Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish, xulosalarni bayon qilish va asoslash 11 Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana10.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1696948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11 MA`RUZA

Illyustratsiya – bu tasvir bo‘lib, muayyan matn tushuntirishga xizmat 
qiladi. Turli nashriyotlar ishning bir sahifasida joylashtiriladigan illyustratsiyalar 
soni cheklovlar qo‘yilishi mumkin. Bu cheklov sonlari odatda 5-12 tani tashkil 
etadi, ya’ni bitta sahifada nechtagacha illyustratsiya buzilishi mumkinligini 
belgilaydi. 
Matnda illyustratsiyaga havola, shu illyustratsiya ob’ekti bo‘lgan predmet 
yozuvidan keyin qo‘yiladi, masalan, 4-rasm. Agar shu illyustratsiyaga takroriy 
havola beriladigan bo‘lsa, matnda 4-rasmga qarang shaklida yoziladi. Havola 
rasmning ayrim qismiga ham bo‘lishi mumkin, masalan, 4-rasm, a. 
Tahrirlashda matning grammatik – stilistik tomoniga ham e’tibor qaratish 
lozim, ya’ni frazalarni to‘g‘ri qurilganligi, u yoki bu so‘zlardan maqsadli 
foydalanilganligi va h.k. shu bilan birga til va uslubdagi odatiy xatolarni sezish va 
bartaraf etish imkonini beruvchi tahlil usullarini bilish lozim. 
Matnni tayyorlashda eng ko‘p tarqalgan xatolardan biri bu – takrorlanuvchi 
yoki keraksiz so‘zlardan foydalanishdir.
Ortiqso‘zlilik har doim ham muallif fikrini qorong‘ulashtiradi, bosma asar 
haqiqiyligini kuchsizlantiradi, o‘quvchi uchun noqulaylik tug‘diradi. Shuning 
uchun, ishlatilgan har bir so‘zning haqiqiyligi topmasa, uni ortiqcha so‘z sifatida 
qabul qilinadi.
“tahrirlash” atamasi lotinchadan (lotincha redactus) olingan bo‘lib, tartibga 
keltirish ma’nosini anglatadi. Biroq, muallif qo‘lyozmasi matnni “tartibga 
keltirish” muharrir ishi deb o‘ylamasligi lozim. Muallif qaysidir ma’noda muharrir 


dublyori bo‘lishi kerak. Bu qo‘lyozmani qayta ishlashning birinchi bosqichi 
hisoblanadi. Bunda ko‘plab tuzatishlar, qisqartirishlar, qo‘shimchalar kiritiladi. 
Ana shundan keyin bir muncha vaqtdan keyin muallif qo‘lyozmasini qayta o‘qib 
chiqishi, uni to‘laligicha yoki ayrim qismlarini o‘quvchi dunyoqarashi bo‘yicha 
baholashi kerak – bu qayta ishlashning ikkinchi bosqichi hisoblanadi. Uchinchi 
bosqich -matndagi xatolarni aniqlash maqsadida uni barcha detallari bo‘yicha o‘qib 
chiqishi, illyustratsiyalar mosligini, atamalar to‘g‘riligini va belgilashni ko‘rib 
chiqiladi. Mana shunday keyin qo‘lyozmani nashriyotga topshirish muikin.
Agar ishni biror jurnal uchun maqola ko‘rinishida tayyorlanadigan bo‘lsa, 
uni jurnalda nashr etiladigan maqolalarga qo‘yiladigan talablar asosida 
tayyorlanishi va keyin jurnal maqolalarga qo‘yiladigan talablarini mualliflarga 
eslatma shaklida shu jurnalni ayrim sonida e’lon qilib beradi. 
Jurnal yoki to‘plamda nashr etishga taqdim etiladigan maqola qo‘lyozmasi: 
ishning to‘liq nomini, muallif(lar) ismi-sharifi, annotasiya (alohida sahifada), 
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini, maqola materiallarini ochiq nashrda e’lon 
qilish mumkinligi to‘g‘risidagi ruxsatnomani (ekspertiza akti) o‘z ichiga oladi. 
Qo‘lyozma muallif(lar) tomonidan imzolanadi va ilovada muallif(lar) familiyasi, 
ismi va sharifi, ilmiy darajasi, telefon raqamlari va manzili ko‘rsatiladi. Maqola 
matnni ikki nusxada taqdim etiladi. Ohirgi vaqtlarda tahririyat ishlarni tezlashtirish 
va osonlashtirish maqsadida yuqoridagi ma’lumotlar muallif tomonidan elektron 
shaklda ham yuborilishi talab etilmoqda.
Ayrim ilmiy-texnik materiallar avval ma’lum bo‘lmagan axborotlarga ega 
bo‘lsa ham faqatgina muayyan soha mutaxassislarini qiziqtirishi mumkin. Nashr 
etishga mo‘ljallangan barcha ishlar dastlabki taqrizdan o‘tkaziladi. Taqriz – bu 
odatda kichik bir maqola bo‘lib, unda nashrga tayyorlangan ish tanqidiy 
baholanadi va tahlil qilinadi. Taqriz quyidagilardan iborat bo‘ladi: taqriz 
etilayotgan manba sarlavhasi; asosiy masalalarning qisqa tartibi; taqriz 
qilinayotgan ishning asosiy afzallik va kamchiliklari. Taqriz oxirida rezyume 
keltirildi va unda ishning dolzarbligi baholanadi, nazariy va amaliy ahamiyati 
ko‘rsatiladi, xulosalar va tasldiqlarni to‘g‘riligicha baho beriladi.


Taqrizlar informatsion va tanqidiy bo‘ladi. Informatsion taqrizda 
ko‘rilayotgan ishning mazmuni qisqa ochib beriladi. Tanqidiy taqrizda muallif 
pozisiyasi ilmiy tahlil qilinadi, muallif foydalangan materiallar aniqlashtiruvchi 
yoki to‘ldiruvchiligi tahlil etiladi [3]. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling