Imom Abu Iso Termiziyning ilmiy-ma’naviy merosi
Download 21.65 Kb.
|
1 2
Bog'liqImom Abu Iso Termiziyning ilmiy-ma’naviy merosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ash-Shamoil an-nabaviya va-l-fadil al-mustavaviya
- Kitab al-Ilal as-sag’ir
- Kitab al-Ilal al-kabir
- Kitob al-Asmo’ va-l-kuno.
- Kitob at-Tarix
- Kitob az-Zuhd.
Imom Abu Iso Termiziyning ilmiy-ma’naviy merosi Imom Abu Iso Termiziy jahon tamadduniga o’zining ma’naviy-ilmiy merosi bilan katta hissa qo’shgan buyuk olimlardan hisoblanadi. Alloma taniqli hofiz imomlardan biri bo’lib, uning ma’naviy merosi musulmonlarga manfaatli bo’lib kelmoqda[1]. Manba va adabiyotlarda muhaddis qalamiga mansub asarlar soni aniq qaydlanmagan bo’lsa-da, yigirmaga yaqini zikr qilib o’tilgan. Shunga qaramasdan, ko’pchilik olimlarning fikricha uning hali noma’lum kitoblari ham mavjud. Shubhasiz, “Sunani Termiziy” hadis to’plami Imom Abu Iso Termiziyning shoh asari hisoblanadi. Bu kitob olimning bir umrlik ilmiy safar mashaqqatlarining samarasi bo’lib, uni “Adha” kuni 270G’883-884 yili yozib tugatgan[2]. Muallifning o’zi kitobi haqida bunday deygan: “Ushbu kitobni tasnif qilganimdan keyin, uni Hijoz, Iroq va Xuroson ulamolariga taqdim etdim. Ular rozilik bildirib, qabul qildilar. Kimning uyida ushbu kitobdan bo’lsa, o’sha xonadonda xuddi Nabiy sallallohu alayhi va sallam gapirayotgandek bo’ladi”[3]. Muhaddis va uning “Sunani Termiziy” kitobi haqidagi nafaqat zamonasining, balki bugungi kunning olimlari ham ijobiy fikrlar bildirmoqda. Jumladan, Hofiz Muhammad ibn Hibbon ibn Ahmad at-Tamimiy al-Bustiy (vaf. 354G’965 y.) o’zining “Kitob as-Siqot” nomli asarida Abu Iso Termiziy haqida bunday degan: “Abu Iso Termiziy hadislarni jamlagan, yozgan, yod olgan va zikr qilganlardan biridir”[4]. Abu Said al-Idrisiy bunday degan: “Hifzda unga teng keladigani bo’lmagan”[5]. Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad ibn Mansur at-Tamimiy as-Sam’oniy (vaf. 562G’1166 y.) o’zining “Kitob al-Ansob” asarida Abu Iso Termiziyni bunday vasf etgan: “Munoqashasiz, u o’z asrining peshqadami bo’lib, turli asarlar sohibidir. Hadis ilmida ergashiladigan imomlardan biridir”[6]. Bu haqida mashhur hanafiy olimlaridan Ahmad ibn Mustafo Toshko’prizoda (901-968G’1495-1561) o’zining “Miftoh as-saoda” nomli kitobida bunday degan: “Buyuk hofiz ulamolardan biri edi. Fiqhda qimmatli asarlari bor. Hadisni bir guruh muhaddis olimlardan o’rgangan bo’lib, “birinchi tabaqa” shayxlari bilan ko’rishgan. Hadis ilmida ko’pgina kitoblar yozgan. Uning ushbu “Al-jomi’-as-sahih” kitobi bu asarlar orasidagi eng foydalisi, eng ixcham tartiblisi va eng takrori ozidir. Unda boshqa hadis kitoblarida uchramaydigan xususiyatlar ham mavjud. Jumladan, mazhablar va istidlol (dalil keltirish) jihatlari e’tiborga olingan, sahih, hasan va g’arib deb hadis darajalari aniq belgilangan. Bu kitobda jarh va ta’dilga o’rin ajratilgan; kitob oxirida illatlarga doir maxsus bir bob ilova qilingan. Xullas, bu kitobda ulkan foydalar jamlangandir. Kitobni mutolaa qilgan kishilar bunga tan beradilar”[7]. Mashhur muarrix olimlardan Shihabuddin Abulfallah Abdulhay ibn Ahmad ad-Damashqiy (1032-1089G’1623-1678) ham o’zining “Shazarot az-zahab” kitobida “Tengdoshlarining taniqlisi va xotira hamdaetuklikda bir mo’’jiza edi”, deya ta’kidlagan[8]. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon az-Zahabiy (vaf. 748G’1347 y.) o’zining “Mizon al-i’tidol fi naqd ar-rijol” asarida olimni “Bilittifoq, Abu Iso Termiziy ishonchga sozovor inson”, deb ta’kidlagan[9]. Al-Idrisiy ham u zotni “Hadis ilmida ergashiladigan imomlardan biri bo’lgan”, deb tavsiflaydi[10]. Shuningdek, ushbu kitob haqida Hofiz Abul-Fazl Al-Maqdisiy quyidagicha bayon etgan: “Hirotda imom Abu Ismoil Al-Ansoriydan eshitdim. U o’z majlisida, Termiziy va uning kitobi borasida so’z ketganida bunday dedi: “Mening uchun uning (Termiziyning) kitobi Buxoriy va Muslim kitoblaridan ko’ra foydaliroq. Chunki,Sahihi Buxoriy va Sahihi Muslimdan faqat mutaxassis olimlargina foydalana oladi. “Sunani Termiziy”dan esa har kim foydalanishi mumkin”[11]. Shayx Abdulaziz Mansur ushbu asari va uning tarkibiy tuzilishi haqida shunday degan: Ulug’ vatandoshimiz – Abu Iso Muhammad At-Termiziyning qo’lingizdagi “Sunani Termiziy” kitobi “Al-jomi’ as-sahih” (“Ishonarli to’plam”), “Al-jomi’ al-kabir” (“Katta to’plam”) yoki (“Sahihi Termiziy”) nomlari bilan ham mashhur. Ammo hazrati Imom At-Termiziy hadis ilmida “Sunani Termiziy” yo’nalishiga asos solgan muhaddislardan bo’lgani uchun bu kitob, asosan, “Sunani Termiziy” nomi bilan shuhrat qozongan. Ma’lumdirki, Er yuzi musulmonlarining asosiy ko’pchiligi hazrati Imomi A’zam mazhablariga rioya qiladilar. “Sunani Termiziy” kitobida esa xuddi ana shu mazhab jihatlari e’tiborga olingan. Hanafiy mazhabining fikr-qarashlarini Imom At-Termiziy “Kufa ahli”ning fikr-qarashlari tarzida bayon qilganlar[12]. “Sunani Termiziy” hadis to’plami manbalarda turli nomlar bilan keltirilgan. Jumladan, ulardan quyidagilarni keltirish mumkin: Al-Jomi’. Bu nomni Shihobuddin Abulfazl Ahmad ibn Ali ibn Hajar al-Asqaloniy o’zining “Tahzib at-tahzib” nomli asarida va Ahmad ibn Abdulloh al-Jazariy o’zining “Xulosot Tahzib tahzib al-kamol” nomli kitobida zikr qilganlar[13]. Al-Musnad as-sahih. Mansur al-Xolidiy bu haqida shunday degan: “Abu Iso dedi: Men bu kitob, ya’ni, “Al-Musnad as-sahih”ni tasnif qilib, uni Hijoz, Iroq va Xuroson ulamolariga taqdim etdim. Ular uni ijobiy qabul qildilar”[14]. As-Sunan. Kitobning bu nom bilan atalishiga sabab shuki, undagi hadislarning fiqhiy mavzular tartibida tasniflanganligidir. Asarning ushbu nomi boshqalariga nisbatan keng tanilgani va asar tarkibiga mosi hisoblanadi. Al-Jomi’ as-sahih.“Sunani Termiziy” asariga nisbatan bu nomni Hoji Xalifa (1017-1067G’1609-1657) o’zining “Kashf az-zunun”nomli asarida va Ismoil Posho Bag’dodiy (vaf. 1339G’1920 y.) “Hadiyat al-orifin” kitobida keltirilganlar[15]. Kitab as-sahih. Al-Musnad al-Jomi’. Bu nomni Hofiz Abulqosim al-Is’ardiy (vaf. 692G’1293 y.) o’zining “Fazoil al-Kitab al-jomi’ li Abu Iso at-Termiziy” nomli asarida ishlatgan. Al-Jomi’ al-Kabir. Abulhasan Ali ibn Muhammad ibn Muhammad ibn ibn Abdulkarim al-Jazariy ash-Shayboniy (555-630G’1160-1233) o’zining “al-Komil fi at-tarix” nomli asarida bunday deydi: “Abu Iso Termiziy imom va hofiz bo’lgan. Ajoyibasarlar muallifi bo’lib, kitoblarining eng yaxshisi “al-Jomi’ al-kabir”[16]. Shuningdek, ushbu nom “Sunani Termiziy”ning zamonaviy nashrlarida ham qo’llanilgan[17]. Al-Jomi’ al-muxtasar min sunan Rasululloh. Bu nom ham ba’zi manbalarda keltirilgan. Kitob al-Jomi’. Bu boradagi xulosani mashhur tarixchi olimlardan Hoji Xalifa o’zining “Kashf az-Zunun” nomli kitobida quyidagicha bayon etgan: “Bu hadis bobida tasnif etilgan “al-Kutub as-sitta” (olti sahih hadis kitob) ning uchinchi kitobi bo’lib, u “Jomi’ at-Termiziy” nomi balan ataladi. Shuningdek, u “as-Sunan” deb ham yuritiladi. Ammo, birinchi nomi ko’proq qo’llaniladi”[18]. Imom Abu Iso Termiziyning “Sunani Termiziy” hadis to’plami ishonchlilik darajasidan “al-Kutub as-sitta” tarkibiga kiradi. Lekin, uning tartib bo’yicha nechanchi o’rinda turishi borasida olimlar turli fikrlarni bildirganlar. Yuqorida atilgani singari, Hoji Xalifa “al-Kutub as-sitta”ning uchinchi kitobi degan. Shuningdek, bu haqida mashhur hanafiy olimlaridan Ahmad ibn Mustofa Toshko’prizoda o’zining “Miftoh as-sa’oda” nomli kitobida bunday degan: Sahihi Buxoriy; Sahihi Muslim; Al-Muvatto; Sunani Abu Dovud; Sunani Termiziy; Sunani Nasoiy; Sunani Ibn Moja; Sunani Doraqutniy; Musnadi Ahmad; Musnadi Ibn Abu Shayba; Musnad Bozzor[19]. Asar tarkibiga to’xtanilsa, unda jami 3956 hadis jamlangan bo’lib[20], ular bir yuz ellik bir kitobga tasniflangan[21].Lekin, mazkur hadislar miqdorida ba’zi bir hadislar borasida keltirilgan ikki sanad rivoyati inobatga olinmagan. Ash-Shamoil an-nabaviya va-l-fadil al-mustavaviya[22]. Bu asar “Shamoili Muhammadiya”, “Shamoil Termiziy” kabi nomlar bilan mashhur. Asar tarkibiy jihatdan muayyan mantiqiy ketma-ketlikdagi mavzulardan tuzilgan bo’lib, o’zida 397ta hadisnijamlagan[23]. Ushbu kitob Payg’ambar (s.a.v.) hayoti haqida ma’lumot beruvchi muhim ishonchli manbalardan biri hisoblanadi. Shu sabab ham asar doim olimlar diqqat e’tiborida bo’lib,unga ko’plab sharhlar bitganlar. Kitab al-Ilal as-sag’ir[24].Imom Abu Iso Termiziyning ushbu asari muhaddislar tomonidan rivoyat qilingan ba’zi hadislarda uchrashi mumkin bo’lgan kamchiliklar va roviylarning holatlari haqidagi muhim manbalardan biri hisoblanadi.Olim bu kitobini “Sunani Termiziy” asarining oxirida keltirgan bo’lib, hadis ilmi sohasidagi birinchi asari hisoblanadi. Kitab al-Ilal al-kabir[25].Ushbu asar “Kitob al-ilal al-mufrad” nomi bilan ham mashhur. Imom Abu Iso Termiziyning ushbu asari rivoyat qilingan ba’zi hadislarda uchrashi mumkin bo’lgan kamchiliklar va roviylarning holatlari haqidagi mustaqil ikkinchi va asosiy kitobidir. Olim uni Samarqandda “Iyd al-adha” kuni 270G’884 yili yozib tugatgan. Bu asardan Imom Abu Iso Termiziydan keyin ushbu ilm sohasida faoliyat yutirgan ko’plab yirik olimlar unumli foydalanganlar. Jumladan, Imom Ahmad ibn al-Husayn ibn Ali ibn Muso al-Xurosoniy al-Bayhaqiy (384-458G’994-1066)[26]o’zining “as-Sunan al-kabir” nomli asarida va Imom Jamoluddin Abu Muhammad Abdulloh ibn Yusuf ibn Muhammad az-Zayla’iy al-Hanafiy (vaf. 762G’1361 y.) o’zining “Nasb ar-royat li-ahodis al-Hidoya” kitobida[27] “Kitab al-Ilal al-kabir” asaridan foydalanganlar. Bu o’rinda shunini alohida ta’kidlash kerakki Imom Abu Iso Termiziy ushbu asarida “سألت محمدا” (Muhammaddan so’radim) yoki “قال محمد” (Muhammad dedi) kabi qisqartma lafzlarni ishlatganida Imom Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy nazarda tutiladi. Abu Tolib Mahmud ibn Ali ibn Abu Tolib at-Tamimiy al-Asbahoniy ash-Shofiiy al-Qoziy (vaf. 585G’1189 y.)[28]“Kitab al-Ilal al-kabir” asarida keltirilgan hadislarni “Sunani Termiziy”ga muvofiq tartibga asosan mavzularga ajratib chiqqan. Ushbu asarda jami etti yuz o’n ettita hadis keltirilgan bo’lib, shulardan o’n to’rttasi “Sunani Termiziy”da keltirilmagan. Abu Tolib al-Qoziy ularni quyidagi mavzuviy katta boblar va takror bo’lmagan o’n to’rtta hadisni bitta alohida bobga jamlagan: Tahorat haqidagi bob; Namoz haqidagi bob; Zakot haqidagi bob; Ro’za haqidagi bob; Haj haqidagi bob; Janoza haqidagi bob; Nikoh haqidagi bob; Taloq va lion haqidagi bob; Savdo-sotiq haqidagi bob; Hukmlar haqidagi bob; Xun haqidagi bob; Jazolar haqidagi bob; Ov qilish va so’yish haqidagi bob; Qurbonlik haqidagi bob; Gunoh va qasam haqidagi bob; Siyar haqidagi bob; Jihod haqidagi bob; Libos haqidagi bob; Oziq-ovqat haqidagi bob; Ichimlik haqidagi bob; Yaxshilik va qarindoshlik aloqasi haqidagi bob; Tibbiyot haqidagi bob; Vakillik va sovg’a haqidagi bob; Qadar haqidagi bob; Fitnalar haqidagi bob; Zuhd haqidagi bob; Jannatning sifati haqidagi bob; Imon haqidagi bob; Ilm haqidagi bob; Ruxsat so’rash va odob haqidagi bob; Qiroat haqidagi bob; Duo qilish haqidagi bob; Manoqib haqidagi bob. Shuningdek, roviylarga tegishli so’z va fikrlarni ham alohida ajratib bergan. Ushbu asar bir necha bor nashr qilingan[29].Muhaddisning bu asariga ham ko’plab olimlar tomonidan sharhlar yozilgan. Shulardan biri Abdurrahmon ibn Ahmad ibn Rajab al-Hanbaliy (726-795G’1326-1393) qalamiga mansub[30]. Kitob al-Asmo’ va-l-kuno. Muhaddisning ushbu asari ham hadis ilmiga oid bo’lib, uniShihobuddin Abulfazl Ahmad ibn Ali ibn Hajar al-Asqaloniyo’zining “Tahzib at-tahzib” nomli asarida aytib o’tgan[31].Lekin, bu asar bugungi kungacha etib kelmagan. Kitob at-Tafsir. Olimning ushbu asari haqida Ahmad ibn Abdulloh al-Jazariy o’zining “Xulosot Tahzib tahzib al-kamol” nomli asaridaaytib o’tgan[32]. Muhaddisning ushbu kitobi ham bugungi kungacha topilmaganligi tufayli, uning qaysi ilm sohasiga oidligi haqida aniq ma’lumot keltirish mushkul. Lekin nomiga asoslanib uni Qur’on ilmlariga taalluqli deb taxmin qilish mumkin. Kitob at-Tarix. Muhaddisning ushbu asari ham hadis ilmining bir sohasi “Ilm ar-rijol”ga oid bo’lib, u ham olimning bugungi kungacha topilmagan asarlari sirasiga kiradi. U haqida olim Xayruddin az-Zirikliy o’zining “Al-A’lom” nomli va Ismoil Posho al-Bag’dodiy “Hadiyat al-orifin” nomli asarida aytib o’tganlar[33]. Kitob az-Zuhd. Imom Abu Iso Termiziyning ushbu asari bir jilddan iborat bo’lgan va bugungi kungacha etib kelmagan. Bu asar haqida Shihobuddin Abulfazl Ahmad ibn Ali ibn Hajar al-Asqaloniy o’zining “Tahzib at-tahzib” nomli kitobidaqisqacha ma’lumot berib o’tgan[34]. Kitob Tasmiyat ashob Rasulillahi sallollohu alayhi vasallam. Ushbu asar “Kitob asmoi as-Sahoba” nomi bilan ham mashhur[35]. Kitob Rasululloh (s.a.v.)ning sahobalari haqida bo’lib, unda keltirilgan shaxslar arab alifbosi tartibiga mos ravishda ularning ismlari bo’yicha yigirma sakkizta bobga ajratilgan. Ushbu boblarda jami etti yuz yigirma sakkizta sahoba nomlari bayon etilgan. Shuningdek, faqat “kunya”lari ma’lum, lekin ismlari noma’lum bo’lgan bir guruh sahobalarni oxirida alohida bobga jamlangan. Muhaddis sahobaning ismini, otasining ismini, kunyachini va nisbasini ham keltirib o’tgan. Shuningdek, alohida sahobalarning hayotida sodir bo’lgan muhim voqealarni ham alohida ta’kidlab o’tgan. Olimning ushbu asari ham nashr qilingan[36]. Download 21.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling