Imkoniyati bor


Download 31.67 Kb.
bet3/9
Sana30.04.2023
Hajmi31.67 Kb.
#1412717
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kerakli malumotlar

Masofaviy taʼlimning tarkibiy belgilari:
oʻqituvchi;
tinglovchi;
masofaviy malaka oshirish platformasi.
Masofaviy taʼlim uslubiy materiallari:
darslik, oʻquv, uslubiy qoʻllanma va oʻquv-uslubiy majmualar;
audio va video darsliklar;
onlayn darslar (Internet sahifa);
elektron kutubxona;
testlar;
multimedia elektron darsliklar.
Elektron kutubxona internetning ajoyib imkoniyatlaridan biridir. Bu kutubxonaning elektron shaklidir. Kutubxona deganda odatda koʻz oldimizga kitoblar turgan javonli katta xonalar keladi. Elektron kutubxonada javonlar vazifasini “papkalar”, kitoblar vazifasini Internet sahifalari bajaradi. Bu kutubxona maʼlumotlari elektron koʻrinishda boʻladi va kompyuterda joylashadi. Bu kutubxonadan foydalanish juda kulay. Siz dunyoning turli nuqtasidan elektron kutubxona maʼlumotlaridan foydalana olishingiz mumkin. Yana bir qulay tomoni - zarur maʼlumot nusxasini koʻchirib olishingiz mumkin.
Elektron kutubxonadan foydalanishingiz uchun kompyuter, modem va internet tarmogʻi boʻlishi yetarli. Faraz qilaylik, elektron kutubxonadan foydalanmoqchisiz. Biror maʼlumot bilan tanishmoqchisiz. Kompyuter va Internet yordamida maʼlumotni bir necha daqiqada topish mumkin. Maʼlumot dunyoning turli nuqtasidan bir pastda ekranda tasvirlanadi. Buning uchun siz kompyuterning tugmachasini bosishingiz va elektron kutubxonaga kirishingiz yetarlidir. Bir necha daqiqada maʼlumot koʻz oldingizda namoyon boʻladi.
Bir necha yil avval bir maʼlumotni topishga bir necha oy vaqt sarflash zarur edi. Elektron kutubxonalar yordamga keldi. Elektron kutubxonalarni turlicha nomlashadi. Virtual kutubxona oʻzi nima? Oxirgi paytda virtual dunyo, virtual olam, virtual doʻst kabi soʻzlar paydo boʻldi. Virtual soʻzining maʼnosi bu tasavvur qilishdir. Virtual kutubxona bu odatdagi kutubxonaning abstrakt koʻrinishidir. Bu kutubxona kitoblari, jurnallari va roʻznomalari kitob javonlarda emas, balki kompyuter xotirasida joylangan boʻladi. Bu kompyuterda yoki kompyuter maxsus qurilmalarida raqamli formatda saqlanadigan maʼlumotlarning toʻplamidir. Bu: bosma, audio, video va multimedia maʼlumotlardir.

Download 31.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling