6. O‘tkaziladigan anjumanning Davlat ilmiy-texnik dasturlari, respublika ilmiy hamkorlik dasturlari bilan bog‘liqligi. Rossiya Fanlar akademiyasi A. M. Gorkiy nomidagi xalqaro adabiyot instituti, Moskva davlat lingvistika universiteti, Turkiya Ege universiteti, Qirg‘iziston davlat universiteti, O‘zR FA huzuridagi o‘zbek tili, adabiyoti va folklor instituti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, TDPU, BuxDU, QarDU, Navoiy davlat pedagogika instituti, SamDU, TerDU, Qoraqalpoq DU, Ajiniyoz nomidagi NDPI, FarDU, AndDU, NamDU, Qo‘qon DPI, Chirchiq davlat pedagogika instituti va boshqa oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlari bilan bevosita bog‘liq.
7. Anjuman natijalaridan kutilayotgan ilmiy, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik. Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda qatnashayotgan ishtirokchilar tomonidan qilinadigan ma’ruzalar o‘zbek tilshunosligi, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi, madaniyatlararo muloqot va lingvodidaktikaning ilmiy va amaliy masalalari bilan bog‘liq muammolarga aniqliklar kiritilishi, til ta’limining sifati va samaradorligini ta’minlash nazarda tutilgan.
8. Ilmiy anjumanda yosh olimlar, mutaxassislar stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi va magistrlarning ishtirok etishi. Ilmiy-amaliy anjumanda soha mutaxassislari, olimlar bilan birga yosh olimlar, doktorant va tadqiqotchilar, o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari, magistr va iqtidorli talabalarning ham ishtirok etishlari nazarda tutilgan.
10. Anjumanni o‘tkazishda respublikada mavjud soha tashkilotlarining ishtiroki. Anjumanda Vazirlar Mahkamasining ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departaiyenti, Respublika ta’lim markazi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, TDPU, QarDU, SamDU, BuxDU, TerDU, Qoraqalpoq DU, Ajiniyoz nomidagi NDPI, FarDU, Navoiy davlat pedagogika instituti, AnDU, NamDU, Qo‘qon DPI, Chirchiq davlat pedagogika instituti tadqiqotchilari va soha vakillari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar
bo’yicha direktor o’rinbosari: U.Marasulova
Do'stlaringiz bilan baham: |