Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashlar to‘g‘risida


Download 0.65 Mb.
bet22/26
Sana23.09.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1685300
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
133 09.03.2020

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashlar to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi (keyingi o‘rinlarda Buyurtmachi deb ataladi) huzuridagi Ilmiy-texnik kengashlar (keyingi o‘rinlarda ITK deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. ITK o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, ushbu Nizom, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ilmiy-texnik kengash — Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida ilmiy loyihalarni ilmiy ekspertizadan o‘tkazish maqsadida tegishli fan yo‘nalishlari bo‘yicha sohaga oid olimlar, davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislaridan iborat tarkibda shakllantiriladigan va jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan ilmiy-texnik jamoa;
ilmiy ekspertiza — ilmiy-tadqiqot loyihalari bo‘yicha asoslantirilgan qaror qabul qilish maqsadida uni o‘rganish, tahlil qilish, baholash va xulosa tayyorlashga qaratilgan faoliyat;
ekspertlar — tegishli ilm-fan sohalari va yo‘nalishlari bo‘yicha taqdim etilgan ilmiy-texnik loyihalarni, ilmiy-texnik va innovatsion faoliyat bilan bog‘liq hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun ilmiy-texnik kengashlar tomonidan shakllantirilgan olim va mutaxassislardan tarkib topgan ilmiy-texnik guruh.
4. ITK tomonidan qabul qilingan qarorlar xizmat doirasida foydalanish uchun mo‘ljallangan hujjatlar bo‘lib, uchinchi shaxslarga, manfaatdor vazirlik va idoralar rahbarlariga, shu jumladan loyiha rahbarlariga taqdim etilmaydi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling