Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Download 0.65 Mb.
|
133 09.03.2020
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
106. Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalarining (yosh olimlar loyihalari bundan mustasno) ilmiy rahbarlari ilmiy darajaga ega bo‘lishi shart. Fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarning har bir ijrochisi faqat bir loyihada to‘liq stavkada va ikki loyihada o‘rindosh sifatida ishtirok etishi mumkin, bunda ularning umumiy ulushi ikki to‘liq stavkadan oshmasligi lozim. Oldingi tahrirga qarang. 107. Loyiha rahbarlari ijrochi tashkilotlarning rahbarlari bilan bir qatorda loyiha doirasida bajariladigan tadqiqotlarning ilmiy-texnik saviyasi, hisobotlarni belgilangan muddatlarda topshirilishi, shuningdek, moliyaviy mablag‘larning samarali va maqsadli sarf qilinishi hamda tanlovga loyihalarni taqdim etishda unda keltirilgan ilmiy yangilik, nou-xau va g‘oyalarni ekspertiza jarayonlarida ochiq muhokamaga qo‘yishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida ijrochi tashkilot vakolatli tuzilmasining (xizmatining) xulosasini ilova qilinishiga shaxsan javobgar bo‘ladi. (107-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son) 108. Ijrochi tashkilot loyihalarni amalga oshirish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadi, hisobotlarni ilmiy yoki ilmiy-texnik kengashda muhokama qiladi, loyiha rahbarining taklifiga ko‘ra, tadqiqotlarning sifatli bajarilishini ta’minlash uchun “vaqtinchalik ilmiy jamoa” tashkil etadi. Jamoaga boshqa tashkilotlarning xodimlari ham a’zo bo‘lishi mumkin. Tashkilot rahbari loyiha rahbarini jamoa rahbari etib tasdiqlaydi. Oldingi tahrirga qarang. 109. Ijrochi tashkilot loyiha ilmiy rahbari uzoq muddatga betobligi sababli ish qobiliyatini yo‘qotgan, doimiy istiqomat qilish uchun respublikadan chetga chiqib ketgan, o‘z arizasiga ko‘ra ilmiy rahbarlikdan voz kechgan yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda, Buyurtmachiga loyiha ilmiy rahbarini almashtirish bo‘yicha taklif (tashkilot rahbarining yo‘llanma xati, tashkilot ilmiy yoki ilmiy-texnik kengashi qaroridan ko‘chirma va tavsiya etilayotgan yangi loyiha rahbari to‘g‘risida ma’lumot) kiritadi. (109-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 110. Loyiha ilmiy rahbari boshqa joyga ishga o‘tgan hollarda ushbu loyihaning amalga oshirilish joyi (ijrochi tashkilot) o‘zgartirilmaydi. Oldingi tahrirga qarang. 111. Ijrochi tashkilotning qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatilgan faoliyati to‘xtatilganda, faoliyati to‘xtatilgan tashkilotdagi loyihalar ilmiy yo‘nalishi mos boshqa tashkilotga o‘tkaziladi. (111-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 112. Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida yosh olimlarning ilmiy loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi a’zolari tomonidan amalga oshiriladi. Yosh olimlarning ilmiy-tadqiqot loyihalarida ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat’i nazar, 40 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar ishtirok etishlari mumkin. Oldingi tahrirga qarang. 113. Ushbu qoida talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. (113-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 114. Davlat buyurtmasi bajarilishini aniq shartlari va tartibi tegishli shartnoma bilan tartibga solinadi. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling