Ilmiy tadqiqotlarda statistik metodlar


Jamoaviy zexn–idrokni tashkil etish tamoyillari


Download 0.76 Mb.
bet28/55
Sana23.09.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1686139
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55
Bog'liq
Ilmiy tadqiqotlarda statistik metodlar

3. Jamoaviy zexn–idrokni tashkil etish tamoyillari
Fanlarni differensiyalashuvi olimlarni borgan sari torayib borayotgan bilimlar soxasiga ixtisoslashishiga olib kelayapti. Shu sababdan, olimlar yagona jamoaviy zexn – idrokka birlashganlar. Ushbu zexn –idrok samarali bo‘lishi uchun, u kishilarning mexanik birlashuvini emas, balki xal qiladigan muammolarning maxsus turi bo‘yicha ongli ravishda tashkil etilgan jamoani xosil qilishi kerak.
Bunda olimlarning sifatini xisobga olish muximdir. Buning uchun quyidagilarga rioya qilish kerak:
-mutaxassislarni turli soxadan olish;
-turli yoshdagi olimlarni ustalik bilan jamlash;
-kishilarni birgalikdagi mexnatga qobiliyati, ya’ni psixologik, fizik va axloqiy tarafdan moslashtirish;
-qaror topgan jamoa strukturasining shaxsiy qobiliyatlarga bog‘liq xolda haqiqiy bo‘ysunishidagi mutanosiblik, tarkib shakllanishining uzluksizligi, jamoaning barcha a’zolari tomonidan o‘z fikrlarini, g‘oyalarini ochiq bayon etish, nashrlarni rag‘batlantirish, xizmatlani esga olish, ilmiy maqolalarga xavola qilish, rasmiy tabriklar, muxim ishlarda ishtirok ettirish uchun takliflar yordamida ruxiy rag‘batlantirish, ilmiy izlanishdan joriy etishgacha ochiq-oydin rejalashtirish, natijalarni ongli ravishda tekshirish va boshqalar.

Olimlar individual xususiyatlari asosida quyidagicha sinflanadi:





  1. Fonatik–ilm bilan o‘zini yo‘qotib qo‘yish darajasida qiziqadi, uni xayot mazmuni deb biladi, qiziquvchan, charchamaydi, talabchan, ko‘p xollarda jamoa bilan yaxshi chiqishmaydi;

  2. Pioner–tashabbuskor, ishchan, mansabdor, yaxshi tashkilotchi va ustoz, yangi yo‘llarni ochish, ijodiy g‘oyalar uchun manba hisoblanadi;

  3. Diagnost–aqlli, tanqidchi, darxol ilmiy ishni kuchli va sust tomonlarini aniqlash qobiliyatiga ega;

  4. Erudit–yaxshi xotiraga ega, bilimning turli soxalarida oson yo‘l topadi, ammo u ijodkor emas, boshqalarga tez bo‘ysunadi;

  5. Texnik–begona ishlarga yakun yasashga usta, o‘z imkoniyatlarining chegeralanganligini tan oladi, jamoa bilan juda yaxshi kelishadi;

  6. Estet–nozik yechimlar bilan qiziqadi, ishchilarga biroz mensimaslik bilan yondoshadi, uncha sabrli va ishbilarmon emas;

  7. Metodolog – metodologiyani, matematik apparatlarni yaxshi biladi, o‘z ilmiy ishlarini boshqalar bilan muxokama qiladi, boshqalarni fikr-muloxazalariga sabrli bo‘ladi;

Individualist–jamoada ishlashdan qochadi, aqlli, kuzatuvchan, o‘jar, o‘z g‘oyalari, ideallari bilan mashg‘ul, lekin ularni xayotga tadbiq qilish uchun energiya sarflamaydi.
Jamoaviy idrok deb eng obro‘li olim raxbarligida biror bir muammo bo‘yicha ish olib borayotgan ilmiy xodimlarning umumiy zexni va idrokiga aytiladi. Ushbu jamoaning muvaffaqiyati raxbar tomonidan ilmiy maktab yaratilganiga bog‘liqdir.
Ilmiy maktab deb yirik olim raxbarligida yagona bir ilmiy g‘oya bo‘yicha yagona dunyoqarash asosida uzluksiz tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy xodimlar jamoasiga aytiladi.Ilmiy maktabda barcha ishlar yagona metodikaga, texnikaga o‘ysunadi, bu esa olimlar orasida yuqori maxsuldor shakldagi o‘zaro xurmat va tushunish xolatini shakllantiradi. Unda tasodifiy mavzular bo‘lmaydi. Ilmiy maktabning tug‘i ko‘p jixatdan ilmiy raxbarga borib taqaladi. Raxbar keng, ko‘pqirrali bilimga, aniq va mustaxkam fikr va muloxazalarga ega bo‘lishi kerak. Ustozga bo‘lgan xurmat ustoz va shogird o‘rtasidagi ilmiy raqobatga xalaqit bermasligi kerak. U odamlarni o‘ziga tortishi, o‘z qiziqishlariga kirita olishi, katta ilmiy tajribaga ega bo‘lishi, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish tamoyillaridan, metodologiya va metodikadan xabardor bo‘lishi lozim.Xaqiqiy shogird o‘z ustoziga yetishi va undan o‘zib ketishi kerak. Shogird uchun ustoz nafaqat bilimi bilan, balki elga bo‘lgan fidokorligi, shaxsiy sifatlari bilan ideal bo‘lib qolishi kerak.


Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling