Immunokompitent hujayralar


Bazofillar Bazofil granulositlar


Download 0.55 Mb.
bet3/3
Sana25.12.2022
Hajmi0.55 Mb.
#1066320
1   2   3
Bog'liq
immunology

Bazofillar
Bazofil granulositlar yoki bazofillar, segment yadroli bazofillar, bazofil leykositlar – graulositli leykositlarning kichik turi. Ko`pincha gistamin hamda boshqa allergomediatorlarning granulalari bilan sitoplazmaning berkilib qolishi sababli ko`rinmaydigan, С-simon yadroga ega. Bazofillar Romanovsk bo`yog`i bilan bo`yashda intensiv ravishda asosiy rangni yutgani hamda faqat eozin bilan bo`yaladigan eozinofillardan, har ikkala bo`yoqni yutib yuboradigan neytrofillardan farqli ravishda taqir (sho`r) eozin bilan bo`yalmaydi
Bazofillar xemotaksisga va fagositozga qodir. Undan tashqari, chamasi, fagositoz bazofillar uchun na asos, na tabiiy faollik sanalmaydi. Ularning yagona funksiyasi – suyuqlik va boshqa granulositlar oqimining ortishiga, tomirlarning o`tkazuvchanligining kengayishiga, qon aylanishining (oqimining) kuchayishiga olib keluvchi bir lahzalik (tezda ro`y beradigan) degranulyasiyadir. Boshqacha qilib aytganda, bazofillarning asosiy vazifasi boshqa qolgan graulositlarni yallig`lanish o`chog`iga ko`chishidir
Monositlar
Monosit – sitoplazma ichida azurofil donsimon va yumshoq xromatin tarmoqqa ega bo`lgan ekssentrik holda joylashgan polimorf yadroli 18 – 20 mkm diametrli agranulositlar guruhining yirik etilgan bir yadroli leykositi. Monositlar ham limfositlar singari segmentlashmagan yadroga ega. Monosit – periferik qonning nisbatan faol fagositidir.
Monositlar qonda 2-3 kun bo`lib, so`ngra ular atrofdagi to`qimalarga o`tadi va shu erda etilib, to`qima makrofaglariga – gistiositlarga aylanadi. Shuningdek monositlar Langergans xo`jayralari, mikrogliya va boshqa qayta ishlanuvchi hamda antigenning ko`rinishiga ega bo`lgan xo`jayralarning o`tmishdoshi (vazifadoshi) sanaladi.
Faollashtirilgan monositlar hamda to`qimali makrofaglar: ●sitotaksinlarni, interleykin (IL1), o`sma (shish) nekrozi faktorini (FNO), interferonni ishlab chiqargan holda o`smaga, virusga, mikroblarga hamda parazitlarga qarshi immunitetni amalga oshiradi. ●Gemopoezni (qon ishlab chiqarish) boshqarishda ishtirok etadi.
●Organizmning o`ziga xos immun reaksiyasi shakllanishida ishtirok etadi
Monositlar yorqin ifodalangan fagositar funksiyaga ega. Periferik qonning bu eng yirik xo`jayralaridir, ular makrofaglar sanaladi, ya’ni nisbatan katta miqdordagi zarrachalar hamda xo`jayralarni yutishi yoki bo`lmasa katta miqdordagi mayda zarralarni o`zlashtirishi mumkin, odatda ular fagositlanish jarayonidan so`ng halok bo`lmaydi. Mana shular bilan ular makrofaglardan – neytrofillar hamda uncha katta bo`lmagan miqdorda kichik zarrachalarni yutuvchi va odatda fagositlanishdan so`ng halok bo`luvchi eozinofillardan farqlanib turishadi.
Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling