Ilyos Ikramov Tarix fani o’qituvchisi 97 153 91 93 Surxondaryo


-yil avgustda Yunusobod yo‘nalishining 6 ta bekatdan iborat


Download 0.74 Mb.
bet13/50
Sana18.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1557099
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50
Bog'liq
11 O\'zbekiston Tarix qo\'llanma

2001-yil avgustda Yunusobod yo‘nalishining 6 ta bekatdan iborat birinchi qismi foydalanishga topshirilib, yo‘lovchi tashish yo‘lga qo‘yildi.

2016-yildan boshlab Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 7,1 kilometr bo‘lgan Toshkent metropolitenining Sergeli liniyasi qurilishi olib borilmoqda. Mazkur qarorga ko‘ra, yangi liniyani 2020-yilga qadar qurib foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston dengizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoni cheklangan 34 ta davlatdan biri hisoblanadi.



2012-yilga kelib aviakompaniya zamonaviy havo kemalari bilan ta’minlandi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi dunyoning 25 dan ortiq mamlakatiga parvozlarni amalga oshirib, yiliga qariyb 75 ming tranzit yo‘nalishning havo harakatini boshqarmoqda.

O‘zbekiston Milliy Aviakompaniyasi Boeing– 757/767, A-320 samolyotlari,
vatanimizda ishlab chiqarilgan Il-114–100 zamonaviy laynerlari,
Boeing–767–300 ER yuk tashuvchi samolyotlarga ega bo‘ldi.
2016-yilda yangi avlod samolyotlari Boeing–787 Dreamliner keltirildi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi tarkibida 11 ta (Toshkent, Nukus, Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Qarshi, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Navoiy) zamonaviy aeroportlar


jahon andozalari darajasida modernizatsiya qilindi.

2017-yilda Islom Karimov nomi berilgan Toshkent xalqaro aeroporti Markaziy Osiyodagi yirik xalqaro aeroportlardan biri hisoblanadi. Buxoro, Samarqand va Urganch aeroportlari xalqaro aeroport maqomini oldi.
1992-yil avgustda Toshkentda Janubiy Koreyaning “DAEWOO Motors” korporatsiyasi va O‘zbekistonning “Avtoqishxo‘jmash” davlat konserni o‘rtasida Andijon viloyatining Asaka shahrida avtomobil ishlab chiqaradigan “O‘zDAEWOO avto” qo‘shma korxonasini qurish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
1996-yil iyulda “O‘zDAEWOOavto” qo‘shma korxonasi ochildi.

Bugungi kunda “O‘zavtosanoat” AK tizimiga kiruvchi
“GM Uzbekistan” AJ 2007-yildan faoliyat yuritmoqda.
“SamAuto” (Samarqand avtomobil zavodi, 1999-yildan faoliyat yuritmoqda.
“MAN Auto Uzbekistan” 2009-yildan faoliyat yuritmoqda.


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling