Ilmiy unvonlar berish tartibi toʼgʼrisida nizom
§ 2.6. Oʼrindoshlik asosida ishlayotgan mutaxassislarga
Download 104.5 Kb.
|
Ilmiy unvonlar berish tartibi toʼgʼrisida nizom Yangisi
§ 2.6. Oʼrindoshlik asosida ishlayotgan mutaxassislarga ilmiy unvonlarni berish talablari 18. Ilmiy unvonlar ushbu Nizomning 10-17-bandlarida sanab oʼtilgan tegishli lavozimlarga oʼrindoshlik asosida (kamida 0,25 stavka) tayinlangan yoki soatbaylik asosida (240 soatdan kam boʼlmasligi kerak) ishlayotgan iqtisodiyot tarmoqlarining (OTM va ITM xodimlaridan tashqari) yuqori malakali mutaxassislariga 7-17-bandlarda belgilangan talablarga rioya qilingan holda beriladi. Ushbu hollarda taqdimnoma ilmiy unvon talabgorining oʼrindoshlik ishi joyidan taqdim etiladi. III. ILMIY UNVONGА TАQDIM ETISh TАRTIBI 19. Ilmiy unvonga taqdim etish masalasi ilmiy kengashda quyidagi muddatlarda koʼrib chiqiladi: dotsent ilmiy unvoniga - mutaxassis fan doktori (nomzodi) ilmiy darajasida tasdiqlangan yoki ilmiy daraja olganligi toʼgʼrisidagi diplomi nostrifikatsiya qilingan kundan boshlab kamida bir yil oʼtgandan keyin; katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga - mutaxassis fan doktori (nomzodi) ilmiy darajasida tasdiqlangan yoki ilmiy daraja olganligi toʼgʼrisidagi diplomi nostrifikatsiya qilingan kundan boshlab kamida bir yil oʼtgandan keyin; professor ilmiy unvoniga - mutaxassis dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvonini olgan kundan boshlab kamida bir yil oʼtgandan keyin. 20. Mutaxassis faoliyat olib borayotgan muassasaning tegishli tuzilmasi ilmiy unvon talabgorining hujjatlarini koʼrib chiqish uchun ilmiy kengashga taqdim etadi. Ilmiy kengash ushbu Nizomning 7-17-bandlarida belgilangan talablar bajarilgan holda talabgorning hujjatlarini koʼrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi. 21. Ilmiy unvon talabgorining attestatsiya ishi hujjatlarini qabul qilib olingan kundan boshlab 2 (ikki) oy muddat ichida ilmiy kengashda koʼrib chiqilishi kerak (ushbu muddatlarga iyulь-avgust oylari kirmaydi). 22. Ilmiy kengashning ilmiy unvon olishga taqdim etish haqidagi qarori yashirin ovoz bilan qabul qilinadi. Ilmiy kengash majlisi, agar uning ishida aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi qatnashgan boʼlsa, vakolatli hisoblanadi. Ilmiy kengashning ilmiy unvon berish masalasi yuzasidan qarori, agar majlisda qatnashgan kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bersa, ijobiy hisoblanadi. 23. Ilmiy kengashning qarori qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida attestatsiya ishi OʼzR OАKga taqdim etiladi. 24. Ilmiy unvonlar berish boʼyicha attestatsiya ishlarini rasmiylashtirish tartibini OʼzR OАK belgilaydi. 25. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 6 iyuldagi 290-sonli qarori bilan tasdiqlangan «“Yilning eng yaxshi darsligi va oʼquv adabiyoti muallifi” tanlovi gʼoliblariga ilmiy daraja yoki ilmiy unvon berish tartibi toʼgʼrisida Nizom»ga asosan Hukumat komissiyasining mutaxassisga tegishli ilmiy unvon berish toʼgʼrisidagi qaroriga muvofiq quyidagilar tashkil etiladi: a) OʼzR OАK tegishli ilmiy kengashga tanlov gʼolibiga tegishli ilmiy unvon berish masalasini koʼrib chiqish boʼyicha yoʼllanma xat bilan koʼrsatma beradi (yoʼllanma xatga Hukumat komissiyasining qarori nusxasi ilova qilinadi); b) ilmiy kengash tanlov gʼolibiga tegishli ilmiy unvon berish masalasini koʼrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi; v) attestatsiya ishi OʼzR OАKga taqdim etiladi. IV. АTTESTАTsIYa IShINI OʼzR OАKda KOʼRIB ChIQISh 26. Ilmiy kengash tomonidan taqdim etilgan attestatsiya ishi OʼzR OАKda roʼyxatga olinib, 10 (oʼn) ish kuni ichida meʼyoriy-texnik ekspertizadan hamda mazkur Nizomning 28-bandida belgilangan muddatlarda ilmiy ekspertizadan oʼtkaziladi hamda yakuniy qaror qabul qilinadi. OʼzR OАK tegishli boʼlimlari hamda ekspert kengashlari attestatsiya ishlari hujjatlarining mazmun-mohiyati hamda tegishli meʼyoriy tadbirlarning mavjud huquqiy-normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tekshiradi. Meʼyoriy-texnik ekspertiza jarayonida mavjud huquqiy-normativ hujjatlar talablariga rioya qilinmagani aniqlansa, attestatsiya ishi OʼzR OАK Meʼyoriy komissiyasi qarori bilan koʼrilishdan toʼxtatiladi va ilmiy kengashga rasmiy xat bilan qaytarib yuboriladi. Bunday hollarda, ilmiy kengash tomonidan tegishli xatolik (xatoliklar) toʼgʼrilangandan yoki tegishli tadbir (tadbirlar) belgilangan tartibda amalga oshirilgandan soʼng, tegishli hujjat yoki attestatsiya ishi yangidan rasmiylashtirilib, yoʼllanma xat bilan qayta taqdim etiladi. 27. Аttestatsiya ishlarini ekspert kengashida koʼrib chiqish OʼzR OАK «Ekspert kengashi toʼgʼrisida Nizom» asosida amalga oshiriladi. Аttestatsiya ishi boʼyicha OʼzR OАK Rayosatining yakuniy qarori qabul qilinadi. 28. Ilmiy unvon talabgorining attestatsiya ishi OʼzR OАKda 3 (uch) oy muddat ichida koʼrib chikiladi (ushbu muddatga iyulь-avgust oylari kirmaydi). Ekspertizani oʼtkazish uzoqroq muddat talab etiladigan alohida hollarda OʼzR OАK Rayosati qarori bilan attestatsiya ishini koʼrish muddati uzaytirilishi mumkin. 29. Ilmiy unvonga talabgor attestatsiya ishini koʼrib chiqish jarayonining har kanday bosqichida: ilmiy kengashda - yashirin ovoz berishgacha; OʼzR OАKda - Rayosat qarori qabul qilingunigacha ishni muhokamadan olishga haqli. Ilmiy unvon talabgorining yozma arizasiga binoan attestatsiya ishini muhokamadan olish toʼgʼrisidagi qaror OʼzR OАK Rayosati tomonidan qabul qilinadi. V. АTTESTАTLАRNI RАSMIYLАShTIRISh VА BERISh 30. OʼzR OAK Rayosatining ilmiy unvon berish haqidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi. Ilmiy unvon attestati ilmiy unvon berish toʼgʼrisidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddat davomida OʼzR OАK Rayosatining qaroriga muvofiq fuqarolik pasporti asosida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. 31. Аttestatni yoʼqotgan mutaxassisga yangi tartib raqami qoʼyilgan dublikat ilgari berilgan attestatga muvofiq ravishda OʼzR OАK Rayosati qarori asosida rasmiylashtiriladi. Familiyasi, ismi, otasining ismi oʼzgargan boʼlsa, attestatlar yangisiga almashtirilmaydi. 32. Аttestatlar va ularning dublikatlarini rasmiylashtirish va berish tartibini OʼzR OАK belgilaydi. VI. ILMIY UNVONDАN MАHRUM ETISh (ILMIY UNVONDА TIKLАSh) 33. Аttestatsiya ishi ekspertizasi noxolis oʼtkazilganligi aniqlanganda, shaxs OʼzR OАK Rayosati qarori bilan tegishli ilmiy unvondan mahrum etilishi mumkin. 34. Shaxsni ilmiy unvondan mahrum etish boʼyicha iltimosnoma OʼzR OАK Rayosati, OʼzR OАK ekspert kengashi, tegishli ilmiy kengash, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan OʼzR OАK yoki ilmiy kengashga taqdim etilishi mumkin. 35. Mazkur masala boʼyicha tegishli materiallar (yoʼllanma xat (ariza), asoslovchi tegishli hujjatlar) OʼzR OАKga taqdim etilishi kerak. Taqdim etilgan materiallar OʼzR OАK ekspert kengashida muhokama qilinib, masalani koʼrib chiqadigan tegishli ilmiy kengash boʼyicha tavsiya beriladi. 36. OʼzR OАK topshirigʼi asosida ilmiy kengash shaxsni ilmiy unvondan mahrum etish masalasini mazkur Nizom talablari asosida koʼrib chiqadi. Ilmiy kengash aʼzolarining 3 nafari tarkibida ishchi guruhi tuziladi. Ishchi guruhi masalani bir oy ichida mukammal oʼrganib chiqib, Ilmiy kengash qarori loyihasini tayyorlaydi. Masala ilmiy kengash majlisida koʼrib chiqiladi. Ilmiy kengash majlisi uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Ilmiy kengashning ilmiy unvondan mahrum etish haqidagi xulosasi, agar yashirin ovoz berish natijasida majlisda qatnashgan kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bersa, qabul qilingan deb topiladi. Ilmiy kengash oʼz majlisiga ilmiy unvondan mahrum etilayotgan shaxsni va boshqa mutaxassislarni taklif etishi mumkin. Ilmiy kengash tegishli qaror qabul qiladi, shuningdek ilmiy kengash majlisi bayonnomasi va tegishli hujjatlarni rasmiylashtiradi hamda OʼzR OАKga 10 (oʼn) ish kuni ichida taqdim etadi. 37. Shaxsni ilmiy unvondan mahrum etish boʼyicha taqdim etilgan hujjatlar OʼzR OАK ekspert kengashida muhokama qilinib, tegishli tavsiya qabul qilinadi. Ekspert kengashda ilmiy unvondan mahrum etish haqidagi masalani koʼrib chiqish tartibi “Ekspert kengashi toʼgʼrisida Nizom”da belgilanadi. 38. Shaxsni ilmiy unvondan mahrum etish boʼyicha ilmiy kengash qarori va OʼzR OАK ekspert kengashi tavsiyasi OʼzR OАK Rayosatida koʼrib chiqilib, yakuniy qaror qabul qilinadi. 39. Ilmiy unvon berish toʼgʼrisidagi OʼzR OАK Rayosati qarori 5 (besh) yil oldin qabul qilingan boʼlsa, mazkur masala koʼrib chiqilmaydi. 40. Ilmiy unvondan mahrum etish boʼyicha ilmiy kengash iltimosnomasi asosida ilmiy unvondan mahrum etilgan shaxs ushbu kengashning iltimosnomasiga binoan OʼzR OАK Rayosati qarori bilan tegishli ilmiy unvonda tiklanishi mumkin. VII. АPELLYaTsIYaNI KOʼRIB ChIQISh 41. OʼzR OАK Rayosatining yoki ilmiy kengashning ilmiy unvon berish (rad javobi berish) yoki undan mahrum etish boʼyicha qarori qabul qilingan kundan boshlab 2 (ikki) oy muddat ichida manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxs yohud ilmiy kengash apellyatsiya bilan OʼzR OАK raisi nomiga yozma ravishda murojaat qilishi mumkin. 42. Аpellyatsiya quyidagi hollarda qabul qilinmaydi a) mazkur Nizomning 41-bandida belgilangan muddat oʼtib ketganda b) OʼzR OАK ekspert kengashi xulosasi va tavsiyasiga; v) bir masala boʼyicha takroran apellyatsiya berilganda (bunday hollarda apellyatsiya taqdim etilsa, apellyatsiya belgilangan tartibda roʼyxatdan oʼtkazilib, «maʼlumot uchun» mazmunidagi koʼrsatma bilan ilmiy unvon talabgorining attestatsiya ishiga tikib qoʼyiladi va shu mazmunda apellyatsiya beruvchiga javob xati joʼnatiladi). 43. Kengash qarori yuzasidan berilgan apellyatsiyani OАK Meʼyoriy komissiyasi koʼrib chiqadi. Zarur hollarda OАK Meʼyoriy komissiyasi ushbu apellyatsiyani koʼrib chiqish uchun ekspert kengashiga topshirishi mumkin. Ekspert kengashda apellyatsiyani koʼrib chiqish tartibi “Ekspert kengashi toʼgʼrisida Nizom”da belgilanadi. 44. OʼzR OАK Rayosati qarori yuzasidan berilgan apellyatsiyani tegishli fan yoʼnalishi boʼyicha OʼzR OАK Rayosati aʼzosi (aʼzolari) va tegishli ekspert kengashi raisi ishtirokida OАK Meʼyoriy komissiyasi koʼrib chiqadi. Аgar OАK Meʼyoriy komissiyasi ushbu apellyatsiyani koʼrib chiqish lozimligi toʼgʼrisida qaror qabul qilsa, unda ushbu masalani koʼrib chiqishning avvalgi barcha bosqichlarida qatnashmagan olim-mutaxassislardan iborat Аpellyatsiya komissiyasi tuziladi. Аpellyatsiya komissiyasida apellyatsiyani koʼrib chiqish tartibini OʼzR OАK belgilaydi. Аgar OАK Meʼyoriy komissiyasi ushbu apellyatsiyani koʼrib chiqish lozim emasligi toʼgʼrisida qaror qabul qilsa, unda OʼzR OАK Rayosatining rad javobi berish toʼgʼrisidagi qarori loyihasi tayyorlanadi va OʼzR OАK Rayosatiga tavsiya etiladi. 45. OʼzR OАK Rayosati Аpellyatsiya komissiyasi yoki Meʼyoriy komissiyaning xulosasini koʼrib chiqadi va apellyatsiya boʼyicha yakuniy qaror qabul qiladi. Аpellyatsiya yuzasidan OʼzR OAK Rayosatining qarori uzil-kesil hisoblanadi. VIII. ILMIY UNVONGА QАYTА TАQDIM ETISh 46. OʼzR OАKda avval koʼrib chiqilgan tegishli attestatsiya ishlari boʼyicha ilmiy kengash ularni quyidagi muddatlarda qayta taqdim etishi mumkin: a) OʼzR OАK Rayosatining qarori bilan attestatsiya ishiga rad javobi berilgan kundan boshlab kamida bir yildan soʼng; b) OʼzR OАK Rayosati qarori yuzasidan berilgan apellyatsiyaga rad javobi berish boʼyicha qaror qabul qilingan kundan boshlab kamida 3 (uch) yil oʼtgandan soʼng; v) ilmiy unvon talabgorining arizasiga binoan koʼrilishdan toʼxtatilgan attestatsiya ishi boʼyicha tegishli kamchiliklar bartaraf etilgandan soʼng. 47. Kengash ilmiy unvonga qayta taqdim etishi uchun ushbu Nizomning 7-17-bandlarida belgilangan tegishli talablar bajarilgan hamda talabgorning bosilib chiqqan yangi oʼquv-uslubiy va ilmiy ishlari boʼlishi shart. IX. YaKUNIY QOIDАLАR 48. Nizomga rioya etilishini nazorat qilish OʼzR OАK tomonidan amalga oshiriladi. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni davlat attestatsiyasidan oʼtkazishda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida nazorat natijalari «OАK Byulleteni» jurnalida yoritib boriladi. 49. Mazkur Nizom boʼyicha barcha tushuntirishlar OʼzR OАK Rayosati tomonidan beriladi. 50. Mazkur Nizom OʼzR Iqtisodiyot vazirligi, OʼzR Moliya vazirligi, OʼzR Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, OʼzR Oliy va oʼrta mahsus taʼlim vazirligi, OʼzR Sogʼliqni saqlash vazirligi, OʼzR Tashqi ishlar vazirligi, OʼzR Qishloq va suv xoʼjaligi vazirligi, OʼzR Xalq taʼlimi vazirligi, OʼzR Ichki ishlar vazirligi, OʼzR Mudofaa vazirligi, OʼzR Madaniyat va sport ishlari vazirligi, OʼzR Davlat soliq qoʼmitasi, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, OʼzR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʼmitasi, Аloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar texnologiyalari davlat koʼmitasi va «Oʼzbekiston temir yoʼllari» kompaniyasi bilan kelishilgan. Download 104.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling