Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
-bob. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyiha takliflarini qabul qilish, e’lon va tanlovlarni tashkil etish tartibi
Download 0.65 Mb.
|
133 09.03.2020
4-bob. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyiha takliflarini qabul qilish, e’lon va tanlovlarni tashkil etish tartibi
39. Buyurtmachi: tematik ilmiy-tadqiqot loyihalariga muntazam ravishda tanlov e’lon qiladi va tegishli ilmiy-texnik kengashda ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga ko‘ra eng maqbul loyihalardan birini tanlab, moliyalashtirishga tavsiya etadi; maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalariga taklif qabul qiladi, tegishli ilmiy-texnik kengashda ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga ko‘ra tanlovsiz moliyalashtirishga tavsiya etadi; ilm-fanning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tashabbuskor loyihalarga e’lon beradi va tegishli ilmiy-texnik kengashda ilmiy ekspertiza va loyihaning ochiq muhokamasi natijasiga ko‘ra tanlovsiz moliyalashtirishga tavsiya etadi. 40. Tashabbuskor loyihalarga e’lon va tematik loyihalari tanlov talablari Buyurtmachining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi hamda loyiha talabnomalarini qabul qilish muddatlari, loyiha mavzularining nomi, amalga oshirish muddatlari va loyihalarni moliyalashtirishning prognoz miqdori, loyihalarni amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar, loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha chiqarilgan topshiriqlarning asoslanganligiga qarab, tanlovlar o‘tkazilishi yoki tanlovlarsiz moliyalashtirish uchun kollegial organga xulosa berilishi mumkin. 41. Tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, Buyurtmachining talablari va tanlov hujjatlariga muvofiq ilmiy faoliyat subyektlari, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanuvchi boshqa tashkilotlar ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun loyiha hujjatlari to‘plami bilan loyihalar tanlovida qatnashish, hujjatlar to‘plamini e’londa belgilangan muddatlarga muvofiq taqdim etish huquqiga ega. 42. Loyiha talabnomasi tarkibidagi hujjatlarning asosiy ro‘yxati va ularni rasmiylashtirish (to‘ldirish) va taqdim etish tartibi Buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi hamda Buyurtmachining rasmiy veb-saytida va zarur hollarda, boshqa ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi. 43. Loyiha talabnomalari Buyurtmachi tomonidan e’lon qilingan hujjatlar e’lon yoki tanlov shartlarida belgilangan sanaga qadar qabul qilinadi. 44. Buyurtmachi ilmiy-tadqiqot loyihalari bo‘yicha kelib tushgan barcha loyihani ro‘yxatdan o‘tkazadi va ularga ro‘yxatga olish raqamlarini beradi hamda texnik ekspertizadan o‘tkazadi. Texnik talablarga mos loyihalar ilmiy ekspertiza va ochiq muhokama o‘tkazish uchun buyurtmachi huzuridagi tegishli ilmiy-texnik kengashlarga yo‘naltiriladi. 45. Yopiq mavzudagi (maxsus yo‘nalishdagi) ilmiy-tadqiqot loyihalariga e’lon va tanlovlar davlat buyurtmasiga qo‘yilgan talablar doirasida maxfiy ish yuritish talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Yopiq ilmiy-tadqiqot loyihalariga e’lon va tanlovlar ochiqlanmaydi. Tanlovda ishtirok etish uchun takliflar loyiha talabnomalari, oldindan belgilangan ijrochi tashkilot bo‘lmagan taqdirda, buyurtmachi tomonidan maxsus aloqa kanallari orqali qabul qilishning tegishli darajasiga ega tashkilotlarga yuboriladi. 46. Xalqaro bitimlar doirasida amalga oshiriladigan tematik yoki tashabbuskor ilmiy-tadqiqot loyihalariga e’lon va tanlovlar ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling