Imkoniyatlari, mavjud usullar. Reja


Sifat analizi va miqdor analizi haqida tushuncha


Download 481.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana06.04.2023
Hajmi481.54 Kb.
#1335746
1   2   3   4
Bog'liq
Kimyoviy analizda qo’llaniladigan tezkor va samarali yangi usullar. Avtomatlashtirilgan va masaofadan turib kuzatishlar olib borish imkoniyatlari, mavjud usullar

2.Sifat analizi va miqdor analizi haqida tushuncha.
Spektral analiz juda sezgir usul bo’lib, grammning yuz milliondan bir ulushini
ham aniqlash imkonini beradi. Hosil qilingan spektr chizig’ining ko’rinishi moddani sifat
jihatdan, spektrning intensivligi esa miqdor jihatdan analiz qilish imkonini beradi.
Lyuminestsent analiz ayrim moddalarning ultrabinafsha nurlar ta‘sirida sovuq
holda chiqaradigan nurlari intensivligini o’lchashga asoslangan. Maxsus reaktivlar
yordamida moddalarda lyuminestsentsiya hodisasini vujudga keltirish mumkin.
Ushbu usulning sezgirlik darajasi spektral analizdan qariyib 100 000 marta ortiq.
Havodan suyuqlikka o’tayotgan nurning sinish xodisasiga asoslanib eritma
kontsentratsiyasini aniqlash refraktometriya usulining asosini tashkil etadi. Bu usul
yordamida meva sharbati tarkibidagi qand miqdorini aniqlash mumkin.
Analizning fizik-kimyoviy usullarini kimyoviy reaktsiyalar vaqtida sodir bo’ladigan
fizikaviy o’zgarishlarni tekshirishga asoslangan. Fizik-kimyoviy usullardan biri –
kolorimetrik analiz. Kolorimetrik analiz moddaning kontsentratsiyasi o’zgarishi bilan
eritma rangining intensivligi o’zgarishini aniqlashga asoslangan.
Analizning konduktometrik usulida esa eritma kontsentratsiyasi o’zgarganida elektr
o’tkazuvchanlikning o’zgarishi aniqlanadi.
Turli moddalar o’z tabiatiga bog’liq ravishda bir xil adsorbentga turlicha yutilishi
mumkin. Adsorbent sifatida alyuminiy oksididan foydalanib moddalar aralashmasi
tarkibiy qismlarga ajratiladi. Bu usul xromatografiya usuli bilan mashg’ul.
(https://www.elib.buxdu.uz)


Shuni aytib o’tish lozimki, fizikaviy va fizik-kimyoviy usullar xilma-xil murakkab
tuzilishdagi asboblar qo’llashni talab qiladi. Ana shu sababli kimyoviy analiz usullari
qulay va ularning qishloq xo’jaligida qo’llanilish sohasi ham kengdir.

Download 481.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling