Immunosorbentlar va ularni olish usullari


Somatik genostazis va immunitet-evolutsiya sifatida


Download 138.6 Kb.
bet22/22
Sana30.04.2023
Hajmi138.6 Kb.
#1403185
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Immunosorbentlar va ularni olish usullari (2)

Somatik genostazis va immunitet-evolutsiya sifatida
Immun sistemasi
umurtqali mavjudotlardagi organ va to'qimalarni birlashtiruvchi, kasalliklardan himoya qiluvchi tizim
Boshqa tilda oʻqish (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Immun_sistemasi#p-lang)
PDF sifatida yuklash (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Immun_sistemasi#)
Kuzatish (https://uz.m.wikipedia.org/w/index.php?title=Maxsus:UserLogin&returnto=Immun+sistemasi)
Tahrirlash (https://uz.m.wikipedia.org/w/index.php?title=Immun_sistemasi&action=edit§ion=0)
Immun sistemasi organizmni (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Organizm) kasalliklardan (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Kasallik) himoya qiluvchi biologik jarayonlar tarmogʻidir. U viruslardan (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Viruslar) tortib parazit chuvalchanglarga (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Gelmintlar) qadar turli xil patogenlar, shuningdek, saraton hujayralari, hatto yogʻoch qirindilarigacha taniydi, ularga immunologik javob qaytaradi va ularni organizm sogʻlom toʻqimalaridan (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/To%CA%BBqima) ajratib turadi. Koʻpgina biologik turlarda immun sistemasi ikkita asosiy kichik guruhdan iborat.
Tugʻma immun sistemasi xilma-xil holatlar va taʼsirlarga oldindan shakllantirib qoʻyilgan immun javoblar orqali himoyani taʼminlaydi. Adaptiv immun sistemasi oldin oʻzi duch kelgan molekulalarni osonlik bilan tanib olish orqali keyingi har bir stimulga moslashtirilgan javob qaytaradi. Ikka sistemalar ham oʻz funksiyalarini bajarish uchun molekulalar va hujayralardan foydalanadilar.
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Fayl:Neutrophil_with_anthrax_copy.jpg)
Kuydirgi (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Kuydirgi) bakteriyalarini (sabzirang/chapda) qamrab olayotgan leykotsitning (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Leykotsitlar) (sariq/oʻngda) skanerli elektron mikroskopdagi tasviri — oʻlchov chizigʻi 5 µm (shartli rangda (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Shartli_rang)) — masshtabi 5
Deyarli barcha organizmlar qaysidir bir turdagi immunitetga ega. Bakteriyalar (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Bakteriyalar) virusli (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Bakteriofaglar) infeksiyalardan himoya qiluvchi fermentlar (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Fermentlar) koʻrinishidagi rudimentar immunitetga ega. Boshqa sodda immun mexanizmlari qadimgi oʻsimliklar va hayvonlarda (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Eukariotlar) rivojlangan va ularning zamonaviy avlodlarigacha saqlanib kelmoqda. Ushbu mexanizmlar fagotsitoz (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Fagotsitoz), defensin deb ataladigan antimikrob peptidlar va komplement tizimini oʻz ichiga oladi. Jagʻli umurtqalilar, shu jumladan odamlar, yanada murakkab mudofaa mexanizmlariga, patogenlarni yanada samaraliroq aniqlashga adaptatsiya qilish qobiliyatiga ega. Adaptiv (yoki orttirilgan) immunitet immunologik xotirani hosil qiladi, bu esa xuddi shu patogen bilan keyingi toʻqnashuvlarga kuchliroq javob berish imkonini beradi. Shu kabi orttirilgan immunitet jarayoni emlashning (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Emlash) asosini tashkil etadi.
Immun sistemasining disfunksiyasi autoimmun kasalliklar, yalligʻlanish kasalliklari (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Yallig%CA%BBlanish) va saratonga olib kelishi mumkin. Immunitet tanqisligi immun sistemasi odatdagidan kuchsiz boʻlganida yuzaga keladi, natijada takroriy va hayot uchun xavfli infeksiyalar yuqishi mumkin. Odamlarda immunitet tanqisligi ogʻir kombinatsiyalangan immunitet tanqisligi kabi irsiy kasallik,

OIV / OITS (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Orttirilgan_immun_tanqisligi_sindromi) kabi orttirilgan kasalliklar yoki immunosupressiv dorilarni (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Immunodepressantlar) qoʻllash natijasida kuzatilishi mumkin. Autoimmunitet giperaktiv immunitet tizimining normal toʻqimalarga xuddi begona organizmlarga hujum qilishi kabi javobi natijasida yuzaga keladi. Keng tarqalgan autoimmun kasalliklarga Hashimoto tiroiditi, revmatoid artrit, 1-tur qandli diabet va tizimli qizil yuguruk kiradi. Immunologiya (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Immunologiya) immun sistemasining barcha jihatlarini oʻrganadi.




Asosiy adabiyotlar
1. R.M.Xaitov va boshqalar Immunologiya Toshkent, Ibn Sino nashriyoti, 1996yil.
2. R.V.Petrov-Immunologiya. M, Medisina, 1987yil.
3. A.YE. Vershigora-Umumiy immunologiya, Kiev, 1990 yil.
Qo’shimcha adabiyotlar
4. Metodicheskie razrabotki po “Immunologii” dlya studentov Med. VUZov. Toshkent. 1991g.
5. A.Rayt. Immunologiya asoslari. M, Mir.1991yil.
Elektron ta`lim resurslari
11. www.tdpu.uz - o’qit. Sayt.
12. www.pedagog.uz - ped VUZ
Download 138.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling