Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
-bob. Loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish va loyiha talabnomalarini tanlov asosida saralab olish tartibi
Download 0.65 Mb.
|
133 09.03.2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-§. Loyiha hujjatlarining texnik ekspertizasi
6-bob. Loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish va loyiha talabnomalarini tanlov asosida saralab olish tartibi
1-§. Loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish va loyiha talabnomalarini tanlov asosida saralab olishga qo‘yilgan umumiy talablar 56. Tematik loyihalar tanloviga hujjatlar topshirish muddatining oxirgi sanasigacha tanlov hujjatlarida belgilangan talablarga javob beradigan kamida ikkita loyiha talabnomasi kelib tushgan bo‘lsa, tanlov haqiqiy deb hisoblanadi. Bu holda loyiha talabnomalari ekspertiza va keyingi tanlov uchun yuboriladi. 57. Agar tanlovda bitta ishtirokchi qatnashgan bo‘lsa yoki hech kim qatnashmagan bo‘lsa, u holda tanlov bo‘lmagan deb hisoblanadi. Bu holda Buyurtmachi ushbu loyiha bo‘yicha bir xil shartlar va talablar asosida qayta tanlov o‘tkazishi shart. 58. Agar loyihalarning texnik ekspertizasi natijalariga ko‘ra, Buyurtmachi barcha loyihalarni rad etsa yoki bitta hujjat talabnomasi tanlov hujjatlari talablariga javob bersa, tanlov bo‘lmagan deb topiladi va qayta tanlov e’lon qilinadi. 59. Tanlov hujjatlari shartlarini o‘zgartirmasdan, qayta tanlovda yangi takliflarni qabul qilish muddati kamida o‘n ish kuni deb belgilanadi. Agar qayta tanlovga muqobil loyiha talabnomasi kelib tushmasa, dastlabki bosqichda tanlovga kelib tushgan bitta loyiha Buyurtmachi tomonidan suhbat asosida arizachi bilan muzokara o‘tkazilib, ijobiy xulosa natijasiga ko‘ra belgilangan tartibda keyingi bosqichga yo‘naltiriladi. 60. Olingan loyiha talabnomalarining ekspertizasi Buyurtmachi tomonidan tashkil qilinadi. Bunda dastlab texnik va keyinchalik ilmiy ekspertizani o‘tkazish yo‘li bilan yakuniy xulosa shakllantiriladi. 2-§. Loyiha hujjatlarining texnik ekspertizasi 61. Qabul qilingan barcha turdagi loyiha hujjatlarining texnik ekspertizasi Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. Texnik ekspertizani o‘tkazish muddati loyiha talabnomalari uchun hujjatlarni qabul qilish tugagan kundan boshlab o‘n besh kundan oshmasligi kerak. 62. Texnik ekspertiza taqdim etilgan hujjatlarning Buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan talablarga muvofiqligini, shuningdek, loyiha hujjatlariga ko‘ra taqdim etilgan ma’lumotlarni tahlil qilishda xatolarni aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. 63. Texnik ekspertiza quyidagi tartiblarni o‘z ichiga oladi: talabnomaga ilova qilingan shakllarning to‘liqligi va to‘g‘riligini, zarur imzo, muhr va shtamplarning mavjudligini tekshirish; ilgari topshirilgan loyiha talabnomasiga o‘xshash yoki shu mavzuda bajarilgan loyihalarning mavjudligi va loyiha talabnomalarining takrorlanishini aniqlash; taqdim etilgan moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar mavjudligini o‘rganish; loyiha talabnomasiga ko‘ra, har taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tekshirish, texnik xatolar va noaniqliklar yo‘qligini tekshirish. 64. Loyiha hujjatlari bo‘yicha texnik ekspertizaning ijobiy xulosasi bo‘lgan taqdirda, hujjatlar to‘plami Buyurtmachi tomonidan ilmiy ekspertizani o‘tkazish uchun Buyurtmachi huzuridagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli ilmiy-texnik kengashlarga yuboriladi. 65. Loyiha hujjatlari bo‘yicha texnik ekspertizaning salbiy xulosasi mavjud bo‘lgan taqdirda, Buyurtmachi loyihani taqdim etgan muassasaga (tashkilotga) bu haqda yozma ravishda ma’lum qiladi. Buyurtmachi tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish uchun uch ish kunidan kam bo‘lmagan muddat belgilanadi. Buyurtmachi loyiha talabnomada ko‘rsatilgan tartibda asoslantirilgan xulosani tegishli tashkilotga (muassasaga) yetkazadi. Oldingi tahrirga qarang. Agar loyiha taqdim etgan tashkilot (muassasa) Buyurtmachi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni belgilangan muddatda taqdim etmasa, loyiha ko‘rib chiqish jarayonidan olib tashlanadi va ilmiy ekspertizadan o‘tkazilmaydi. Mazkur holatda loyiha hujjatlari uni taqdim etgan tashkilotga (muassasa) qaytarib yuborilmaydi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Buyurtmachida saqlanadi. Loyihani taqdim etgan tashkilot (muassasa)ning yozma murojaatiga asosan loyiha hujjatlari Buyurtmachi tomonidan qaytarilishi mumkin. (65-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 66. Tanlovga bitta loyiha taqdim etilgan hollarda loyihalarni alohida tartibda ko‘rib chiqish uchun Buyurtmachining buyrug‘iga binoan Buyurtmachining tarkibiy bo‘linmalarining mas’ul xodimlaridan kamida besh kishidan iborat tarkibda ishchi guruh tuziladi. Ishchi guruh besh ish kuni ichida yagona ishtirokchining loyihasini ko‘rib chiqadi va uning tanlov takliflarini taqqoslaydi. Individual tartibda ko‘rib chiqilayotgan loyiha ushbu mavzu bo‘yicha ilmiy izlanishlarning hozirgi bosqichida talabga ega bo‘lishi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning, shu jumladan tijoratlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan yakuniy tayyor mahsulot texnologiyalariga yo‘naltirilgan loyihalarning ehtiyojlariga javob berishi kerak. Tekshirish natijalariga ko‘ra, ishchi guruh loyihani ilmiy-texnik kengashda ko‘rib chiqish uchun asos bo‘lgan tegishli bayonni tasdiqlaydi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling