Ilmiy-texnikaviy potensialni prognozlash


Download 24.1 Kb.
bet2/8
Sana20.12.2022
Hajmi24.1 Kb.
#1037131
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ilmiy-texnikaviy potensialni prognozlash

Birinchi bosqich – ХVIII asr oxiri va ХIХ asr boshlaridagi birinchi sanoat inqilobi. Ilmiy asosda mashinali ishlab chiqarishga o‘tish.
Ikkinchi bosqich – ХIХ asr oxiri ХХ asr boshlaridagi ikkinchi sanoat inqilobi. Mashina asosidagi ishlab chiqarishni rivojlantirish, ishlab chiqarishning energetik asosining o‘zgarishi, texnik baza asosida ilmning rivojlanishi, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish darajasiga o‘tish, yangi tarmoqlarni barpo etish.
Uchinchi bosqich – ХХ asrdagi uchinchi sanoat inqilobi, u o‘z navbatida ilmiy-texnik inqilobga aylanib bordi.
IТI – bu ilmning, ishlab chiqarishning asosiy omili bo‘lgan bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanishi asosida ishlab chiqarish kuchlarining tubdan sifatli o‘zgarishidir.
ХХ asrning oxirgi 10 yilliklarida sanoat inqilobining yangi to‘rtinchi bosqichining belgilari shakllana boshladi.
Uning asosiy belgilari:

  • elektronika asosida ishlab chiqarish texnologiyasining o‘zgarishi;

  • biologik jarayon va tizimlarni o‘sib boruvchi masshtablar asosida tartibga solish;

  • ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish;

  • energetikaning yangi turlari;

  • yangi materiallarni tayyorlash texnologiyasi va boshqalar.

Rivojlanishning barcha bosqichlarida IТТ quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: evolyutsion, revolyutsion (inqilobiy) va aralash.
IТТning ishlab chiqarish jarayoniga bo‘lgan ta‘sirining umumiy ko‘rinishi bu ekstensiv va intensiv o‘sish o‘rtasidagi nisbatni ikkinchisining hisobiga o‘zgarishidir.
IТТning asosiy natijasi bu – ishlab chiqarishda shakllanadigan va moddiylashadigan iqtisodiy samaraning oshishi.
Ilm va texnika rivojlanishini tartibga solish va prognozlash quyidagi prognoz hujjatlarining tizimi vositasida amalga oshiriladi:

  • muddati 15 yilgacha bo‘lgan ilmiy-texnikaviy rivojlanishining umumdavlat prognozi;

  • 5-10 yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy va tarmoq darajasida bo‘lgan xususiy ilmiy-texnik prognozlar;

  • 10-15 yilga mo‘ljallangan davlatning maqsadli ilmiy-texnik dasturlari.

Ko‘rsatilgan hujjatlarni davlatning ilmiy-texnikaviy siyosati birlashtiradi.
Ilmiy-texnikaviy rivojlanishning umumdavlat prognozida quyidagilar mavjud: -mahalliy va jahon ilmiy-texnikasida erishilgan muhim yutuqlarning texnikiqtisodiy baholanishi;

  • ilmiy texnik yutuqlarini xalq xo‘jaligida ishlatilishi haqidagi xulosalar; -IТТ bosh yo‘nalishlarini va birlamchi tarmoqlararo ilmiy-texnik masalalarni aniqlash;

  • bu masalalarni yechish bevosita va yo‘llarining variantlari; -IТТning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash.




Download 24.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling