Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish, xulosalarni bayon qilish va asoslash 11 Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/10
Sana10.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1696948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11 MA`RUZA

Isbotlash (argumentasiya) – bu muayyan nuqtai nazarni o‘rganilayotgan 
voqelik bilan ularni ma’nodoshligini aniqlash (isbotlash) jarayoni bo‘lib, u ilmiy 
hamjamiyat tomonidan qabul qilinishidir.
Isbotlash jarayonida quyidagilarni ko‘rsatish kerak: birinchidan, 
o‘rganilayotgan ob’ekt mavjud; uning qayd etilgan xususiyatlari intensivligi va 
dinamikasi ob’ekt strukturasiga bog‘liq bo‘lib, ular unga ta’sir etuvchi omillar 
majmuini: ya’ni xulosadagi bilimlar narsalarni real xolatini aks ettiradi.
Ikkinchidan, aynan shunday muammo ustidan ishlayotgan hamkasblarga
shuningdek, ilmiy jamoatchilik vakillari, amaliyotchilarga qandaydir miqyosda 
ta’sir o‘tkaza olish kerakkki, ular taklif etilayotgan qarashni o‘zlariniki sifatida 
qabul qilib ishonishlari lozim. Birinchi jarayon isbotlashning mantiqiy – 
gnoseologik jihati bo‘lsa, ikkinchi jarayon – isbotlashning mantiqiy – 
kommunikativ jihati hisoblanadi. 
Isbotlash, “Argumentlash” so‘zlarining sinonimi sifatida ko‘pincha 
“Dalillash” va “asoslash” so‘zlari ham ishlatiladi. Ko‘proq o‘zaro bog‘liqlik 
“Dalillash” va “Asoslash” orasida ekanligi ko‘rsatiladi, har ikkisi ham isbotlashni 
amalga oshirishni usullari hisoblashadi. Biroq, bu juda to‘g‘ri emas, chunki bu 
jarayonlar mazmunan o‘xshash tuyulsada aslida ularni har birining o‘ziga hos jihati 
bor. 
Isbotlash – bu muayyan nuqtai nazarni (qarashni) ilmiy jamiyatchilik 
tomonidan qabul qilinishini o‘rgatish bo‘lsa, asoslash – muayyan nuqtai nazarni 
real voqelik bilan ma’nodoshligini ko‘rsatish; dalillashda – ilgari surilgan holat 
bilan ilmiy hamjamiyat tomonidan haqiqiy deb qabul qilingan holat o‘rtasidagi 
mantiqiy bog‘lanishni ko‘rsatishidir. 
Isbotlash o‘z ichiga uchta elementni oladi:
Tezis – holat yoki xolatlar majmui bo‘lib, ularni isbotlash talab etiladi; 



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling