Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
-bob. Davlat ilmiy dasturlari doirasida amalga oshiriladigan ilmiy loyihalar xarajatlarini rejalashtirish tartibi
Download 0.65 Mb.
|
133 09.03.2020
81-bob. Davlat ilmiy dasturlari doirasida amalga oshiriladigan ilmiy loyihalar xarajatlarini rejalashtirish tartibi
901. Loyiha ilmiy rahbari boshqa joyga ishga o‘tgan hollarda loyihaning amalga oshirilish joyi (ijrochi tashkilot) o‘zgartirilmaydi. 902. Xarajatlar kalkulatsiyasini tuzishda xarajatlarning umumiy moliyaviy hajmi loyiha bajarilishining butun davri uchun shu jumladan, har bir moliyaviy yil kesimida alohida jadvallarda ko‘rsatiladi. 903. Loyihalarni amalga oshirish uchun xarajatlar kalkulatsiyasi quyidagicha rejalashtiriladi: ish haqi to‘lovlari; ish haqiga tenglashtirilgan to‘lovlar; yagona ijtimoiy to‘lov; boshqa xarajatlar shu jumladan, ilmiy xizmat safarlari xarajatlari hamda asosiy vositalarni sotib olish xarajatlari. 904. Mehnatga haq to‘lash fondini shakllantirishda: loyihani bajarishda ishtirok etuvchi xodimlar mehnatiga haq to‘lash xarajatlari rahbar, ilmiy va ishlab chiqarish xodimlariga belgilangan tegishli bazaviy lavozim maoshlari asosida, yordamchi xodimlar mehnatiga haq to‘lash tegishli normativlar hamda vaqtinchalik pudrat shartnomalari asosida hisoblangan ish haqi to‘lovlari; ish haqini mintaqaviy tartibga solish hisobiga, shu jumladan, cho‘l, suvsiz va baland tog‘li hududlarda ishlash uchun mintaqaviy koeffitsiyentlar bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan to‘lovlar; homiladorlik va tug‘ish davriga kasallik varaqasi bo‘yicha to‘lovlar (loyihani bajarishda qatnashuvchi tashqi o‘rindoshlarga tatbiq etilmaydi); ilmiy xodimlar, ilmiy yordamchi va boshqa xodimlar uchun ish haqi fondiga kiritilgan va qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa to‘lov turlari loyihani bajarish uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida hisobga olinadi. 905. Yagona ijtimoiy to‘lovlar ish haqi fondiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan miqdorda rejalashtiriladi. 906. Safar xarajatlarida, loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi ilmiy va ilmiy yordamchi xodimlarning safar xarajatlari belgilangan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq aks ettiriladi. Loyihalarni amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijrochi tashkilotlar ilmiy xodimlarining respublika doirasida hamda xorijiy xizmat safarlari tadbirlarda ishtirok etish uchun taqdim etilgan asoslovchi hujjatlar va loyihaning kalendar rejasiga muvofiq amalga oshiriladi. Xorijiy xizmat safarlari xarajatlarini to‘lash uchun milliy valyutani xorijiy valyutaga aylantirish qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 907. Boshqa xarajatlarning har bir turi sarflanadigan mablag‘lar va ularning taqsimoti xarajatlar kalkulatsiyasida alohida jadvallarda asoslab ko‘rsatiladi. Xarajat turlari har bir loyihaning mazmuni va xususiyatidan kelib chiqib shakllantiriladi. 908. Davlat budjeti hisobidan loyihalarni bajarish uchun ajratilgan mablag‘larning quyidagi xarajatlarga sarflanishi man etiladi: bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash; obyektlarni qo‘riqlash xizmati to‘lovlari; transport vositalarini (maxsus transport vositalari bundan mustasno), hashamatli yumshoq mebellar va aksessuarlarni, uyali telefonlarni sotib olish xarajatlari, loyiha ijrochisi bo‘lmagan xodimlarning xizmat safarlari; jamoat transporti, maxsus yo‘nalishli transport vositalari, idoraviy transport vositalarida ish joyiga qatnash uchun yo‘l haqini to‘lash; davolanish va dam olish, ekskursiyalar va sayohatlar, sport seksiyalari, to‘garaklar, klublardagi tadbirlar, madaniy-ko‘ngilochar va jismoniy tarbiya (sport) tadbirlariga tashriflar hamda shaxsiy iste’mol mollarini sotib olish xarajatlari; O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy moliyalashtiriladigan, shuningdek xodimlari mehnatiga haq to‘lash, bino va inshootlarini saqlash hamda joriy xarajatlarini qoplash O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ijrochi tashkilotlarda ustama xarajatlar. 909. Loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan moliyaviy mablag‘lar Kollegial organ qaroriga muvofiq Buyurtmachi buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Oldingi tahrirga qarang. 9010. Buyurtmachining Kollegial organ qaroriga muvofiq qabul qilingan buyrug‘i asosida davlat ilmiy dasturlarini bajarishga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar smetasi doirasida ijrochi tashkilotlarga ajratilgan mablag‘lar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida har bir ijrochi tashkilot uchun (innovatsion, amaliy va fundamental loyihalar bo‘yicha) ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i orqali moliyalashtiriladi. (9010-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi) 9011. Loyihalar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan faqat yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan tashkilotlar orqali moliyalashtiriladi. 9012. Davlat ilmiy dasturlarini bajarish uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar smetasi ijrochi tashkilotlar bo‘yicha barcha ilmiy loyihalarning umumiy summasi Budjet tizimi budjetlari iqtisodiy xarajatlar tasnifining bir satrida — 42 99 990 (Tovar va xizmatlar sotib olish bo‘yicha boshqa xarajatlar) moddasi orqali aks ettirilgan holda tuziladi va moliyalashtiriladi. 9013. Loyihalarni Davlat budjetidan moliyalashtirishni muddatidan oldin to‘xtatish Ilmiy-texnik kengashning ushbu loyihalarni moliyalashtirishni davom ettirish maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risidagi xulosalariga asosan Buyurtmachining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Buyurtmachining qaroriga asosan loyihalarni bajarish muddati uzaytirilishi hamda moliyalashtirish hajmiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Bunda uzaytirilgan muddatda amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarining kalendar rejasi qo‘shimcha shartnoma bilan tasdiqlanadi. 9014. Loyihalarni moliyalashtirish muddatidan oldin to‘xtatilganda, loyiha uchun ajratilgan mablag‘larning foydalanilmagan qoldiq summasi ijrochi tashkilotlarning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘idan belgilangan tartibda chegiriladi. To‘xtatilgan loyihalar shuningdek, tegishli moliya yilida loyihalar bo‘yicha sarf etilmagan mablag‘lar Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. 9015. Loyihalarga ajratilgan mablag‘lar hisobidan xarid qilingan barcha asosiy vositalar ijrochi tashkilotlarning balansida qayd etiladi va ularning mulki hisoblanadi. 9016. Loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan budjet mablag‘laridan o‘z vaqtida va maqsadli foydalanish bo‘yicha javobgarlik ijrochi tashkilotlar rahbarlari va bosh hisobchilari, shuningdek, loyiha rahbarlari zimmalariga yuklatiladi. Oldingi tahrirga qarang. 9017. Loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish bo‘yicha davlat moliyaviy nazorati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. (9017-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son) Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling