Ilmiy va ilmiy texnik onlayn konferens iya
Download 444.97 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq27 28
TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENS IYA https://t.me/scienceboxofficial http://conf.sciencebox.uz/ 27 Butun dunyoda davom etayotgan globallashuv jarayonida, iqtisodiyotni rivojlantirish va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratgan holda iste’molchilarning cheklanmagan ehtiyojlarini qanoatlantirish mamlakatimiz oldida turgan ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Albatta , iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘ini sifatida xizmat ko‘rsatuvchi bank tizimini barqaror rivojlantirish orqali umumiy iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishish mumkin. Banklar kredit tashkiloti hisoblanganligi sababli, banklarning to‘lovga qobiliyatsizligi (bankrotligi)ni huquqqiy tartibga solish masalasini kredit tashkiloti misolida ko‘rib chiqamiz. Kredit institutlarining bankrotligi, uning operatsion tizimlarida, boshqa yuridik tashkilotlar va moliyaviy muassasalardan ajralib turadigan o‘ziga xos xususiyatlarga ega hisoblanadi. Banklarning o‘ziga xos xususiyati bank xizmatlari bozorida inqiroz holatlarini oldini olish bilan belgilanadi. Chunki, banklarni tugatish yoki banklarning bankrotligi butun iqtisodiyotni beqarorlashishiga olib kelishi mumkin. Bankrotlik toʼgʼrisidagi qonunchilik bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning vositalaridan biri sifatida qaraladi, undan samarali foydalanish mulkiy munosabatlar ishtirokchilariga sezilarli taʼsir koʼrsatadi.Banklarning to‘lovga qobiliyatsizlik instituti (bankrotlik) bank xizmatlari bozorini tartibga solish uchun inqirozga qarshi vosita sifatida qaraladi. Banklarning bankrotlik instituti bankni tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lib, banklarning bankrotlik institutining tiklash va tugatish mexanizmlarining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanadi. Ushbu tezisda bank xizmatlari bozorini tartibga solish uchun inqirozga qarshi vosita sifatida banklarning bankrotlik institutining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanadi va tahlil qilinadi. Bank — bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish, to‘lovlarni amalga oshirish, omonatlarga (depozitlarga) pul mablag‘larini jalb etish, o‘z nomidan kreditlar berish bo‘yicha bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar majmuini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs hisoblanadi. Bank boshqa har qanday tashkilot kabi to‘lov qobiliyatini yo‘qotishi mumkin. Banklarning bankrotligi kredit tashkilotining o‘z majburiyatlari bo‘yicha javob bera olmasligi hisoblanadi. Bank, agar kreditorlar talablarini qondira olmasa, bankrotlik yoqasida deb hisoblanadi. Kredit tashkilotining to‘lov qobiliyatini yo‘qotishi uning mijozlarining moliyaviy ahvoliga ta’sir ko‘rsatadigan hodisadir. Kredit tashkilotlarining to‘lovga qobiliyatsizligini huquqiy tartibga solish Qonunchilik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblandi. Bu holat kredit tashkilotari o‘rtasida bankrotlik hollarining o‘sayotgani bilan izohlandi. Bankrotlik instituti uzluksiz rivojlanish tendensiyasini qayd etayotganligi sababli, u bilan bog‘liq munosabatlar sohasini tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish zarurati yuzaga keladi. S.A. Karelina ta’kidlaganidek “ Bankrot- lik instituti keng ma’noda qarzdor va kreditorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun, qarzlarni undirish va to‘lash bo‘yicha yuzaga keladigan Download 444.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling