Bugungi kunda tarix fani sohasida 4 ta akademik –
Ahmadali Asqarov, Edvard Rtveladze,
Anatoliy Sagdullayev va Dilorom Yusupova faoliyat olib bormoqda.
13-mavzu. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi.
1992-yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida” qonun qabul qilinishi va unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib,
2015-yilda yangi tahriri tasdiqlan.
Shavkat Mirziyoyev 2017- yil 10-avgustda “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti faoliyatini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Unga muvofiq O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti Toshkent viloyati Chirchiq shahriga ko‘chirildi. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida 2017–2018-o‘quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi bo‘limi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil martdagi farmoniga muvofiq, O‘zbekistonda Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tashkil etildi.
2000-yildan boshlab oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida “Universiada”, o‘rta maxsus kasb-hunar
kollejlari talabalari o‘rtasida “Barkamol avlod”, umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Umid nihollari” sport musobaqalarining uyushtirilishi muhim ahamiyatga ega voqealardir.
1992-yildayoq Termiz va Shahrisabz shaharlarida milliy kurash bo‘yicha ilk xalqaro musobaqa o‘tkazildi.
1992-yilda Oʻzbekistonda kurash federatsiyasi,
2001-yilda belbogʻli kurash federatsiyasi tuzildi.
1998-yili sentabr oyida Toshkentda Osiyo, Afrika va Yevropa qit’asidan kelgan 28 davlat vakillari
ishtirokida Xalqaro kurash Assotsiatsiyasi tuzildi.
2000-yilda Turkiyaning Anqara shahrida kurash bo‘yicha 2-jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
2016-yilga kelib, Xalqaro kurash Assotsiatsiyasining jahonning barcha qit’alarida 120 dan ortiq kurash federatsiyalari tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |