Ilmiy-texnikaviy potensialni prognozlash


Fundamental va amaliy izlanishlarni prognozlash


Download 24.1 Kb.
bet6/8
Sana20.12.2022
Hajmi24.1 Kb.
#1037131
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ilmiy-texnikaviy potensialni prognozlash

Fundamental va amaliy izlanishlarni prognozlash – tizimli tahlil va sintezni qo‘llash, ekspert baholar usuli, ssenariy yozish, ―maqsad daraxti‖ni tuzish yo‘li bilan ishlab chiqariladi. Bu muammolar tuzilmasini o‘tkazish, maqsadli ketma-ketlikni topish, miqdor baholashning variantlarini olishga, izlanishlarning eng yaxshi yo‘nalishini tanlashga imkon beradi.
Тexnik-iqtisodiy kashfiyotlar bosqichida prognozlashtirish paytida – tarmoqlararo balans usullari qo‘llaniladi, ―xarajat - chiqarish‖ va boshqalar.
Yangi mahsulotning iqtisodiy va texnik ko‘rsatkichlarining prognozi – ekstrapolyatsiya usullarining kombinatsiyasi, patent xujjatlashtirishning tahlili, ilmiy-texnik axborot, ekspert baholash usuli asosida amalga oshiriladi.
Тajribiy ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni tayyorlash, seriyali ishlab chiqarish va ekspluatatsiya bosqichlarida ekspert baholash, omilli tahlil, imitatsion usullar qo‘llaniladi. Prognozlarda muhim rolni yiriklashgan balans hisoblarning tizimi o‘ynaydi.


6. IТТ rivojlanishini prognoz baholanishi.

Ilm va texnika rivojlanishining bosh yo‘nalishlari deganda, ilmiytexnologik rivojlanishga va mamlakat rivojlanishining uzoq muddatli va joriy ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlariga o‘z hissasini qo‘shuvchi izlanish va kashfiyotlarning sohasi tushuniladi.


O‘zbekiston hukumati bilan ilm va texnika rivojlanishining quyidagi bosh yo‘nalishlari tasdiqlangan:

  1. Fundamental izlanishlar;

  2. Axborot texnologiyalar va elektronika;

  3. Ishlab chiqarish texnologiyalar;

  4. Yangi materiallar va kimyoviy mahsulotlar;

  5. Тirik tizim texnologiyalari;

  6. Тransport;

  7. Yoqilg‗i va energetika;

  8. Ekologiya va tabiatdan foydalanish.

Undan tashqari har bir yo‘nalish texnologiyalar darajasida konkretlashtirilgan. Natijada bir necha yuz texnologiyalardan 70 tasi O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun eng muhim bo‘lgan texnologiyalar tanlab olingan.
Aynan shu bosh yo‘nalishlar, jahon tajribasi ko‘rsatishicha, ХХI asr boshida iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar asosi bo‘lgan yangi texnologik bazani shakllantirishda magistral hisoblanadi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, 70 ta kritik texnologiyalardan 17 tasi O‘zbekiston ilmida jahondagi darajasidan ustun turadi:

  • aviatsion va kosmik texnika;

  • atom energetikasi;

  • oqsil preparat va komponentlari;

  • biomoslashgan preparatlar;

  • biomuhandislik asosidagi biotexnologiya;

  • katalizatorlar;

  • keramik materiallar va nokeramika;

  • membranalar;

  • rekombinant vaksinalar;

  • eng qattiq materiallar;

  • ekstremal sharoitlarda insonni himoyalash va hayotni ta‘minlash tizimlari;

  • sun‘iy intelekt va virtual reallik tizimlari;

  • nutq, tekst va ko‘rinishlarni aniqlash sistemalari;

  • immunokorreksiya texnologiyalari;

  • tabiiy-texnogen muhitning monitoring texnologiyasi;

  • ekosistemalar iqlimining rivojlanishi va gidrogeologik hamda resurs o‘zgarishlarni rivojlanishni prognozlashtirishning texnologiyalari;

Ilm rivojlanishining bu yo‘nalishlari O‘zbekiston hukumati qarorlariga binoan birinchi navbatda moliyalashtiriladi va rivojlantiriladi. Shunday qilib, quyidagi bosh yo‘nalishlarni amalga oshirishning muhim sharti bo‘lib, u ilmiy muhitni yetarli darajada moliyalashtirish shartidir.
Moliya resurslarining vujudga kelishini iqtisodiyotning barqarorlashuvi va qat‘iy iqtisodiy o‘sishni ta‘minotsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Undan tashqari ilmiy-texnik potensialni oshirish va saqlashni, asbob-uskunalarning o‘z vaqtida yangilanishini, texnologik tizimlar va asbob-uskunalarning sifatini belgilab beruvchi mashinasozlikning material-texnik bazasini rivojlantirishni ta‘minlash zarur. Faqatgina ko‘rsatilgan shartlarni amalga oshirish natijasida mamlakatimizda IТТ rivojlanishining prognoz baholari ijobiy bo‘lishi mumkin.



Download 24.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling