Ilmiy tadqiqot turlari va uni olib borishning asosiy usullari. Ilmiy tadqiqotlarning turlari (klassifikatsiyalanishi), strukturasi va bosqichlari


Ilmiy texnik muammo (masala), uni aniqlash, o‘rganish va yechimi bo‘yicha ilmiy gipotezani shakllantirish


Download 189.2 Kb.
bet6/13
Sana11.03.2023
Hajmi189.2 Kb.
#1260014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
mutaxas kirish 8 -ma\'ruza

Ilmiy texnik muammo (masala), uni aniqlash, o‘rganish va yechimi bo‘yicha ilmiy gipotezani shakllantirish


Ilmiy muammo – hal qilinishi talab etilayotgan nazariy va amaliy masala bo‘lib, usiz ilmiy tadqiqot ishlarini bajarib bo‘lmaydi.
Texnika yo‘nalishida ilmiy muammolar, ishlab chiqarish texnik vositalari va jarayonlarini u yoki bu jihatdan ma’lum talablarga javob bermayotganidan energiya va boshqa resurslarni sarflarining yuqoriligi tufayli yuzaga keladigan va yechimi jamiyat taraqqiyotida zarur bo‘lgan masalalardan iboratdir. Ilmiy muammolar fanda oldingi erishilgan natijalar orasidan o‘sib chiqadi. Masalan.
Elektr motorlarni yaratilishi ko‘plab fundamental, amaliy va ishlanmalar natijalari bilan bog‘liq bo‘lib, undan foydalanish jarayonida turli xil faktorlar ta’sirida ularni buzilmasdan ishlash muddati balgilangan muddatdan ancha past bo‘lib kelayotgani ularni ekspluatatsion ishonchliligini oshirish muammosini keltirib chiqaradi. Yuzaga kelgan ilmiy muammolarni yechimini topishda yangi bilimlar kerak bo‘ladi va bunga esa ilmiy izlanishlar natijasida erishiladi. Har qanday ilmiy muammo ikkita uzviy bog‘langan elementni o‘zida mujassam qiladi: birinchisi, biz nimanidir bilishimiz (voqelik, jarayon, energetik qurilma va h.k.lar) ular haqida obyektiv bilimga ega bo‘lishimiz, ikkinchisi, yangi qonuniyatlar yoki oldingi olingan bilimlarni amalda qo‘llashni prinsipial yangi usulini yaratish imkoniyati haqida farazga ega bo‘lishimiz kerak.
Ilmiy muammoni qo‘yish – muammoni izlash, muammoni qo‘yish va rivojlantirish (kengaytirish) bosqichlarini o‘z ichiga oladi.
Muammoni izlash – ilmiy muammoni yuzaga kelishi ijtimoiy, iqtisodiy va texnik asoslar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy asosga ega bo‘lgan energetik muammo sifatida ekologik toza energiya ishlab chiqarish, muhitni ifloslantirmaydigan ichki yonuv dvigatelini yaratish bilan bog‘liq muammoni misol qilib olishimiz mumkin. Ayrim muammolar unchalik ravshan bo‘lmasada, shubhasiz bo‘lib, yirik ilmiy texnik muammolar sirasiga kiradi. Masalan, o‘ta yuqori o‘tkazuvchanlikka ega elektr energiyasini uzatish tarmog‘ini yaratish yoki bo‘lmasa quyosh energiyasidan elektr energiyasi olish samarasini oshirish va h.k.lar. Ushbu yirik ilmiy texnik muammolar tarkibiga ko‘plab mayda muammolar kirib ketadi. Amaldagi natijalar kutilgan ko‘rsatkichlardan keskin farq qilishi natijasida muammolar yuzaga kelishi ko‘p uchraydigan holdir. Masalan, nazariy va amaliy bilimlar asosida aniq va mukammal bajarilgan hisoblar bo‘yicha yaratilgan elektrotexnik qurilma yoki uskuna, ulardan muayyan bir sharoitda foydalanish davomida teztez ishdan chiqib turishi, qurilma yoki uskunani pasportida belgilangan energetik ko‘rsatkichlarni amaldagidan farq qilishi va h.k.lar. Elektrotexnik uskunalarning texnik ishonchliligini, ekspluatatsion samaradorligini o‘rganish bilan bog‘liq, zaruriyat elektrotexnik uskunalar va elektrotexnik qurilmalarning ekspluatatsion ishonchliligini oshirish muammosini yuzaga keltiradi.
Ilmiy muammolarni izlash va shakllantirishda ularni yechish uchun o‘ylab qo‘yilgan tadqiqotlardan kutilayotgan natijalarni amaliyot ehtiyojlari (talablari) bilan o‘zaro munosabati quyidagi uchta prinsipga mos kelishi muhimdir:

  • belgilab olingan yo‘nalishda, ushbu muammoni yechimisiz texnikanikelajakda rivojlanish imkoni bormi?

  • ko‘zda tutilgan tadqiqotlar natijasi texnika sohasiga aniq nima beradi?

  • belgilangan ilmiy muammo bo‘yicha olib boriladigan tadqiqotlarnatijasida olinishi ko‘zda tutilayotgan bilimlar yangi qonuniyatlar, yangi usul, texnologiya va texnik qurilmalar bugungi kundagi fan va texnikadagi mavjudlariga qaraganda (nisbatan) katta amaliy ahamiyatga egami?


Download 189.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling