Immunosorbentlar va ularni olish usullari
Download 138.6 Kb.
|
Immunosorbentlar va ularni olish usullari (2)
Immunoenzim tahlil
Geterogen metodlarga belgilangan reagentning immunokimyoviy kompleksida bog’langan va erkin qolganlar bo’linishi immobilizatsiyalanadigan reagent bilan qattiq faza yordamida va sistemaga qo’shimcha eritmalar komponentlari (tuzlar, polietilenglikol, spirt, ikkilamchi antitela, oqsil va boshqalar) kiritishdan hosil bo’lgan immunokomplekslar o’tirish yo’li bilan ham amalga oshadigan metodlar kiradi. Biz bu barcha yondashishlarni ko’rib chiqishga to’xtalib o’tirmaymiz, balki belgilangan komponentlar bo’linishi uchun qattiq fazada unga qimirlamaydigan antitelo yoki antigenlar bilan qo’llaniladigan metodlar bilan chegaralanamiz. Hozirgi vaqtda ular juda keng tarqalgan. Klassifikatsiyaning qulay bo’lishi maqsadida geterogen metodlarning bo’linishi butun analizni aniqlovchi hisoblanadigan “bilish”ning birinchi bosqichini o’tkazadigan xarakteri bo’yicha maqsadga muvofiq o’tkazish. Agar birinchi bosqichda antigen yoki antitela immobilizatsiyalangan holatda qo’llaniladi, shubhasiz, spetsifik immunokompleks shakllanishi qattiq fazada o’tadi. Bu esa qattiq fazali metodga kiradi. Agar analizning birinchi bosqichida spetsifik immune komplekslar hosil bo’lishi eritmada o’tkazilsa, undan keyingina bo’lish maqsadida immobilizatsiya reagent bilan qattiq faza qo’llaniladi. Bunday metodlarni gomogeno-geterogenlar deb klassifikatsiyalash maqsadga muvofiq. Shunday qilib IFA metodlari klassifikatsiyasini ___-sxemadagidek tasavvur qilish mumkin. Bunda II tipdagi analizning kattaroq xilma-xilligi va I tipdagi gomogeno-geterogen metodlar va konkurentlik yo’qligi kuzatiladi.Bugungi kunda reagentlar qo’llanilishining xarakteri bo’yicha va ayrim bosqichlarning ketme-ketligi bilan farqlanadigan IFA ning turli xil metodlari o’ttizdan ortiq variantlari ishlab chiqilgan. Analiz variantlarining bunday ko’pligi gomogen metodlarda fermentative faollik modulyatsiyasining turli xil usullarida va IFAning geterogen immobilizatsiya reagent tashuvchilar (antigen va antitana) va belgilangan fermentlar bilan turli xil kombinatsiyalarni qo’llash bilan ta’minlangan. Bu barcha metodlar yuqorida keltirib o’tilgan sistemaga muvofiq klassifikatsiyalanishi mumkin. Geterogen va gomogen analizning taniqli metodlarining mukammal klassifikatsiyasi _3__-sxemasini hisobga olgan holda va analizda belgilangan ferment reagentlar antitelalar, antigenlar va ikkilamchi antitelalar ishlatiladigan tipda amalga oshirish mumkin. Analizning ayrim bosqichlarini o’tkazishning ketma-ketligidagi xilma-xilligini hisobga olib, IFA gomogen va geterogenida antigen va antitelalarni aniqlash metodlarining ayrimlarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi. Download 138.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling