Maruza Ishning dolzarbligi


Download 20.75 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi20.75 Kb.
#1553115
Bog'liq
maruza


Maruza
Ishning dolzarbligi. Paxtani quritish uchun quritish barabanlari ishlatilmoqda. Ularni ishlatish tajribasi bir qator kamchiliklari borligini ko`rsatdi.

  • Barabanga berilayotgan issiqlikdan foydalanish koeffisiyenti 0,3-0,4 ni tashkil etadi, issiqlik yo`qotilishi yuqori.

  • Baraban konstruktswiyasida bir qator kamchiliklar mavjud. Jumladan, baraban kuraklari paxtani yetarli darajada tita olmaydi, baraban yuzasi bo`yicha n otekis taqsimlaydi, baraban hajmida bo`sh zo`nalar paydo bo`lib, samaradorlikni pasaytiradi, ortiqcha issiq havo sarfiga olib keladi.

  • Barabandea quritish jarayoni murakkab usulda konvektiv va konvektiv usulda amalga oshishiga qaramasdan, paxta va havo o`rtasidagi konvektiv issiqlik almashuvi uchun yaxshi sharoity yaratilmagan.

  • Quritish barabanida paxtani tozalsh imkloniyatidan foydalanish yaxshi yo`lga qo`yilmagtan.

Muammoning o`rganilganlik darajasi. 2-usulda keltirilgan Respublikamizda paxtani quritish va tozalash yo`nalishida keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilib, ushbu yo`nalish rivojiga M.A.Xadjinova, T.V.Bannikov, A.I. Uldyakov, R.Z.Burnashev, Y.Kupalova, M.Gapparova va boshqalar o`z hissalarini qo`shganlar.
Olib borilgan tadqiqotlarga qaramasdan paxtani quritish texnologiyasida quritish barabanlarida issiqlik almashuv jarayonlari to`liq o`rganilmagan, tola sifatini saqlagan holda paxta quritish muammosi to`liq hal etilmagan.
Tadqiqot maqsadi va tadqiqot vazifasi. Tadqiqotni ilmiy yangiliklari. Maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda paxta tozalash korxonalarida paxtani quritish va tozalash holati o`rtganildi.
3 va 4-slaydlarda paxta tozalash korxonalarida qo`lda va mashinada terilgan paxtani quritish va tozlash holati keltirilgan jadvallardan ko`rinib turibdiki paxtani texnologik jarayonlarda namligi texnologik reglament talabi (8-9%)dan akisariyat hollarda yuqori va shu hollarda tozalash samaradorligi tozalangan paxtadagi jin tarnovidagi qoldiq ifloslik qo`l terimida 1,1 % dan 4,3 % gacha mashina terimida esa 1.6 % dan 7.87 % gacha ekanliogini ko`rish mumkin. Bu talabdan ancha yuqori hisobloanadi. Ulardan faqat “oddiy va iflos” sinfli tolalar olish mumkin. “Oliy va yaxshi” sinfli tolalar olish uchun quritish va tozalash samaradorligini oshirish kerak bo`ladi.
Quritish barabani 2СБ-10 va СБО larni samaradorligini qiyosiy tajriba sinovi o`tkazilib uni natijasi 5-slaydda keltirilgan.
2СБ-10 barabanida tozalash samaradorligi 1,9 % bo`lib, paxtani jin tarnovidagi paxtani paxtani tozlash samaradorligi 69,2 % ni, ishlab chiqarilgan tolada nuqson va iflosliklar 2,1 % ni tashkil etgan.
СБО barabanida esa tozalash samaradorligi 20,2 % bo`lib, ularni tozalash samaradorligiga 75,1 %, toladagi nuqson va iflosliklar miqdori 1,61 % ni tashkil etgan, yani 0.49 %ga kamaygan.
Olingan natijalar СБО barabani afzalligini ko`rsatdi va 2СБ-10 barabaniga tozalash seksiyasini o`rnatish tavfsiya etildi.
Barabanlarda paxta asosan tushish zo`nasida havodan issiqlik oladi va uni miqdori paxtani tushish balandligiga bog`liq bo`ladi.
Barabanda paxtani baraban kuraklaridan tushishida harakat tenglamalari olinib ular hisoblanib paxtani baraban o`qi bo`ylab siljish masofasi aniqlandi. 6-slaydda barabanni tushish zo`nasida paxta massasi va tushish zo`nasini paxtani siljishiga tasiri keltirilgan.
Tushish balandligi 2,5 m dan 1,5 m gacha bo`lgandapaxta massasi 0,4 va 0,5 kg bo`lganda paxtani siljish masofasi 3,3 m va 2,5 dan 2,5 va 1,9 metrgacha kamaygan paxta massasi 10 va 15kg da 0,125 va 0,07 metrdan mos ravishda 0,09 va 0,05 metrga kamaygan.
Shundan hulosa qilindiki paxtani barabanda bo`lish vaqtini va issiq havo bilan uchrashuv vaqtini kamaytirish uchun paxtani kuraklardan tushish balandligini kamaytirish kerak ekan.
Quritish barabanlarida tushish zo`nasida issiq havoni paxtaga tasir etish koeffisiyenti K, quyidagicha topiladi 7-slayd 1- formula.
Paxtani tushish va ko`tarilish vaqtini (1)-formulaga qo`yib yakuniy (5)-formulani olamiz.undan ko`rinib turibdiki issiq havoni paxtaga tasir etish koeffisiyenti asosan paxtani tushishi balandligiga bog`liq ekan.
Issiq havoni paxtaga tasir etish koeffisiyentini paxtani tushish vaqti τT ni oshirish hisobiga ko`paytirtish mumkin bo`ladi.
Ushbu maqsadda quritish barabani 2СБ-10 ni 6-9 metriga tozalash seksiyasi o`rnatib unga 3 metrlik sekinlashtiruvchi panjara o`rnatish tavfsiya etiladi.. (8-slayd)
Panjara o`rnatilishi hisobiga paxta panjara yuzasiga tushib u bilan ma’lum burchakga aylanadi, bunda tushish balandligi deyarli 2 barobarga kamaydi. 8-slaydda tashish formulalar yordamida KV ni aniqlash formulasi olindi. Hisoblash sekinlashtiruvchi panjara o`rnatilganda issiq havoni paxta bilan kontakt koeffisiyentini qiymati 0,19 dan 0,58 ga oshishi aniqlandi.
Paxtani tushish balandligi kamayishi paxtani baraban o`qi bo`ylab siljishini qisqartiradi, barabanda bo`lish vaqtini ko`paytiradi.
Quritish barabani СБО ga sekinlashtiruvchi panjara o`rnatilib tajriba o`tkazildi. Tajriba matematik rejalashtirish usulida o`tkazildi.
Qurish parametrlari hisobida issiq havo harorati – X1, paxtani boshlang`ich namligi – X2 va paxta iflosligi- X3 olindi.
Chiqish parametrlari sifatida paxtani quritilgandan keyingi namligi -У1, barabanni tozalash samaradorligi-У2 va tolani qizish temperaturasi- У3 olindi.
Tajriba o`tkazish jadvallari 9-slaydda keltirilgan. Olingan regressiya tenglamalari 9-slaydda keltirilgan . Olingan tenglamalardan paxtani boshlang`ich namligi va iflosligiga qarab quritish temperaturasini rostlash qiymatlari berildi.
12-slaydda takomillashtirilgan (sekinlashtiruvchi panjara qo`yilgan) СБО barabani mavjud СБО barabani bilan qiyosiy tajribasi natijalari keltirilgan.
Olingan natijalar tavsif variantida tozalash samaradorligi 5,8 %ga hamlik olish 0,4 % ga yuqori ekanligi paxtani jin tarnovidagi iflosligi esa maksimal 0,47 % ga kam ekanligini ko`rsatadi. Toladagi nuqsonlar ham kam ekanligi aniqlandi.
Ishlab chiqilgan tolani sinfi ko`tarilishihisobiga 1tn tola ishlab chiqarishda iqtisodiy samaradorlik 3,438 mln. So`mni tashkil etdi.
14-slaydda umumiy hulosalar keltirilgan.
Etiboringiz uchun raxmat
Download 20.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling