Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
-bob. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish tartibi
Download 0.65 Mb.
|
133 09.03.2020
3-bob. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish tartibi
1-§. Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish tartibi 13. Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalariga buyurtma davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, ilmiy faoliyat subyektlarining asoslangan takliflari, shuningdek, fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolari, tijoratlashtirish imkoniyati mavjud yakuniy tayyor mahsulot/texnologiyalarga bo‘lgan ehtiyojlari tahlilining natijalari asosida Buyurtmachi tomonidan ishlab chiqiladi. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida tematik ilmiy-tadqiqot loyihalarini shakllantirish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. 14. Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari davlat buyurtmasiga kiritish uchun iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning mavjud muammolarini va real ehtiyojlarini chuqur tahlil qilish va hududiy muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlar bo‘yicha belgilangan tartibda va shaklda asoslangan takliflar (keyingi o‘rinlarda takliflar deb ataladi) tayyorlaydi. Takliflar Buyurtmachining rasmiy so‘roviga asosan yoki ixtiyoriy ravishda ko‘rib chiqish uchun muntazam ravishda taqdim etilishi mumkin. Bunda davlat buyurtmasiga kiritish uchun ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan ularning ilmiy-texnik yoki ilmiy kengashlarida ko‘rib chiqilib, ma’qullangan tematik loyiha e’loni uchun taklif ushbu muassasalarning yuqori turuvchi vazirlik va idoralariga taqdim etiladi. Yuqori turuvchi vazirlik va idoralar ilmiy-tadqiqot hamda oliy ta’lim muassasalaridan olingan takliflarni umumlashtiradi va ko‘rib chiqish uchun Buyurtmachiga taqdim etadi. Iqtisodiyot tarmoqlarining ilmiy yechimni ta’minlash talab etiladigan ehtiyojlari bo‘yicha takliflar to‘g‘ridan to‘g‘ri Buyurtmachiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan takliflar hudud iqtisodiyotining muammolarini va ilmiy-texnik ishlanmalarga bo‘lgan ehtiyojlarni tahlil qilish, shuningdek, hududdagi yuqori turuvchi tashkiloti mavjud bo‘lmagan boshqa tashkilotlarning takliflari asosida shakllantiriladi. 15. Davlat buyurtmasiga kiritish uchun tematik loyiha e’loni uchun takliflarni shakllantirishda quyidagi prinsiplarga rioya etiladi: ilmiy-tadqiqot mavzusining dolzarbligi va tematik loyiha mavzusida aniq yakuniy mahsulotga buyurtmani aks etganligi; fan va texnologiyalar rivoji uchun ustuvorligi; iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va respublika hududlarining aniq muammolarini hal etishga qaratilganligi; loyiha natijasida yakuniy mahsulotni yaratilishi asoslanganligi; ishlanmaning raqobatbardoshliligi; tayyor mahsulotni ishlab chiqishga yo‘naltirilganligi; loyiha natijalarining tijoratlashtirish imkoniyatining mavjudligi; loyihaning natijadorligi (mahsulot yoki takomillashtirilgan texnologiya); loyihaning moliyalashtirish prognoz hajmlari belgilanganligi. 16. Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalar bo‘yicha takliflarni shakllantirish uchun, zarur hollarda, Buyurtmachi tomonidan mavzu va loyiha natijasida yaratiladigan mahsulotni iqtisodiyotga kerakligi to‘g‘risida manfaatdor davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga so‘rov yuboriladi. Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalar bo‘yicha takliflar Buyurtmachi tomonidan muntazam ravishda qabul qilinadi. 17. Takliflarni shakllantirishda ularni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi uchun tematik ilmiy-tadqiqot bo‘yicha taklif bergan (benefitsiar) tomon javobgar bo‘ladi. 18. Buyurtmachi taklif(lar) qabul qilingan sanadan boshlab o‘ttiz kun davomida kelib tushgan takliflar yig‘ma ro‘yxatini shakllantiradi, ularning takrorlanishining oldini olish maqsadida, shuningdek, amalga oshirilayotgan va avval amalga oshirilgan loyihalarni hisobga olgan holda o‘rganib chiqadi. 19. Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalar bo‘yicha takliflarni o‘rganish jarayoniga zarur hollarda, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning tegishli mutaxassislari, shu jumladan xorijiy ekspertlar ham jalb etilishi mumkin. 20. Buyurtmachi tematik ilmiy-tadqiqot loyihalar bo‘yicha takliflar ro‘yxatini shakllantirishda mavzu doirasida amalga oshiriladigan loyihaning turi, kutilayotgan yakuniy natijasi va amalga oshirish muddatlaridan kelib chiqib, moliyalashtirishning prognoz hajmini belgilashi mumkin. 21. Buyurtmachi tematik ilmiy-tadqiqot loyihalar dolzarbligi hamda ahamiyatini, kutilayotgan yakuniy natijasini hisobga olgan holda, loyihalarni amalga oshirish muddatlarini belgilaydi. 22. Buyurtmachining tarkibiy bo‘linmalari taklif(lar) qabul qilingan sanadan boshlab o‘ttiz kun muddat ichida loyiha tasnifi va unga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqadi va e’lon uchun tayyorlaydi. 23. Tematik ilmiy-tadqiqot loyihalarga davlat buyurtmasi Buyurtmachining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi va loyihani topshirishning aniq muddati va tartibi belgilangan holda uning rasmiy veb-saytida va zarur hollarda boshqa ommaviy axborot vositalarida tanlov e’lon qilinadi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, ayrim takliflar e’longa berilmasligi va qayta ko‘rib chiqish uchun taklif etuvchiga qaytarilishi yoki asoslantirilgan holda rad etilishi mumkin. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling