12-MAVZU: ILMIY KADRLARNI IDROKI VA ZEXNI
Reja:
1.Olimlarga bo‘lgan kasbiy talablar.
2.Zexn va idrok belgilari.
3.Jamoaviy zexn-idrokning tashkil etish tamoyillari.
Olimlarga bo‘lgan kasbiy talablar.
Ilmiy xodim savodli bo‘lishi, g‘oyaviy e’tiqodga ega va o‘z g‘oyalariga sodiq bo‘lishi kerak. Olimning xurmati, obro‘–e’tibori uning mehnati, bilimdonligi, malakasining natijasi va zehn–idroki bilan aniqlanadi. Olimda jamoaviy faoliyat jarayonida quyidagilarni bajarish bo‘yicha qobiliyat bo‘lishi kerak:
Hozirgi vaqtda tadqiqot metodlari qisman yoki to‘liq xolda noma’lum bo‘lgan ijodiy vazifalar bilan shug‘ullanishi, amaliyotda yuzaga kelgan vazifalarni ma’lum bo‘lmagan metodlar yordamida yecha olishi yoki yangi metodlarni yarata olishi.
Ixtiyoriy vazifalarni ijodiy ravishda yecha olishi, ya’ni kreativlik xususiyatiga ega bo‘lishi.
Bir turdagi vazifalardan ikkinchisiga o‘tishda xuddi o‘zining soxasidagi kabi qo‘shni soxalarda xam tushunish xosil qilishi, o‘z soxasiga yaqin bo‘lmagan vazifalarni xam yecha olishi.
Tadqiqot obyektining kelajakdagi xolatini va aloxidagi metod va bilimlarni qo‘llana olish darajasini bashorat qilishi.
Eskirgan bilimlardan voz kechib, ular orasidan o‘z bahosini yo‘qotmaganlaridan foydalanish.
Avtoritetlar oldida bosh egishni doimo saqlamagan xolda erkin fikrlay olishi.
Ongidagi eng kutilmagan g‘oyalarni o‘z muammosi evaziga sindirish, ishga daxli bo‘lmagan qiymati yo‘q deb o‘ylab yurilgan, aslida esa muvaffaqqiyatni ta’minlovchi ma’lumotlarni nazardan qochirmaslik.
Ilmiy ishda o‘z o‘rnini to‘g‘ri topib olish uchun idrok va zexn mezoni bo‘yicha o‘z –o‘zini taxlil qilish o‘z fazilatlari va kamchiliklarini bilish, aqliy mehnat strukturasi va xususiyatlarini tushunish.
Bu qobiliyatlar olimga zexn –idrok ishining samarasini oshirishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |