Ilmiy tadqiqotlarda statistik metodlar


Dalilning ilmiy tadqiqotdagi o‘rni va ahamiyati


Download 0.76 Mb.
bet24/55
Sana23.09.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1686139
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55
Bog'liq
Ilmiy tadqiqotlarda statistik metodlar

Dalilning ilmiy tadqiqotdagi o‘rni va ahamiyati 

Jamiyatdagi ba’zi muaamolarni ayrim ijtimoiy gumanitar fanlarda, dalillar orqali tasdiqlab bo‘lmasada, ular mantiqiy dalillarga asoslanadi. Mantiqiy dalillar haqiqatga yaqin dalillardir. 


Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov mafkuramiz haqida fikr yuritganida quyidagi muhim jarayonlarni ta’kidlaydi: “... jamiyatimiz mafkurasi, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ma’no-mazmunini belgilab beradi. Endigi eng dolzarb vazifamiz – bu jarayonlarning ilmiy-nazariy asoslarini, ularning yangi-yangi qirralarini mukammal ochib berish, o‘quvchilarimiz, talabalarimizga, keng jamoatchilikka sodda, lo‘nda qilib tushuntirib berish va ularni yangi hayot, zamon talablariga javob beradigan jamiyat qurilishining faol va jo‘shqin ishtirokchilariga aylantirishdan iborat. 
Buning uchun birinchi galda taraqqiyotimizning har bir yo‘nalishi–jamiyatimizdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy munosabatlarning rivoji haqida maxsus darsliklar, qo‘llanmalar, ommabop adabiyotlar yaratilishi zarur”. Bu vazifalar real imkoniyatlardan kelib chiqqan holda qo‘yilgan. Mazkur vazifa ko‘proq gumanitar sohalarga taalluqlidir. Ularni amalga oshirish uchun mantiqiy dalillar asosida ish yuritib, darsliklar, qo‘llanmalar, ommabop adabiyotlarning ta’sirchanligiga e’tiborni qaratish dolzarbdir. 

Tasdiqdan o‘tkazib hayotga tatbiq etish mumkin bo‘lmagan jamiyat taraqqiyotini faqat izchil tushuntirish, ularning haqiqat ekanligini targ‘ib qilish yo‘li bilan hayotiyligini ta’minlash mumkin. Tushuntirish natijasida har bir inson o‘zi yashayotgan jamiyat yoki davlatning maqsadini teran anglaydi va uni amalga oshirishga harakat qiladi. Ilmiy tadqiqotda dalil to‘plash bir qancha usullar orqali amalga oshiriladi. Bu usullarga: kuzatish, tajriba o‘tkazish, qiyoslash, analiz va sintez qilish, umumlashtirish, formallashtirish, bahs qilish va boshqalar kiradi. Ana shu usullar orqali dalillar to‘planganda ob’yekt ob’yektiv holda tavsiflanadi. Ob’yektiv holda to‘plangan dalil ilmiy ijodda yuqori baholanadi. Ilmiy bilimda yoki ilmiy tadqiqotda dalilning quyidagi vazifalarini e’tiborga olish lozim: 


1.Oldingi bilimlar asosida yangi bilimlarni hosil qilish; 
2.Narsa va hodisalar taraqqiyotini to‘g‘ri aks ettirish; 
3.Ob’yektlarning faoliyatini to‘g‘ri tavsiflash uchun asos shart ekanligini 
hisobga olish; 
4. Ob’yektiv voqelikni to‘g‘ri tushuntirishdagi ishtirokini e’tirof etish va 
boshqalar. 

Ilmiy ijodda yuqorida ta’kidlangan dalil turlari ishtirok etishi mumkin. Albatta, ularning barchasi haqida tadqiqotchi to‘la tasavvurga ega bo‘lishi, ularni bir-biridan ajratishi zarurdir. Aks holda dalillar samara bermasligi mumkin. Ilmiy dalillar qudratli kuchga ega. Ular oldindan aytib berishni ham qurollantiradi. 


Masalan: “ Qushlar va hashoratlar, ya’ni havodan og‘ir ob’yektlar fazo muhitida uchishga qodirligi buyuk mexanik N.E.Jukovskiy tomonidan hozirgi zamon aerodinamikasining negizini tashkil etuvchi ko‘tarma kuch nazariyasining yaratilishiga olib keldi. Barcha eng yangi aviatsiya va kosmonavtika vositalari – raketalar, samolyotlar, vertolyotlar, dirijabllarni loyihalash Jukovskiy kashf etgan aerodinamika asosida amalga oshirildi.” (misol “Ilmiy ijod metodologiyasi”. 
Dalillar ilmiy tadqiqotning turli metodlarini ongli ravishda hamda ijodiy qo‘llanilishi natijasida olinadi. Ijodiy faoliyat murakkabligi sababli, bu murakkablik dalillar olishda ham namoyon bo‘ladi. Ta’kidlash lozimki, dalillar mavhum bo‘la olmaydi. Har qanday dalil aniqdir. Bu aniqlik dalillar natijasidir. Fanlarda dalillar o‘z holicha ko‘zga tashlanavermaydi. Ob’yektiv real narsa va hodisalarni o‘nlab, yuzlab chig‘iriqdan o‘tkazish natijasida paydo bo‘ladi.
Dalillarni nisbiy hamda mutlaq dalillarga bo‘lish yo‘li bilan farqlash kerak. Ular bir xil emas. Masalan, O‘zbekistonning mustaqil bo‘lganligi Birlashgan Millatlar Tashkiloti uchun mutlaq dalildir. O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tishi, yangi jamiyatning paydo bo‘lishi nisbiydir. Chunki yangi jamiyatning paydo bo‘lishi jarayonida bozor munosabatlariga o‘tishning mazmun mohiyati davr talabidan kelib chiqib, yangi dalillar bilan o‘ldirilishi mumkin. Bu jarayonlar ma’lum fanlardagi hozirgacha ma’lubo‘lgan dalillarni to‘ldiraveradi va tarmoqlarini kengaytiradi. Dalillar to‘plashda uslublarni to‘g‘ri tanlay bilish katta ahamiyatga ega bo‘lib, to‘g‘ri uslub tanlanganda xatolardan xoli bo‘lishi mumkin. Aniqrog‘i, ilmiy tadqiqotning ravnaqi, kelajagi uslub tanlashda mujassamlashgan. Ilmiy tadqiqotga dalillar hayot baxsh etadi. 
Natijada fan taraqqiyoti ham jadallashadi. Uning tizimida yangi sohalar paydo bo‘ladi. Dalillar to‘plash fan nuqtai nazarida cheksizdir. Sababi, bilishning o‘zi ham cheksizdir. Bu cheksizlik olamdagi narsa va hodisalarning bitmas-tuganmasligiga olib boradi. Ana shu tariqa dalillar to‘plash inson faoliyatidan doimiy o‘rin olgan.
Ilmiy tadqiqot olib borayotgan izlanuvchi o‘z ijodida dalil aytmasligini sezgan holat ijobiy holatdir. Ushbu yetishmaslik olimning ilmiy salohiyatini, dunyoqarashini oshirishga majbur qiladi. Bundan har qanday fan ham, izlanuvchining o‘zi ham foyda ko‘radi, xolos. Dalillarni izlash jarayonida yangi dalillarga duch kelinadi. Bu esa o‘z navbatida yanada yangi dalillarni ochishga imkon yaratadi. Shunday ekan, tadqiqotda dalillar uzluksizlikni taqozo etadi. Ushbu qonuniyatlar ta’sirida yangi kashfiyotlar paydo bo‘ladi. Bu esa ijodiy izlanuvchi tafakkurining yorqin faoliyatini keltirib chiqaradi. Yangi dalillarni o‘z doirasida o‘rganish ta’sirida, ya’ni ularni tahlil qilish, o‘xshashligini bilish, aloqa va munosabatlarga e’tiborni qaratish, foyda va zararini baholash yo‘li bilan hayotga tatbiq etish jarayoni hal etiladi.
Ilmiy tadqiqotda ilmiy dalillarni to‘plashdan maqsad undan kundalik hayotda izchil foydalanishdir. Hayot, turmush tarzi uchun foydali bo‘lmagan dalillar to‘plashdan uzoq bo‘lish har bir tadqiqotchining muhim vazifasidir. Ilmiy tadqiqotda dalillar ijodiy izlanuvchining ilmiy olamini yaratadi. Dalillar ijodkorga havo va suvdek zarurdir. Tadqiqotchi yaratayotgan 
yangilik, kashfiyot mantiqiy dalillar, farazlar, nazariyalar, mantiqiy xulosalar jarayonida paydo bo‘ladi.
Natijada eski dalillar inkor etilib yangilari paydo o‘ladi. Demak, ilmiy tadqiqotda ilmiy dalillar nisbiy va mutlaq haqiqatni qaror toptirishda asosiy quroldir. Ilmiy tadqiqotda dalil to‘plash izlanuvchidan mahorat va mehnatni, izlanuvchanlikni va sezgirlikni, tadbirkorlik va hushyorlikni, mutlaqo soflikni, ob’yektiv xulosa chiqarishni talab etadi. Tadqiqotchi esdan chiqarmasligi lozimki, izlanish natijasida olgan yangiliklar, tavsiyalar, xulosalar faqat o‘ziniki bo‘lib qolmaydi, balki ular jamiyat mulkiga aylanadi. Ushbu jarayonlarni o‘z faoliyatida mujassamlashtirgan shaxslar fan tarixida oz emas. Ular o‘z dalillarining haqligini isbotlash yo‘lida o‘z jonlarini fido etganlar. Bularga misol inkivizatsiya davridagi olimlar (Galiley, Kopernik, Jordano Bruno) faoliyatidir. Shunday ekan, dalillar ilmiy ijodning tarkibiy qismlarini tashkil etadi. Bu jarayonsiz izlanuvchi faoliyat ko‘rsata olmaydi. Ilmiy tadqiqotlarda dalillarni tasdiqlash ham o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Sababi, tadqiqotchining erishgan dalillari ba’zi boshqa izlanuvchilarni 
shubhaga tushirishi mumkin. Bu shubha izlanuvchini sarosimaga olib keladi. Shu sababli tadqiqotchi o‘zi erishgan dalilni oxirgi nuqta deb bilmasligi kerak. Oldindagi qarama-qarshiliklarga ruhan tayyor turishi, matonatli bo‘lish talab etiladi. Dalillar turli jarayonlardan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng, natijasi ko‘rinadi. U o‘zini amaliyotda tasdiqlasa, bu dalilning kelajagi porloqdir. 


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling