Ilmiy tadqiqot va ijod tizimida dalil (fakt)


Download 0.97 Mb.
bet1/3
Sana15.02.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1201134
  1   2   3
Bog'liq
1535643575 67642

Ilmiy tadqiqot va ijod tizimida dalil (fakt)

Reja:

 

  • Dalil falsafiy kategoriya sifatida. Dalil turlari.
  • Dalilning ilmiy tadqiqotdagi o‘rni va ahamiyati
  • Dalil sub’yekt va ob’yektning faollig natijasi sifatida

Dalil falsafiy kategoriya sifatida. Dalil turlari


Ilmiy ijodda dalillar o’ta muhimdir.
Dalil bu - fakt ma’nosida ishlatiladi. Biz bu mavzuni yoritar ekanmiz, fakt so’zini dalil deb qabul qildik.
Dalil bu - haqiqatni tasdiqlovchi, inkor etib bo’lmaydigan narsa va hodisalar haqidagi bilimlar majmuasi.
Dalilning asosan ikkita xususiyati bor:
1. Hayotiy bo’lgan real voqealar, xususiyatlar, munosabatlar, aloqadorliklar, o’zgarishlar, jarayonlarni o’zida ifoda etadi.
2. Haqiqatni isbotlovchi fikrlarning to’laqonliligini, inkor etib bo’lmasligini, reallikka mosligini qaror toptiradi.

Dalil bu voqelik haqidagi ob’yektiv holda olingan va isbotlangan, o’zgarmaydigan haqiqiy bilimdir.

Dalilning turlari qo’yidagilar:


1. Haqiqiy dalil;
2. Yolg’on dalil;
3. To’liq dalil;
4. To’liq bo’lmagan dalil;
5. Taxminiy dalil;
6. Isbotlanmaydigan dalil;
7. Isbotlangan dalil;
8. Ilmiy dalil va boshqalar

Dalil turlari voqelikdagi narsa va hodisalarning xarakteridan kelib chiqadi. Dalil alohida-alohida olingan narsa va hodisalarni o‘zida aks ettiradi. Umumiy dalil bo’lishi mumkin emas. Dalil – konkret-aniqdir.


Dalillar farazlarni tahlil qilish uchun ham asosdir. Chunki farazlar hali haqiqiy ilm emas. Farazlar ham bilishning ma’lum chegarasi bo’lsada, inson farazlarga asoslanib faoliyat ko’rsatmaydi.

Dalilning ilmiy tadqiqotdagi o’rni va ahamiyati


Ilmiy tadqiqotda dalil to’plash bir qancha usullar orqali amalga oshiriladi.
Bu usullarga:
kuzatish, tajriba o’tkazish, qiyoslash, analiz va sintez qilish, umumlashtirish, formallashtirish, bahs qilish va boshqalar kiradi.
Ana shu usullar orqali dalillar to’planganda ob’yekt ob’yektiv holda tavsiflanadi. Ob’yektiv holda to‘plangan dalil ilmiy ijodda yuqori baholanadi.
Dalillar ilmiy tadqiqotning turli metodlarini ongli ravishda hamda ijodiy qo’llanilishi natijasida olinadi. Ijodiy faoliyat murakkabligi sababli, bu murakkablik dalillar olishda ham namoyon bo’ladi. Ta’kidlash lozimki, dalillar mavhum bo’la olmaydi. Har qanday dalil aniqdir. Bu aniqlik dalillar natijasidir. Fanlarda dalillar o’z holicha ko’zga tashlanavermaydi. Ob’yektiv real narsa va hodisalarni o’nlab, yuzlab chig’iriqdan o’tkazish natijasida paydo bo’ladi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling