Ilyos Ikramov Tarix fani o’qituvchisi 97 153 91 93 Surxondaryo


-mavzu. O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va bag‘rikenglik


Download 0.74 Mb.
bet19/50
Sana18.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1557099
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50
Bog'liq
11 O\'zbekiston Tarix qo\'llanma

8-mavzu. O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va bag‘rikenglik

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasida «O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi» degan muhim qoida belgilab qo‘yilgan.

Bugun O‘zbekistonda 138 ta milliy-madaniy markazlar millatlararo totuvlik g‘oyasini hayotga tatbiq etmoqda.


Ruslarning “Maslennitsa”,
tatarlarning “Sabanto‘y”,
uyg‘urlarning “Sayil” bayramlari,
xitoylarning “Chunuze” yangi yili,
koreyslarning “Soller” va “Ovol – tano” bayramlari nishonlanmoqda.

O‘zbekiston hududida o‘z madaniyati va o‘z an’analariga ega bo‘lgan 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida ko‘rsatilga nidek, O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.

Dastlabki milliy-madaniy markazlar koreyslar, qozoqlar, yahudiylar, armanlar tomonidan respublika viloyatlarida 1989-yilda tashkil etilgan.

Agar 1992-yilda 10 ta milliy-madaniy markazlar ish olib borgan bo‘lsa, hozirga kelib esa mamlakatda 138 ta milliy-madaniy markazlar faoliyat yuritmoqda.

YuNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasida (1999-yil) 21-fevral – Xalqaro ona tili kuni deb e’lon qilingan va 2000-yildan 195 ta a’zo davlatlarda nishonlanib kelinayotgan “Xalqaro ona tili kuni” hamda O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun hisoblanadi.

YuNESKO 1995-yil Parijda «Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi»ni qabul qildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti esa har yilning 16-noyabrini «Xalqaro bag‘rikenglik kuni» deb e’lon qildi.

O‘zbekistonda ta’lim 7 tilda olib boriladi.
Teleradio ko‘rsatuv va eshittirishlar 12 tilda efirga uzatilmoqda,
gazeta va jurnallar 10 dan ortiq tillarda chop etilmoqda.


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling