Imlo va talaffuz munosabati Karimova Oydona


Download 1.13 Mb.
Sana30.03.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1310197
Bog'liq
Karimova Oydona Imlo va talaffuz munosabati

Imlo va talaffuz munosabati

Karimova Oydona

Reja:

1.Orfoepiya 2.Orfografiya 3.Imlo

Orfoepiya

  • Orfoepiya (orto... yun. epos — nutq, talaffuz) —1) tilshunoslikning adabiy talaffuz meʼyorlarini oʻrganuvchi boʻlimi; 2) muayyan milliy tilning talaffuz meʼyorlariga mos holda bir xil talaffuzni taʼmin-lovchi qoidalar tizimi va ularga rioya qilish. Ogʻzaki nutq talaffuzining bir xilligi, imlo (orfografiya) kabi lisoniy muomalani yengillash-tiradi. "O." tushunchasi keng va tor maʼnoda 2 xil tushuniladi: keng maʼnoda — unga fonemalarni qoʻllash qoida va fonema allofonlari (vari-antlari)ni talaffuz qilish qoidalari kiritiladi; tor maʼnoda — fa-sat fonemalarni qoʻllash qoidalari kiritiladi. O. koʻlamining bir xil belgilanmasligining sababi shunda-ki, baʼzi olimlar talaffuz meʼyorlari tushunchasiga fakat tovushlarni talaffuz qilishni, boshqalari esa urgʻuni ham, baʼzan variantdor grammatik shakllar hosil boʻlishini ham kiritadilar.

Orfoepiya

  • ⚜So’z asosi va qo’shimchasini yagona tarzda yozish haqidagi qoida tizimi, yig’indisi orfografiya deyiladi. Orfografiya adabiy deyiladi. Orfografiya adabiy tilning yozma shakliga xosdir. Orfoepiya va grafika bo`limlari bilan uzviy bog’liqdir. O’zbek yozuvi uchun hozirgacha 2 marta imlo qoidasi tasdiqlangan.
  • 1️⃣. 1956-yil 4-aprelda kirill yozuviga asoslangan o’zbek tilining imlo qoidalari
  • chiqarilgan va u 72 paragrafdan iborat bo’lgan.
  • 2️⃣. 1995-yil 24-avgustda lotin yozuviga asoslangan o’zbek tilining asosiy imlo 
  • qoidalari chiqarildi va u 7 bo’lim, 82 paragrafdan iborat.

Orfografiya


1.Orfografiya va uning asosiy tamoyillari:
2. Morfologik tamoyil
3) Shakliy-ananaviy tamoyil
4 Differentsiatsiya tamoyili.
1.Orfografiya va uning asosiy tamoyillari:
Orfografiya – adabiy tilning to’g’ri yozish qonun-qoidalarini o’rganuvchi bo’lim.
Fonetik tamoyil – talaffuzni yozuvda aks ettiradigan tamoyil..
Morfologik tamoyil – talaffuzni emas, balki so’z va qo’shimchalarni asliga mos holda yozadigan tamoyil.
Ma`nolari
Shakliy-ananaviy tamoyil – o’zlashgan so’zlarning shakli yozuvda saqlanadigan tamoyil.
Differentsiatsiya tamoyili – shakli va talaffuzi bir xil bo’lgan so’zlarning yozuvda turli shartli belgilar vositasida farqlanadigan tamoyil.  
Ma`nolari
1995 yil 24 avgustda lotin grafikasi asosidagi o`zbek yozuvining imlosiga doir qoidalari tasdiqlandi. Bu imlo qoidalari quyidagi bo`limlardan tuzilgan:
1. Ayrim harflar imlosi: unlilar imlosi, undoshlar imlosi.
2. Asos va qo`shimchalar imlosi.
3. Qo`shib yozish.
4. Ajratib yozish.
5. CHiziqcha bilan yozish.
6. Bosh harflar bilan yozish.
7. Ko`chirish qoidalari.

Imlo

Adabiy tilning og‘zaki nutq va yozma nutq me’yorlari farqlanadi. Ilmiy asoslangan adabiy til me’yorlarida talaffuz va imloning qat’iy qoidalari mavjud. Og‘zaki nutqda ayrim unli harflar yozilganidan boshqacha talaffuz qi linadi: kompyuter – kampyuter, mobil – mabil, kino – kiy no. Bunday so‘zlardagi unli harflarni matnlarda yozilganidek talaffuz qilish оg‘ - edurtm_uz 8 zaki nutq me’yorlaridan chetga chiqish sifatida baholanadi. Shuningdek, ba’zi unli tovushlar esa aytilganidek yozilmaydi: boho (talaffuzda) – baho (imloda), unuqqan (talaffuzda) – uniqqan (imloda), partret (talaffuzda) – portret (imloda). Ammo vahshiy, falokat, ravshan so‘zlarini vоxshiy, polаkat, rovshan deb talaffuz qilish yoki qanday aytilsa, shunday yoz ish to‘g‘ri emas. Og‘zaki va yozma nutqdagi bunday muammolarga duch kelganda „O‘zbek tilining talaffuz lug‘ati“, „O‘zbek tilining imlo lug‘ati“ga asoslanish kerak.

Adabiy tilda barcha so‘zlar aytilganidek yozilsa edi, bir so‘zning o‘zini ham turlicha yozishga to‘g‘ri kelar, natijada imloni tartibga solib bo‘lmas, savodsizlik kuchayib ketar edi. Shuning uchun amaldagi talaffuz va imlo qoidalariga ko‘ra аyrim undoshlarning ham talaffuzi va imlosi mos farq qiladi. Og‘zaki nutqda ayrim undosh harflar yozilganidan boshqacha talaffuz qilinadi: mas xaraboz – mas xaravoz, shanba – shamba, pedagog – pedagok. Og‘zaki nutqdagi ixtisod, shoshilip, ketti so‘zlarini iqtisod, shoshilib, ketdi shaklida yozish lozim. Bu talaffuz, albatta, noto‘g‘ri emas. Ammo imloda so‘zlardagi bu undoshlarning qanday yo zilishi imlo qoidalari va lug‘atlarda me’yorlashtirilgan.

  • Adabiy tilda barcha so‘zlar aytilganidek yozilsa edi, bir so‘zning o‘zini ham turlicha yozishga to‘g‘ri kelar, natijada imloni tartibga solib bo‘lmas, savodsizlik kuchayib ketar edi. Shuning uchun amaldagi talaffuz va imlo qoidalariga ko‘ra аyrim undoshlarning ham talaffuzi va imlosi mos farq qiladi. Og‘zaki nutqda ayrim undosh harflar yozilganidan boshqacha talaffuz qilinadi: mas xaraboz – mas xaravoz, shanba – shamba, pedagog – pedagok. Og‘zaki nutqdagi ixtisod, shoshilip, ketti so‘zlarini iqtisod, shoshilib, ketdi shaklida yozish lozim. Bu talaffuz, albatta, noto‘g‘ri emas. Ammo imloda so‘zlardagi bu undoshlarning qanday yo zilishi imlo qoidalari va lug‘atlarda me’yorlashtirilgan.
  • Til sohibida o‘z qatlam so‘zlarining talaffuzi muammo tug‘dirmaydi. O‘zlashma so‘zlarning talaffuzi esa birmuncha murakkab. Uni tinglash, lug‘at asosida mashq qilish bilan o‘zlashtirish mumkin. So‘zlarni urg‘usiga rioya qilib talaffuz qilish – madaniy nutq belgisi. Urg‘u ta’sirida yozuvda aks etmaydigan tovush o‘zgarishi sodir bo‘ladi: diréktor – diréktr, métod – métd. O‘zlashma so‘zda urg‘u qaysi bo‘g‘inda bo‘lishidan qat’i nazar, urg‘u oladigan o‘zbekcha qo‘shimcha qo‘shilganda, urg‘uning joyi o‘zgaradi: diréktor – direktorní, métod – metodgá kabi.

o‘zlashma so‘zlardagi tovush o‘zgarishlarida ham, o‘z qatlam so‘zlaridagi qo‘shimcha qo‘shilganda yuz beradigan tovush o‘zgarishlarida ham imloda yozuvda aks etadigan va yozuvda aks etmaydigan holatlar mavjud.


E`tiboringiz uchun rahmat!
Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling