Imom ota aslida kim bo‘lgan?


Tandir ustida so‘fi azon aytadi


Download 1.14 Mb.
bet2/3
Sana17.12.2022
Hajmi1.14 Mb.
#1025362
1   2   3
Bog'liq
Imom ota

Tandir ustida so‘fi azon aytadi
Tog‘dan ortga qayta turib, yo‘l-yo‘lakay bir mashina to‘xtatdik. Mashinaga minar ekanmiz, unda to‘rtta 25 litrlik idishda suv borligiga ko‘zimiz tushdi. Haydovchi uyga suv tashiy turib, yo‘l-yo‘lakay odam ham olib ketayotganini tushuntirganidan so‘ng vaziyatni angladik. Bildikki, qishloqda shifobaxsh buloq bor va u hududning asosiy suv manbai hisoblanadi. Odamlar mashinada, eshak aravada o‘sha joydan suv tashiydi. Ayrimlar esa buloqdan o‘z uylarigacha minglab metrlik shlanglar, quvurlar olib o‘tgan. Buloq yonida kichik sharshara ham bor bo‘lib, u tog‘ning ichidan sirqirab oqadi. Bir qarashda insonning ko‘z yoshiga ham o‘xshaydi go‘yo — ayrim joylarida kiprikdan tomgan yoshday suvlar tomchilaydi, sirqirab oqadi...
Aytishlaricha, buloq suvi oyoq og‘rig‘iga, turli ichki kasalliklarga shifo ekan. Yana shu suvni biror niyat qilib ichsa o‘sha niyat amalga oshishiga odamlar qattiq ishonadi...
Chang ko‘chalardagi ko‘ngli toza odamlar bilan dildan suhbatlashib borar ekansiz, tog‘ning eng tepa cho‘qqisida tekis adir o‘rtasida Tandirtoshga ko‘zingiz tushadi. Tandirtosh — uzoq o‘tmishda harsangdan yasalgan tandir hisoblanib, bugungacha unda olov qoldiqlari, non izlari saqlanib qolgan. Bu tandirning o‘ziga xos jihatlari bisyor. Mahalliy aholining aytishicha, tandir ustida Ramazon kunlari so‘fi azon aytadi. Bu yerdan atrofni kuzatar ekansiz, butun qishloq kaftingizda namoyon bo‘lib turganday yaqqol ko‘rinadi. Yana ushbu tandir telefon antennasi juda yaxshi ishlovchi «tochka» ham sanalar ekan...

Tog‘lar uzoqdangina chiroyli ko‘rinadimi?
Ilgari ota-bobolarimiz tog‘lardan boshpana sifatida foydalangan. Hatto namoz o‘qib, chilla saqlagan g‘orlarda. Shunday muqaddas maskan sifatida qadrlangan. Bugun esa ular allaqanday yozuvlar peshtaxtasiga aylanib qolganday...
Atrofni kuzatar ekanmiz, bu yerga tashrif buyuruvchi ayrim odamlarda ziyorat madaniyati hali-hanuz anchagina «oqsashiga» guvoh bo‘ldik... qizil, yashil, siyoh, qora, yana turli xil bo‘yoqlarda birov ismini yozgan, birov yurak chizib ketgan, sevishganlar «sevgi tarixi»ni muhrlab ketgan... Tog‘lar uzoqdan chiroyli ko‘rinadi, degan maqol ilgari majoziy ma’noda qo‘llanilar edi. Bugun esa chin ma’noda ham tog‘lar uzoqdangina chiroyli ko‘rinadiganday... Shunday emasmi?

Bir yuz ellikta tosh zina eltuvchi g‘ordan Qirg‘iziston kengliklari, Tyan-Shan tog‘laring cho‘qqilari, boshqa bir tarafdan Andijon shahri, elas-elas ko‘rinadi. Tog‘ yonida hordiq chiqarish uchun kichik kafe, bolalar uchun o‘yingoh ham barpo etilgan. Bir so‘z bilan aytganda, barcha yoshdagi ziyoratchilar uchun sharoitlar muhayyo.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling