IM. Y, Оч'Л. Юсчоу


-test Kommunikabel (kirishimli)misiz?


Download 80 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/91
Sana01.11.2023
Hajmi80 Kb.
#1738171
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   91
Bog'liq
менежмент психологияси М.Й.Отажонов

5-test
Kommunikabel (kirishimli)misiz?
16 
ta savolning har biriga ,,ha“ , ,,yo‘q “ , ,,ba’zan“ deb javob 
berishingiz mumkin.
1. Oldingizda ish yuzasidan o ‘ziga xos uchrashuv turibdi. Uni 
kutish sizni holdan toydiradimi?
2. Vrachga borishni kasalligingiz zo'rayguncha orqaga sura- 
sizmi?
3. Biron-bir majlis, yig‘ilish yoki tadbirda so‘zga chiqishni 
topshirishganda sizda norozilik, sarosimalik paydo bo‘ladimi?
4. Sizga, siz hech qachon borm agan shaharga xizmat safariga 
borishni taklif qilishdi. Siz bormaslik uchun q o ‘lingizdan kelgan 
hamma ishni qilasizmi?
5. Siz kim bilan b o im asin o ‘z kechinm alaringizni o ‘rtoq- 
lashishni yaxshi ko‘rasizmi?
6. K o'chada notanish odam yo‘lni ko‘rsatish, vaqtni aytib 
berish, b iro n -b ir savolga javob berish kabi iltim o slar bilan 
murojaat qilsa jahlingiz chiqadimi?
7 M e n e jm en t psixologiyasi 
9 7


7. „Otalar va bolalar“ muammosining mavjudligiga, turli avlod 
vakillari bir-birini tushunishi qiyinligiga ishonasizmi?
8. Tanishingizga, sizdan bir necha oy oldin olgan 1000 so‘mni 
qaytarishni unutib qo‘yganligini eslatishga uyalasizmi?
9. Restoran yoki oshxonada sizga sifatsiz ovqat berishdi, siz 
tarelkani jahl bilan surib qo ‘yib, indam ay qo ‘ya qolasizmi?
10. Begona odam bilan yolg'iz qolganda siz suhbatni u 
boshlaguncha kutib vaqtni ch o ‘zaverasiz. Shundaymi?
11. Q ayerda b o ‘lm asin: m agazindam i, k u tubxonadam i, 
kinoteatr kassasidami uzun navbat sizni vahimaga soladi. Siz 
navbatga turgandan ko‘ra, o ‘z niyatingizdan voz kechishni m a’qul 
ko‘rasizmi?
12. Ziddiyatli vaziyatlarni ko‘rib chiqadigan komissiya ishida 
qatnashishdan qo ‘rqasizmi?
13. Sizning san’at, adabiyot, madaniyat asarlarini baholashda 
o ‘ziga xos mezoningiz bor va bu haqdagi boshqalarning fikri bilan 
hisoblashmaysiz. Shundaymi?
14. Qayerdadir sizga aniq m a’lum b o ig a n masala yuzasidan 
aniq xato fikrni eshitib tortishm asdan, indamay qo ‘ya qolasizmi?
15. Birovning o ‘quv mavzusi yoki xizmat masalasi yuzasidan 
yordam berish haqidagi murojaati sizni iztirobga soladimi?
16. Siz og‘zaki aytgandan ko‘ra yozma holda o ‘z fikringizni 
(bahoingizni) erkinroq bayon qila olasizmi?
Endi javoblaringizni baholab chiqing:
Har bir ,,ha“ javobiga — 2 ball, ,,ba’zan“ javobiga — 1 ball, 
,,yo‘q “ javobiga — 0 ball beriladi. Umumiy qiymatni toping.
3 0 -3 2 ball.
Siz um um an kom m unikabel (kirishim li) emassiz, bu siz 
uchun kulfat, chunki bundan o ‘zingiz ko‘proq aziyat chekasiz. 
Yaqinlaringizga ham oson emas. Guruh bo‘lib bajariladigan ishlarda 
sizga ishonib b o ‘lmaydi. 0 ‘zingizni nazorat qiling, kirishimli
dilkash bo‘lishga harakat qiling.
98


2 5 - 2 9 b a ll.
Siz kam gap, odam ovisiz, yolg'izlikni yoqtirasiz, shuning 
uchun ehtimol d o ‘stlaringiz ham oz b o ‘lsa kerak, yangi ish va 
yangi odam lar bilan aloqa qilish zarurati sizni vahimaga solmasa 
ham, har holda ancha vaqtgacha m uvozanatdan chiqaradi. Siz 
xarakteringizning bu xususiyatini bilasiz va o ‘z taqdiringizdan 
no ro zi b o ‘lasiz. Lekin faqat noro zilik bilan chek lan m an g 
xarakteringiz xususiyatini o ‘zgartirish o ‘z q o ‘lingizda. B a’zan biror 
ishga ishtiyoq bilan kirishganingizda siz juda kirishimli bo ‘lasiz-ku. 
Shuning uchun ozgina o ‘zingizni g'aflatdan uyg‘otsangiz bo‘ldi.
1 9 -2 4 ball.
M a’lum darajada siz kirishim lisiz va notanish vaziyatda 
o ‘zingizni dadil tutasiz. Yangi muammolar sizni qo‘rqitmaydi. Lekin 
yangi odam lar bilan xavfsirab m unosabatga kirishasiz. Tortishuv 
va munozaralarda og'rinib ishtirok etasiz. Sizning mulohazalaringizda 
asossiz kinoya ko‘p. Bu kam chiliklarni tuzatsa b o ‘ladi, shuni 
unutm ang.
1 4 -1 8 ball.
Sizda m e’yordagi kirishimlilik bor. Siz qiziquvchansiz, qiziqarli 
suhbatdoshni jon-jon deb eshitasiz, boshqalar bilan m uloqotda 
yetarlicha toqatlisiz, qiziqqonlik qilmasdan o ‘z fikringizni himoya 
qila olasiz. K o‘ngilsiz o ‘y-xayollarsiz notanish odam lar bilan 
uchrashuvga tayyorlana olasiz. Shu bilan birga g ‘a la -g ‘ovur 
o ‘tirishlami yoqtirmaysiz, oliftalik va laqmalik jahlingizni chiqaradi.
9 - 1 3 ball.
Siz anchagina kirishimlisiz (ba’zan aytish mum kinki, haddan 
tashqari kirishimlisiz). Qiziquvchan, so‘z&molsiz, har xil masalalar 
bo‘yicha o ‘z fikringizni bildirishni yaxshi ko'rasiz, bu narsa ba’zan 
atrofdagilarning g'ashiga tegadi. Yangi odam lar bilan jon-jon deb 
tanishasiz. Diqqat markazida bo'lishni yaxshi ko ‘rasiz, har doim 
bajarolmasangiz ham birovning iltimosini qaytarmaysiz. Ba’zan
99


o ‘zingizni tutolmay ham qolasiz, lekin tezda o ‘zingizni qo‘lga olasiz. 
Sizning kamchiligingiz — qunt, toqat va yangi odam lar bilan 
to ‘qnashganda ju r’atning yetishmasligidir. Agar qasd qilsangiz 
o ‘zingizni chekinmaslikka majbur qila olasiz.
4 - 8 ball.
Siz dali-g‘uli, ko‘ngli ochiq odamsiz (g‘alati tuyulsa ham bu 
tushunchani ayollarga nisbatan ham qo‘llash mumkin). Kirishimlilik 
joni-dilingiz, siz ham m a narsadan xabardorsiz. H ar qanday 
m unozarada qatnashishni yaxshi ko ‘rasiz, shu bilan birga har 
qanday jiddiy masala sizda bosh og‘rig‘i va xunobingizni oshiradi. 
Yuzaki tasavvurga ega bo‘lsangiz ham har qanday masala yuzasidan 
so‘z olishni yoqtirasiz. Ham m a yerda o ‘zingizni yaxshi his qilasiz, 
oxirigacha muvaffaqiyatli hal qila olmasangiz ham har qanday ishni 
zimmangizga olaverasiz. Shuning uchun ham hamkasblaringiz va 
rahbar]aringiz sizga m a’lum darajada xavfsirab va ishonqiramay 
munosabatda bo‘lishadi. Shu faktlar ustida o ‘ylab ko‘ring.
3 va undan oz ball.
Sizning kirishimliligingiz deyarli kasallik darajasida, siz ko £p 
gapiradigan, laqmasiz, o ‘zingizga aloqasi bo ‘lmagan ishlarga ham 
burningizni suqaverasiz. 0 ‘zingiz butunlay bexabar, haqqingiz 
b o ‘lmagan narsalar haqida ham baho beraverasiz. Ixtiyoriy yoki 
ixtiyorsiz atrofingizda turli ziddiyatlar kelib chiqishiga sabab 
bo ‘lasiz, qiziqqon, arazchi, ko‘p holatlarda adolatsizsiz. Siz jiddiy 
ish uchun tug‘ilmagansiz. Ishda ham, uyda ham va umuman hamma 
yerda atrofmgizdagilarga qiyin. Sizga o‘zingiz va xarakteringiz ustida 
ishlash vaqti yetdi. A w alo o ‘zingizda vazminlik va sabr-toqatni 
tarbiyalang va o ‘z sog‘lig‘ingiz haqida qayg‘uring — eslab qoling, 
bunday turm ush ,,usuli“ izsiz ketmaydi.
100



Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling