46-dars: Ega va uning ifodalanishi


Download 18.92 Kb.
bet1/4
Sana23.03.2023
Hajmi18.92 Kb.
#1288413
  1   2   3   4
Bog'liq
46-mavzu


46-dars: Ega va uning ifodalanishi

Gap kesimining qo‘shimchalaridan anglashilib turgan shaxs-son ma’nosini aniqlashtiruvchi bo‘lak egadir. Ega asosan, Kim? Nima? Qayer? so‘roqlariga javob bo‘lib keladi. Shuningdek, otlashganda qaysisi? qanaqasi? nechtasi? qanchasi? so‘roqlariga ham javob bo‘ladi.


Ega doimo bosh kelishik shaklida bo‘ladi, bu uning eng muhim belgisidir, egalik va ko‘plik shakllarini qabul qilishi mumkin.
Ega bosh kelishik shaklidagi ot, otlashgan so‘zlar, ot xarakteridagi so‘zlar bilan ifodalanadi
Ega ham tarkibiga ko‘ra (tuzilishiga ko‘ra) ikki xil bo‘ladi:
a) Sodda ega – bir so‘z bilan ifodlanadi;
b) Murakkab ega – shaklan ikki yoki undan ortiq so‘z bilan, ya’ni turg‘un bog‘lamalar, yoki kengaygan birikmalar bilan ifodalanadi.
I. Sodda egalar shaklan bir so‘zdan iborat bo‘lib, quyidagi so‘z turkumlari bilan ifodalanishi mumkin:
Ot bilan: (bunda ot atoqli ot ham, turdosh ot ham bo‘lishi mumkin) Aziz o‘sha kitobni o‘qidi. Milt-milt yonib turgan chiroq birozdan so‘ng o‘chdi. Mayin shabada g‘ir-g‘ir esmoqda.
Olmosh bilan: a) ot xarakteridagi olmoshlar bilan: Sen Lutfiyning so‘lim g‘azali; Sen o‘zingni maqtama, seni birov maqtasin. b) otlashgan olmosh bilan: Atlasning qanaqasi sizga ma’qul?
Otlashgan son bilan: Ikkalasi ham chiqib ketishdi.
Otlashgan sifat bilan: Yaxshilar ko‘paysin, yomon qolmasin
Ravish bilan: Ko‘p so‘zning ozi yaxshi.
Harakat nomi bilan:O‘rganish – bir hunar, o‘rgatish – ikki hunar; ishlamoq ishtaha ochar. O‘qish jafoli, keti vafoli.
Sifatdosh bilan:
a) otlashgan sifatdosh bilan: O‘qigan o‘qdan o‘zar, o‘qimagan turtkidan shoshar. Intilgan elga yoqar.
b) harakat nomi xarakteridagi sifatdosh bilan: So‘zlagandan so‘zlamagan yaxshiroq.
Otlashgan taqlid so‘z bilan: Qars ikki qo‘ldan chiqadi.
Otlashgan modal so‘z bilan: Bor so‘zlaydi, yo‘q o‘ylaydi.
Otlashgan undov so‘z bilan: Uzoqdan jangchilarning urasi eshitildi.
II. Murakkab egalar birdan ortiq so‘z shaklida bo‘ladi va quyidagicha ifodalanadi:
Ibora bilan: Uning yuziga oyoq qo‘yish axloqimizga zid; Uning oyoq olishi bizga yoqmadi; Burgaga jahl qilib ko‘rpani kuydirish yaxshi emas.
Ajralmas sintaktik birliklar bilan: Otlarning otxonaga olib o‘tilmagani Ziyodullani taajjublantirdi. San’atsiz turmush o‘g‘rilikdir.
Kengaygan birikma bilan: Musobaqada birinchi o‘rinni olganlar taqdirlandi.
To‘g‘ri ma’noli kengaygan birliklar bilan: O‘zbekiston Milliy Universiteti respublikamizning eng nufuzli oliy dargohidir.
Ayrim paytlarda teng aloqadagi bir necha so‘z (gapning uyushib kelgan bo‘laklari) ham butunicha yoki bo‘lak-bo‘lak ravishda ega bo‘lib kelishi mumkin: Otam bilan akam bozorga ketishdi.
Ba’zan ega chiqish kelishigidagi so‘zlar bilan ham ifodalanishi mumkin. Bunday paytlarda haqiqiy ega tushirilgan bo‘lib, undan oldin kelayotgan chiqish kelishigidagi so‘z ega vazifasini ifodalaydi: Unda ham bu kitoblardan bor; Unda ham bu ko‘katlardan bor;
Bu gaplardagi haqiqiy egani tiklash mumkin: Unda bu kitoblardan biri bor.

Download 18.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling