Ilova O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasiga kiritish uchun Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti tomonidan takliflar
Download 40 Kb.
|
Anjumanlar 2-ilovasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Anjuman maqomi
Ilova O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasiga kiritish uchun Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti tomonidan TAKLIFLAR 1. Anjuman mavzusi: O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishda tarixiy muzeylarning o‘rni (Qashqadaryo moddiy-madaniy yodgorliklari va muzeylari misolida) mavzusidagi III xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi 2. Anjuman maqomi: Xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjuman. Ilmiy va ilmiy-texnik anjumanni o‘tkazish uchun asos bo‘lgan O‘zR Prezidenti farmoni, qarorlari, Vazirlar mahkamasi qarori, farmoishlari yoki boshqa manbalar: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2017- 2027 yillarda davlat mo‘ziylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risada” gi qarori e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-49 47 son farmoni bilan tasdiqlangan. “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfa’atlari yil”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora tadbirlar to‘g‘risida” 2017 yil 31 maydagi PQ – 3022-son qarorini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qildi. Anjuman ilmiy yo‘nalishi, maqsadi va vazifalari: Anjumanning ilmiy yo‘nalishi ijtimoiy – gumanitar soha hisoblanadi. So‘ngi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmunini ko‘rsatish hamda yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi shaxsni tarbiyalashning ustovor yo‘nalishlarini belgilab olish anjumanning bosh maqsadi hisoblanadi. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish maqsadga muvofiq: “Qubbat – ul ilm va-l- adab” deb nomlangan qadimiy shahar yigirma yetti asrlik Shahrisabz hamma vaqt kishilarda katta qiziqish o‘yg‘otib kelgan va hozir ham shunday. Uning g‘aroyib boy tarixi arxeologlar tomonidan ochilgan ko‘hna shahar qoldiqlari va me’moriy yodgorliklarida o‘z aksini topgan. - Shunday ekan, hozirgi zamonaviy tarixiy haqiqatida – O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng – ma’naviy merosni, jumladan, moddiy madaniyat sohalarini saqlash, muhofaza qilish, tiklash va ularni rivojlantirish muammolari tarixiy ahamiyatga va qimmatga egadir. Zero, ular o‘zbek xalqining ma’lum tarixiy davrlarida moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalari sifatida milliy tenglikning umumiy tamoyillari in’ikosi bo‘lib, kelgusi avlod uchun muhim ma’naviy vazifani bajaradi. - O‘zbek xalqining ko‘hna va boy moddiy - madaniyati asrlar osha qudratli ma’naviyat manbai bo‘lganligi o‘tmish tarix zarvaraqlaridan ma’lum. Ko‘p asrlik O‘zbekiston xalqlarining moddiy - madaniyati hozirgi kunda juda boy an’anaviy va zamonaviy namunalari va durdonalariga ega. Ular ma’lum vaqtlarda ko‘p shakli rivojlanish va o‘zgarishlar jarayoniga duch kelgan. Hozirgi saqlanayotgan muzey eksponat namunalari umuminsoniy sivilizatsiyaning noyob qadriyati bo‘lib uni asrab avaylashni davlat siyosati darajasiga ko‘tarish vaqti keldi. Download 40 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling