Ilova O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasiga kiritish uchun Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti tomonidan takliflar


Download 40 Kb.
bet3/4
Sana07.05.2023
Hajmi40 Kb.
#1440766
1   2   3   4
Bog'liq
Anjumanlar 2-ilovasi

2. 1. Anjuman mavzusi: O‘zbek tilini ona tili va xorijiy til sifatida o‘qitishning dolzarb masalalari (Актуалние вопроси преподавания узбекского язика как родного и иностранного).
2. Anjuman maqomi: Xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjuman.
3. Ilmiy va ilmiy-texnik anjumanni o‘tkazish uchun asos bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari va boshqa manbalar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktabrdagi PF-5850-son “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2020 yil 20 oktabrdagi PF-6084-son “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari, 2019 yil 4 oktabrdagi PQ-4479-son “O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganligining o‘ttiz yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori va boshqa manbalar.
4. Anjumannning ilmiy yo‘nalishi, maqsadi va vazifalari. O‘zbek tili va adabiyotining bugungi jarayondagi nazariy masalalari tadqiqi va uning amaliyotga tatbiqi bilan bog‘liq dolzarb muammo va vazifalari, o‘zbek lingvodidaktikasi, ona tili va adabiyoti ta’limi sifati hamda samaradorligini oshirishning nazariy-amaliy masalalari, o‘zbek tili va adabiyoti ta’limiga tatbiq qilinayotgan o‘qitishning zamonaviy va innovatsion metod, texnologiyalari mazmuni, o‘zbek tilining xorijiy til sifatida o‘qitilishining metodik masalalari, madaniyatlararo muloqot va o‘zbek tili ta’limini yanada takomillashtirishning ilmiy-nazariy asoslarini tahlil qilish asosida tilshunoslik, adabiyotshunoslik va lingvodidaktika muammolari bilan bog‘liq nazariy qarashlar muhokama etiladi, amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
5. Muhokama qilinadigan muammolar. O‘zbek tilshunosligining dolzarb nazariy va amaliy masalalari, o‘zbek tilining ona tili va ikkinchi til sifatida o‘qitilishi, o‘zbek tili va adabiyoti metodikasining ona tili, adabiyot va o‘zbek tili ta’limi bilan bog‘liq yondashuvlaridagi yangiliklari, shuningdek, til o‘rgatish, tilni o‘zlashtirish, fikrni og‘zaki va yozma shaklda ifodalash, o‘qib tushunish, matn yaratish va uni ifodalash, til va adabiyot uyg‘unligini ta’minlash, o‘zbek tilini xorijiy til sifatida o‘qitishning muhim metod va usullari masalalari tahlil qilinadi.

Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling