Ilmiy-texnikaviy potensialni prognozlash
Download 24.1 Kb.
|
Ilmiy-texnikaviy potensialni prognozlash
Qisqacha xulosalar.
Ilmiy-texnikaviy taraqiyot – bu xo‘jalik xayotidagi yangi bilim va erishilgan yutuqlarni ochish va ulardan foydalanishning uzilmas va og‗ir jarayonidir. Ilmiy-texnika inqilobi - bu ilmning, ishlab chiqarishning asosiy omili bo‘lgan bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanishi asosida ishlab chiqarish kuchlarining tubdan sifatli o‘zgarishidir. IТТning ishlab chiqarish jarayoniga bo‘lgan ta‘sirining umumiy ko‘rinishi bu ekstensiv va intensiv o‘sish o‘rtasidagi nisbatni ikkinchisining xisobiga o‘zgarishidir. IТТning asosiy natijasi bu – ishlab chiqarishda shakllanadigan va moddiylashadigan iqtisodiy samaraning oshishidir. Davlatning ilmiy-texnikaviy siyosatini shu davlatning ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatiga bo‘lgan munosabatni ifodalaydi hamda ilm, texnika va ilmiy-texnik yutuqlarini amalga oshirish sohasida mamlakatni xukumat organlarining faoliyatini shakli, yo‘nalishi va maqsadlarini aniqlab beradi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti innovatsion bosqichlarni bosib o‘tadi. Innovatsion sikl bosqichida yechiladigan masalalarning taxlili ularning ko‘p xilligini aniqlab beradi. Ular nafaqat maqsadlari bilan balki, faoliyat natijalarining ko‘rsatkichlari bilan ham xarakterlanadi. Тaxlil natijalari ko‘rsatadiki, mavjud jarayonlarning shakllanishi, tuzilishi, ularni matematik modellashtirish imkoniyati birinchi bosqichdan oxirgi bosqich tomonga o‘sib boradi. Yangi maxsulotni iqtisodiy va texnik ko‘rsatkichlarning prognoziekstrapolyatsiya usullarining kombinatsiyasi, ilmiy-texnik axborot, ekspert baxolash usuli asosida amalga oshiriladi. Moliya resurslarining vujudga kelishini iqtisodiyotning barqarorlashuvi va qat‘iy iqtisodiy o‘sishni ta‘minotsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu bilan birga ilmiy-texnik potensialni oshirish va saqlashni, asbob-uskunalarning o‘z vaqtida yangilanishini, texnalogik tizimlar va asbob-uskunalarning sifatini belgilab beruvchi mashinasozlikni material-texnik bazasini rivojlantirishni ta‘minlash zarur. Yuqorida keltirilgan shartlarni bajarilishigina mamlakatda IТТ rivojlanishining prognoz baholarini ijobiy bo‘lishini ta‘minlaydi. Download 24.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling