Ilmiy tadqiqot va ijod tizimida dalil (fakt)
Ilmiy tadqiqot va ijod tizimida dalil (fakt) Reja:
Dalil falsafiy kategoriya sifatida. Dalil turlari.
Dalilning ilmiy tadqiqotdagi o‘rni va ahamiyati
Dalil sub’yekt va ob’yektning faollig natijasi sifatida
Dalil falsafiy kategoriya sifatida. Dalil turlari
Ilmiy ijodda dalillar o’ta muhimdir.
Dalil bu - fakt ma’nosida ishlatiladi. Biz bu mavzuni yoritar ekanmiz, fakt so’zini dalil deb qabul qildik.
Dalil bu - haqiqatni tasdiqlovchi, inkor etib bo’lmaydigan narsa va hodisalar haqidagi bilimlar majmuasi.
Dalilning asosan ikkita xususiyati bor:
1. Hayotiy bo’lgan real voqealar, xususiyatlar, munosabatlar, aloqadorliklar, o’zgarishlar, jarayonlarni o’zida ifoda etadi.
2. Haqiqatni isbotlovchi fikrlarning to’laqonliligini, inkor etib bo’lmasligini, reallikka mosligini qaror toptiradi.
Dalil bu voqelik haqidagi ob’yektiv holda olingan va isbotlangan, o’zgarmaydigan haqiqiy bilimdir. Dalilning turlari qo’yidagilar:
1. Haqiqiy dalil;
2. Yolg’on dalil;
3. To’liq dalil;
4. To’liq bo’lmagan dalil;
5. Taxminiy dalil;
6. Isbotlanmaydigan dalil;
7. Isbotlangan dalil;
8. Ilmiy dalil va boshqalar
Dalil turlari voqelikdagi narsa va hodisalarning xarakteridan kelib chiqadi. Dalil alohida-alohida olingan narsa va hodisalarni o‘zida aks ettiradi. Umumiy dalil bo’lishi mumkin emas. Dalil – konkret-aniqdir.
Dalillar farazlarni tahlil qilish uchun ham asosdir. Chunki farazlar hali haqiqiy ilm emas. Farazlar ham bilishning ma’lum chegarasi bo’lsada, inson farazlarga asoslanib faoliyat ko’rsatmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |