Ilmiy tadqiqot turlari va uni olib borishning asosiy usullari. Ilmiy tadqiqotlarning turlari (klassifikatsiyalanishi), strukturasi va bosqichlari
Download 189.2 Kb.
|
mutaxas kirish 8 -ma\'ruza
Ishchi gipoteza. Fan va texnikadagi mavjud bilimlar tanlangan yo‘nalishda yangi muammoni qo‘yish (belgilash) yoki hali yechilmagan masalalarni ko‘rsatib berish uchun yetarli bo‘lsada ularni yechish uchun yetarli emas. Yuzaga kelgan yangi ilmiy muammoni yechish uchun yangi ilmiy bilimlar, yangi dalillar kerak bo‘ladi. Tadqiqot o‘tkazilayotgan muammoga (mavzuga) oid to‘plangan dalillar ilmiy izlanish olib borishda muhim ahamiyatga ega bo‘lsada ular o‘z o‘zidan ilmiy taraqqiyotni tashkil qilmaydi va ular muammoni yechimiga erishish bo‘yicha ma’lum bir takliflarni, ya’ni gipotezalarni ilgari surishga kerak bo‘ladi.
Ishchi gipoteza – kuzatilayotgan dalillarni kelib chiqish sabablari ehtimoli haqida yoki bo‘lmasa voqelik va jarayonlarni nazarda tutilayotgan (ko‘zda tutilayotgan) rivojlanish haqida tadqiqotchi tomonidan ilgari surilgan asoslangan taxmin (bashorat). Ishchi gipotezada tadqiqot obyekti (voqelik, jarayon va h.k.) bo‘yicha mavjud bilimlar doirasidan kengroq mazmunda shakllantiriladi, yangi ilmiy natijalarni izlashga asos bo‘lib xizmat qiluvchi ehtimollik xarakteriga ega yangi g‘oyalar ilgari suriladi. Fanning rivojlanishi shakli sifatida gipotezaning mohiyati va bahosi ham ana shundadir. Gipoteza bu shunday faraz yoki taxminki (bashoratki) birinchidan, u fanning ushbu sohasidagi (masalan energetika, texnika, termodinamika va boshqa sohalar) ilmiy asosda belgilangan farazlar va qonuniyatlarga zid bo‘lmasligi kerak, ikkinchidan, qilingan faraz yoki taxminni haqqoniyligi (chinligi) ehtimolligiga asoslangan yoki asoslash mumkin bo‘lishi kerak. Agarda ilgari surilgan gipoteza (faraz yoki taxmin) amalda to‘la o‘z o‘rnini egallagan ilmiy (polojeniyalarga) zid bo‘lib chiqsa uni ilmiy gipotezalar qatoriga kiritib bo‘lmaydi. Bunga misol qilib doimiy dvigatel yaratish ehtimolligi energiyani saqlanish qonuniga zidligi va bu farazni ilmiy gipoteza deb qabul qilib bo‘lmaydi. Ishchi gipotezadan talab qilinadigan minimal talab tadqiqot olib borilayotgan obyektdagi jarayonni yoki vaqtni kechishiga ta’sir etuvchi shartlar, ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlarni belgilab beradi. Maksimal talab esa, tadqiqot olib borilayotgan obyektda jarayon yoki voqelikni kechishini to‘la yoki unga yaqin darajadagi ehtimollikda ochib beradi, unga nazariy va eksperimental tadqiqotlar asosida ishchi gipotezani isbotlash yo‘li bilan erishiladi. Asoslangan, isbotlangan va rivojlantirilgan ishchi gipoteza ilmiy, nazariy daraja o‘sadi. Aniq va keng qamrovda yaratilgan ishchi gipoteza nazariy va eksperimental tadqiqotlar metodikalariga o‘rganilayotgan vaqtlik yoki obyektni ifodalovchi o‘lchanadigan aniq parametrlarni kiritilishiga imkon beradi va bu esa o‘z navbatida tadqiqotlarning keyingi bosqichlarida olib boriladigan ishlarni yengillashtiradi. Download 189.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling