46-dars: Ega va uning ifodalanishi
Download 18.92 Kb.
|
46-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.MAVZUGA OID MASHQLAR: 1-mashq.
I.MAVZUGA OID SAVOLLAR:
1.Ega qanday so`roqlarga javob bo`ladi? 2. Eganing eng muhim xususiyati nima? 3. Eganing tuzilishiga ko`ra necha turi bor? 4. Sodda ega nima? 5. Sodda egalar qaysi turkumdagi so`zlar bilan ifodalanishi mumkin? 6. Murakkab ega nima? 7. Murakkab egalar qanday birliklar bilan ifodalanadi? II.MAVZUGA OID MASHQLAR: 1-mashq. Gaplarning egalarini aniqlang. Uning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganligini ayting. 1. Aqlli o‘zini ayblar, aqlsiz - do‘stini. 2. O‘lmas noxushlik bilan qovun pallasidagi non quyuqlariga qaradi. 3. Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar. 4. Mastura Mashrabning ko‘zlariga qadalib qaradi. 5. Yalqov bilan anqov – dushman uchun katta ov. 6. Kamtarlik kishiga zeb-u ziynatdir. 7. Yaxshi qand yedirar, yomon pand yedirar. 8. Qo‘shni xonadan qizlarning qahqahasi eshitildi. 9. Bilgan bilganin ishlar, bilmagan barmog‘in tishlar. 10. Yugurish sportning bir turidir. 2-mashq. Uyushgan egalarni topib, ularning qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganligini aniqlang. 1. Bular orasida muloyimlari ham, bezbetlari ham, shirinso‘zlari ham, to‘nkamijozlari ham bo‘lardi. 2. Mardonaga nisbatan uyg‘ongan nafrat va zulm o‘ti azob otashidan ustun keldi. 3. Dard xurujidan xoli bo‘lganida, Mahmud akasining ko‘ziga qaraboq noxushlik hamda ko‘ngilsizlik yuz berganini anglarmidi. 4. Uchoqqa chiqishga ijozat berilgani haqidagi xabar aytilganiga qadar ham Orzubek va Chuvrindi shu xildagi gaplarni gapirib o‘tirishdi. 5. Aqlli odam, esli odam hech qachon adashmaydi. 6. Kesakpolvon bilan yigit yarim soatlardan keyin chiqishdi. 7. Turkistondan Imon uzoqlashdi, oqibatda mustahkam bir davlatning yarmini Urusiya va Xitoy egallab oldi. 3-mashq. Kesimdan savol berish orqali gaplarning egasini aniqlang. 1.Ilm hayo bilan kibr orasida yo`q bo`lib ketadi. 2.Kamtar kerilmaydi, mol-dunyoga berilmaydi. 3. Maqtanchoq – quruq po`choq. 4. Yolg`onchilik, ezmalik, takabburlik, chaqimchilik izzat-obro`ni barbod qiladi. 5. Buzuq devorlardan tashvish bor, lekin siniq ko`ngillardan ko`proqdir tashvish. 6. Kishilarga ulardan avvalroq salom berishga shoshil, bu ulug` kishilarning fazilatlaridan, kamtarlik nishonalaridan biridir. Download 18.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling