Immunosorbentlar va ularni olish usullari


Immun tizimlar filogenezi


Download 138.6 Kb.
bet4/22
Sana30.04.2023
Hajmi138.6 Kb.
#1403185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Immunosorbentlar va ularni olish usullari (2)

Immun tizimlar filogenezi
Immunologiya (immunitet va ... logiya) — tibbiy-biologik fani organizmning genetik jihatdan unga yot boʻlgan belgilar (antigenlik xususiyati) ga ega tirik tanalar va moddalar taʼsiriga nisbatan oʻziga xos antigenlik birligini saqlashga qaratilgan reaksiyalari. Immunitetning umumbi-ologik asoslarini, uning vujudga kelishi va evolyusiyasini, toʻqimalar antigenlariningnasldan naslga oʻti-shini, antitelolar va antigenlarning kimyoviy tuzilishi hamda xossalarini, ularning oʻzaro taʼsiri qonuniyatlarini, immunologik kasalliklarning oldini olish va davolash usullarini oʻrganadi. Hujayra va molekula doirasida antitelolar hosil boʻlish mexanizmini, antigenlarning patogenetik rolini, immun sistemaning filoge-nezi va ontogenezini oʻrganishI. ning nazariy yoʻnalishlaridir. E. Jenner odamga sigir chechagini emlab, odamni chin chechakdan saqlash usulini ishlab chikdi (1769). L. Pas-ter tovuklarni vaboning eski kulturasi bilan immunlab, ularni yuqori virulentli mikrobga chidamli qilish mumkinligini aniqladi (1880). Bu kashfiyotlar I. ning mustaqil fan sifatida shakllanishiga asos boʻldi.
I. I. Mechnikov fagotsitozni kashf etdi (1887) va immunitetning hujayra (fa-gotsitar) nazariyasini ishlab chikdi. Organizmga kiritilgan mikroblarga javoban antitelolar ishlanishi nemis bakteriologi E. Bering va hamkorlari tomonidan aniqlandi (1890). Nemis olimi P. Erlix immunitetning gumoral nazariyasini ilgari surdi (1898, 1900). Organizmga begona eritrotsitlar va zardob oqsillari kiritilganda ham antitelolar hosil boʻlishini belgi-yalik olim J. Borde bilan rus olimi N. N. Chistovich anikdadi (1898—99). Bu kashfiyot odamning kon guruxlarini kashf etdi (1900) va toʻqima izoantigenlari haqidagi taʼlimotga asos soldi. I. kimyo, genetika, fiziologiya, radiobiologiya va biol. Hamda tibbiyotning boshqa tarmoqlari bilan uzviy boglangan holda tez rivojlandi. Hoz. I. ning quyidagi yoʻnalishlari bor. Immunomorfologiya — organizm immun sistemasining anatomiyasi, gistologiyasi va sitologiyasini oʻrganadi; bunda gistologik va sitologik tekshirish, hujayrani organizmdan tashqarida oʻstirish; yorugʻlik, flu-oressent va elektron mikroskopiya, avtoradiografiya va b. usullardan foydalaniladi.
Organizm oʻz toʻqimalari uchun normal boʻlmagan komponentlar, yaʼni yot moddalarni, mas, nobud boʻlgan va aynigan hujayralar, shikastlangan molekulalar, yot hujayralar, bakteriyalar, viruslar, eng sodda jonivorlar, gelmintlar, ularning zaharlari va b. ni immun reaksiyalar mexanizmlari yordamida zararsizlantiradi, ularni organizmdan chiqarib yuboradi. Immun reaksiyalarning miqdor tasnifini tartibga solib turadigan omillar, chunonchi nerv sistemasi (asosan, gepotalamus), gormonlar, ovqatlanish, organizmning holati (jumladan, charchash darajasi) va tashqi taʼsirotlarni immun reaksiyalar fiziologi yasi oʻrganadi. Hoz. faqat gipofiz va buyrak usti bezlari gormonlari immun reaktivlikni oʻzgartirib qolmay, platsenta ham ona organizmining homila antigeniga nisbatan immun reaksiyasini maʼlum darajada tor-mozlay oladigan alohida gormon chiqarishi aniqlangan. Immunopatologiya — organizmga shikayet yetkazadigan immun reaksiyalarnigina emas, balki immun siste-masining oʻzgarishi bilan davom etadigan kasalliklarni ham oʻrganadi. Bunda immun reaksiyaning tormozlanishi va kuchaytirish metodlariga qam alohida eʼtibor beriladi



Download 138.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling