Imlo tamoyillari taraqqiyoti


Download 345 Kb.
bet19/33
Sana05.04.2023
Hajmi345 Kb.
#1273689
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
Bog'liq
IMLO TAMOYILLARI TARAQQIYOTI

1-bosqich. Qadimgi yozuvlarda ishlatilgan punktuatsion xarakterdagi ishoralarning dastlabki funksiyasi – ajratishdir: ular yozuvga «ajratuvchi belgilar sifatida kiritilgan. Ajratuvchi belgilar matnda so‘zlarni formal ajratish uchun qo‘llangan, xolos. Ammo hech qanday ma’no ifodalamagan. So‘zlar interval vositasida, ayrim nutq parchalari – gap yoki gap qismlari «punktuatsion» ishora vositasida ajratilgan.
Demak, punktuatsiya taraqqiyotida birinchi bosqich ajratish funksiyasining kuchliligi bilan xarakterlanadi.
2-bosqich. Punktuatsiya taraqqiyotidagi keyingi davr (ikkinchi bosqich) ajratuvchi belgilar semantikasining taraqqiyoti va ularning punktuatsion belgiga aylaninishi bilan xarakterlanadi. Ikkinchi bosqichda ajratuvchi belgilar semantik vazifani ham bajara boshlaydi. Ajratuvchi belgilar dastlab semantik jihatdan umumiy funksiyani bajargan: oxiriga ajratish belgisi qo‘yilgan nutq parchalari (gaplar) xabar, so‘roq, buyruq kabi har xil ma’nolarni ifodalagan. Keyinchalik gaplarda ma’nolarni ajratish, farqlash zarurati – hayotiy ehtiyoj tug‘ilgan.
Yozuvdagi mazmuniy munosabatlarni farqlash ehtiyoji tufayli ajratuvchi belgilarning turli xil shakllari paydo bo‘lgan: bir nuqta, ikki nuqta; nuqtalar kombinasiyasi. Lekin har bir ishoraning ma’no farqlash funksiyasi umumme’yor darajasiga yetmaydi.
3-bosqich. Punktuatsiya taraqqiyotining bu bosqichida semantik funksiya ifodalovchi punktuatsion ishoralar muayyan normaga, sistemaga kiradi, ularning semantik funksiyasi konkretlashadi. Punktuatsion ishoralar semantikasi, vazifasi va shaklining qat’iylashuvida matbaachilikning vujudga kelishi, kitob nashr etish ishlarining paydo bo‘lishi omil sanaladi. Kitob, gazeta va jurnallarning ko‘plab nashr etilishi adabiy tilning ijtimoiy funksiyasini kengaytiradi. Natijada, yozma adabiy til matbuot va nashriyot tili funksiyasini ham bajara boshlaydi; yozma adabiy tilning umumxarakterdagi muayyan usul va normalari vujudga keladi.
Nashr etilgan kitobdagi har bir gapning ma’no va ma’no ottenkalarini keng kitobxonlar ommasiga to‘lig‘icha va aniq yetkazish zaruriyati, tabiiyki, yozma matnni qismlarga ajratish va bu qismlardagi semantik munosabatlarni ifodalovchi punktuatsion ishoralarni yanada takomillashtirish, sistemalashtirishni taqozo etar edi. Binobarin, har bir punktuatsion ishora, ma’lum semantik munosabatnigina bildirmay, shu ma’noga bog‘liq holda turli emotsional-ekspressiv munosabatlarni (ma’no ottenkalarni) ham bajara boshlaydi: undov belgisi, buyruq ma’nosidan tashqari, turli his-hayajon – undov munosabatini ham bildiradi; nuqta xabar ma’nosi uchun, ko‘p nuqta (ikki nuqtadan to‘qqiztagacha) esa ekspressivlik uchun ishlatila boshlaydi; emotsional munosabat ifodalovchi yangi punktuatsion ishoralar, paydo bo‘la boshlaydi: qo‘shtirnoq, qavs, tire kabi.
Punktuatsion sistemaning vujudga kelishi G‘arbiy Yevropa yozuvida XV asrdan, rus yozuvida XVIII asrdan, o‘zbek yozuvida XIX asrning II yarmidan boshlangan.
4-bosqich. Punktuatsiya taraqqiyotining bu bosqichi; tinish belgilarining funksiyasi har jihatdan taraqqiy etadi. Ayniqsa, ularning uslubiy (uslubiy) funksiyalari kengayadi. Bu – adabiy til funksional uslublarining vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bog‘liq.



Download 345 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling