Imom Abu Iso Termiziyning ilmiy-ma’naviy merosi
Download 21.65 Kb.
|
1 2
Bog'liqImom Abu Iso Termiziyning ilmiy-ma’naviy merosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Al-U’shariyot
- Kitob fi al-jarh va-t-ta’dil
Kitob as-Sulosiyot. Bu asar nashr etilmagan. Uning bir qo’lyozma nusxasi Oyo Sofiyo kutubxonasida №7882 raqam ostida saqlanadi. Kitob “Sulosiyot hadis”ga bag’ishlangan bo’lib, ishonchlilik ahamiyati jihatidan u juda muhim manba hisoblanadi.
Ar-Rubo’iyot fi al-hadis[37].Muhaddisning ushbu asari ham nashr etilmagan. Uning yigirma uch varaqdan iborat bir qo’lyozma nusxasi Turkiyadagi “Jor Alloh” kutubxonasida №282 raqam ostida saqlanadi. Kitob “Rubo’iyot hadis” ga bag’ishlangan bo’lib, ishonchlilik ahamiyati jihatidan u “Sulosiyot”dan keyingi o’rinda turadi. Al-U’shariyot[38]. Muhaddisning ushbu asari ham bugungi kungacha etib kelmagan. Kitob al-Mavquf. Olimushbu asari borligiga“Sunani Termiziy” asarida ishora qilib o’tgan. Agar hadis ilmi istilohiga asosan qaralganda ushbu asar “mavquf” hadislar haqida bo’lib, unda shu turkumga tegishli hadislar jamlangan[39]. Kitob fi al-jarh va-t-ta’dil[40]. Olimning bu asari hadis ilmlarining “Jarh va ta’dil” sohasiga bag’ishlangan bo’lib, ushbu asar ham bugungi kungacha saqlanib qolmagan. Risola fi-l-xilof va-l-jadal.Muhaddisning ushbu asari haqida mashhur tarixchi olimlardan Hoji Xalifa o’zining “Kashf az-Zunun” nomli kitobida asar nomi va boshlanishini keltirib o’tgan: “الحمد لله مسبب الاسباب ”. Asar o’n ikki fasldan tarkib topgan[41]. Lekin ushbu kitob nusxasi bugungi kungacha aniqlanmagan. Xulasa o’rnida shuni aytish mumkinki, mazkur tadqiqot davomida Abu Iso Termiziy qalamiga mansub mazkur 15 asaraniqlandi. Shulardan, “Risola fi-l-xilof va-l-jadal”,“Kitob fi al-jarh va-t-ta’dil”, “Kitob al-Mavquf”,“Al-U’shariyot”, “Kitob al-Asmo’ va-l-kuno”, “Kitob az-Zuhd”, “Kitob at-Tarix”va “Kitob at-Tafsir” kabi asarlari hanuzgacha topilmagan. Shuningdek, “Ar-Rubo’iyot fi al-hadis” va “Kitob as-Sulosiyot”singari asarlarining qo’lyozma nusxalari bo’lsada, haligacha ayni shu kitoblar xususida alohida ilmiy tadqiqotlar olib borilmagan va nashr ham qilinmagan. Xullsa, olim asarlarining ilmiy-ma’naviy jihatdan hamiyati juda katta. Download 21.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling