Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
-bob. ITK faoliyatini tashkil etish
Download 0.65 Mb.
|
133 09.03.2020
4-bob. ITK faoliyatini tashkil etish
16. ITK faoliyatini tashkil etish va tugatish, tashkiliy-texnik qo‘llab-quvvatlash hamda muvofiqlashtirish Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. ITK tarkibi Buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi va uning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. ITK faoliyatiga ekspert sifatida nomzodlar ilmiy faoliyatning tegishli sohasidagi zarur nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar, ular tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan tavsiya etiladi. 17. Tanlov uchun taqdim etilgan ilmiy-texnik loyihalar tegishli ITK yig‘ilishlarida loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish natijalari asosida ochiq muhokama orqali ko‘rib chiqiladi. 18. ITK rais, rais o‘rinbosari, ilmiy kotib va uning a’zolaridan iborat bo‘lib, ular sohalarga tegishli loyihalar bo‘yicha mutaxassis-ekspertlar sifatida ham ishtirok etishlari mumkin. ITK a’zolari va ekspertlar ITK faoliyatida ixtiyoriy ravishda jamoatchilik asosida ishtirok etish uchun jalb qilinadi. ITK raisi bo‘lmaganda, uning vazifalarini rais o‘rinbosari bajaradi. 19. Buyurtmachi ITK a’zolari va ekspertlar tarkibini muntazam ravishda almashtirib turadi. Bunda oldin ITK a’zosi sifatida faoliyat yuritgan mutaxassislar uch oydan so‘ng ushbu ITK tarkibga qayta jalb qilinishi mumkin. Har uch oyda ITK a’zolarining o‘ttiz foizigacha hamda har to‘qqiz oyda ITK raisi va uning o‘rinbosarlari yangilab boriladi. 20. ITK ilmiy tadqiqotlarning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tuziladi: tarix va ijtimoiy fanlar; filologiya, psixologiya va pedagogika fanlari; iqtisodiyot va huquq fanlari; arxeologiya fanlari; matematika, fizika, mexanika fanlari; texnika fanlari; informatika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari; arxitektura, qurilish, dizayn va shaharsozlik; qishloq xo‘jaligi, veterinariya va atrof-muhitni muhofaza qilish; o‘rmon xo‘jaligi; tibbiyot fanlari; farmakologiya va farmatsevtika; kimyo fanlari; kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiyalar; yer to‘g‘risidagi fanlar; biologiya fanlari, biotexnologiya, ekologiya; startap loyihalar. 21. Zarur hollarda, Buyurtmachi tomonidan boshqa dolzarb ilmiy-texnik yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shimcha ITKlar tashkil etilishi hamda ITK yo‘nalishlari o‘zgartirilishi mumkin. 22. ITK raislari tegishli ITK a’zolari ishtirokida yig‘ilishda ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylanadi va O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. 23. ITK majlislari Buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq o‘tkaziladi. Zarur hollarda, ITKning navbatdan tashqari muhokamalari o‘tkazilishi mumkin. 24. ITK majlislari qoida tariqasida ochiq o‘tkaziladi. Zarur hollarda, ITK majlislariga tanlov ishtirokchilari, loyiha ijrochilari, manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari taklif qilinishi mumkin. 25. ITK majlislari uning a’zolarining uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. Loyihalarni eshitish va muhokama qilishda shaffoflik va xolislikni ta’minlash uchun yig‘ilishda audio- va videoyozuvdan foydalanish mumkin. ITK majlisi bayonnomasi, audio- va videoyozuvlar Buyurtmachiga taqdim etiladi. 26. ITKning qarori, agar uning majlisida ishtirok etganlarning aksariyati unga ovoz bergan bo‘lsa, qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, ITK raisining fikri hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. ITK majlisida qaror ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Alohida masalalar bo‘yicha ITK a’zolari bilan kelishilgan holda yashirin ovoz berish o‘tkazilishi mumkin. 27. ITK yig‘ilishida muhokama qilinadigan masalalar bo‘yicha hujjatlar yig‘ilishdan kamida besh kun oldin ITK ilmiy kotibiga taqdim etiladi. 28. ITK qarorlari bayonnoma shaklida tuziladi. ITKning bayonnomasi rais (uning yo‘qligida rais o‘rinbosari) va ilmiy kotib tomonidan imzolanadi. ITKning ilmiy kotibi ITK bayonnomalarini saqlanishini ta’minlaydi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling