Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish, xulosalarni bayon qilish va asoslash 11 Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish


Xulosalar yozishdagi xarakterli xatolik bu tadqiqot natijalarini  shakllantirish o‘rniga ishda bajarilganlarni sanab o‘tishdir. Xotima


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana10.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1696948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11 MA`RUZA

Xulosalar yozishdagi xarakterli xatolik bu tadqiqot natijalarini 
shakllantirish o‘rniga ishda bajarilganlarni sanab o‘tishdir.
Xotima (xulosalar)da olingan tadqiqot natijalarini mantiqiy ketma-ketlikda 
bayon etiladi, ularni amaliyotda qo‘llanilishi imkoniyatlari ko‘rsatiladi, mavzu 
bo‘yicha ishlarning istiqboldagi ahamiyati bayon etiladi.
Xotima bu – xulosalarni takrorlash emas. U hajmiga ko‘ra katta bo‘lmaydi, 
lekin mazmun jihatidan xulosalar katta bo‘ladi.
Ish oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi. Ushbu ro‘yxatga 
faqat ishni yozishda foydalanilgan va matnda ko‘rsatilgan yoki izohda berilgan 


matnlar kiritiladi. Ro‘yxat bo‘limlar bo‘yicha va GOST talablariga mos tartibda 
tuziladi.
Ilmiy ishlarda ba’zan ish oxirida ilovalarni keltirish zarurati tug‘iladi. 
Ilovalarga grafiklar, yordamchi jadvallar, qo‘shimcha matnlar, ayrim me’yoriy 
aktlardan ko‘chirmalar kiritiladi. Ilovadagi har bir materialga alohida tartib raqami 
beriladi, zarur holda asosiy matnda ushbu raqam orqali ilova materialiga havola 
qilinadi. Ilmiy ish hajmini e’tiborga olishda ilovalar hisobga olinmaydi.
Ilmiy ishni yozishda annotasiya yoki referat zarur bo‘ladi.
Annotasiya – bu ilmiy ishning mazmun, vazifasi, shakli va boshqa 
xususiyatlari jihatidan qisqa xarakteristikasidir.
U quyidagi savolga javob berishi kerak: “Dastlabki hujjatda nima 
to‘g‘risida gap boradi?”. 
Annotasiya o‘z ichiga: ilmiy ish turi xaraktenistikasini, asosiy mavzuni
muammoni, ob’ekt, ish maqsadi va natijalarini oladi. Annotasiyada ishdagi asosiy 
yangilik ko‘rsatiladi. Annotasiyaning o‘rtacha hajmi 600 bosma belgidan iborat. 
Referat – dastlabki hujjat yoki uning ayrim qismi mazmunini asosiy 
ma’lumotlar va xulosalarning qisqacha ifodasidir. Referat annotasiyadan farqli 
ravishda anglash funksiyasini bajaradi va quyidagi savolga javob beradi. 
Ddastlabki hujjat nimani gapiradi?”.
Referatga qo‘yiladigan asosiy talabga ko‘ra u o‘z ichiga quyidagilarni 
olishi kerak: mavzuni, tadqiqot predmeti, ishning maqsadi va xarakteri, tadqiqot 
o‘tkazish metodlari, konkret natijalar, xulosalar va tavsiyalar, qo‘llash ob’ekti. 
Referatning o‘rtacha hajmi 500 dan 5500 gacha bosma belgilar tashkil topadi.
Ilmiy axborotlar “yig‘iluvchanlik” (kummulyativlik) xususiyatga ega, ya’ni 
o‘z hajmini vaqt bo‘yicha kichraytirish xususiyati, laboratoriya eksperimentlari 
natijalari qayd etilgan hujjatlarni ilmiy-texnik hisobot, maqola, sharh, 
monografiya, darslik, ma’lumotnoma ko‘rinishiga kelishi [3,18,19,20]. Ushbu 
zanjirning har bir zvenosida bir xil ma’lumot, ya’ni tadqiqot faoliyati bosqichida 
tug‘ilgan ma’lumotlar nisbatan zichlangan, siqilgan shaklda taqdim etiladi. Har bir 


keyingi hujjatga tadqiqot bosqichida to‘plangan hamma axborotlar emas, aksincha 
nisbatan mos ma’lumotlar qoldiriladi.
Ilmiy-texnik axborotni bunday “zichlangan” holatda taqdim etilishi 
“hujjatni-o‘rash” yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu tushuncha hujjatlarni analitik – 
sintetik qayta ishlash jarayonlari majmuini o‘z ichiga oladi. Uning maqsadi 
dastlabki matnning ikkilamchi hujjatini yoki mazmuni bayonini nisbatan samarali 
– kichik shaklini yaratishdan iborat.
Axborotlarni o‘ramlash metainformativ va informativ bo‘ladi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling