‘z-o‘zini anglashi uchun ham, «sun’iy intellekt» tizimlarini yaratish uchun ham muhimdir. Bundan tashqari, har qanday ilmiy bilish faoliyati doimo muayyan metodga va u haqdagi qarashlarga (ya’ni ma’lum protometodologiyaga yoki aniq bo‘lmagan metodologiyaga) asoslanishini ham tushunish kerak. Ammo barcha tadqiqotchilar ham metodologiya muammolarini maxsus o‘rganavermaydi va ishlab chiqavermaydi. Bu metodologiya har qanday ilmiy bilish faoliyatining ajralmas qismi ekanligini tushunib etish uchun muhimdir. Tabiiy ob’ektlar xossalarining to‘rt turi – barcha tabiiy ob’ektlarga xos bo‘lgan xossalarning turlarini aniqlash fan metodologiyasining muhim vazifasidir. Tabiiy ob’ektlar, deganda kelib chiqishi insonning ongli ijodi bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday yaxlit ob’ektlar: atomlar, molekulalar, tirik organizmlar, tabiiy til, jamiyat va shu kabilar tushuniladi. Turli sohadagi ilmiy bilimlarning katta hajmini va muayyan fanlardagi shaxsiy ish tajribasini anglab etish natijasida har qanday tabiiy ob’ektga xos bo‘lgan turli-tuman xossalarning to‘rt turini ajratdik. Download 305.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling