Imom ota aslida kim bo‘lgan?
Download 1.14 Mb.
|
Imom ota
- Bu sahifa navigatsiya:
- Imom ota aslida kim bo‘lgan
Imom ota Yoz kelib, chekka hududlardagi salqin go‘shalarning «qozoni» qaynaydi. Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumanida Imom ota nomli ziyoratgoh va sihatgoh ham ana shunday tog‘li, xushhavo maskan bo‘lib, vodiyda ma’lum va mashhurdir. Tog‘ning bir tarafi O‘zbekiston, ikkinchi tarafidan esa Qirg‘iziston hududi boshlanadi. Imom ota g‘orlar, shifobaxsh o‘simliklarga mo‘l-ko‘l. Shuningdek, sirli afsonalarga, muqaddas qadamjolarga boyligi, qolaversa, ayrim noqulayliklarga qaramay, mahalliy aholining bog‘dorchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanishi, ichki va tashqi turizm uchun yuzlab arzon va shinam dam olish zonalari barpo etib, faoliyat olib borishi hududning o‘ziga xosligini anglatadi. Havo almashtirish, hordiq chiqarishga yaxshi, ammo doimiy yashash uchun ma’lum qadar mushkul tuyilgan qishloq bilan yaqindan tanishishga harakat qildik. Kuzatuvlarimiz mobaynida yig‘ilgan fikr-mulohazalarni e’tiboringizga havola etamiz. Imom ota aslida kim bo‘lgan? Manbalar shunday xabar beradiki, ziyoratgoh qadimdan Islom olamida munosib o‘rin tutgan Imom Muhammad Hanafiya nomi bilan atab kelingan. Tadqiqotchilar N.Abdulahatov hamda V.Azimovlarning «Oltiariq ziyoratgohlari», «Nasibanomayi Muhammad Hanafiya» kitoblarida keltirishicha, islom lashkarboshisi Hazrati Alining o‘g‘li Muhammad Hanafiya Xurosonni zabt etib, aholining islomga kirishida xizmatlari katta bo‘lganligi uchun shu o‘lkada Bobo Xuroson, Imom ota nomlari bilan bog‘liq diqqatga sazovor joylar mavjud. XVIII asrga oid ziyoratxona-xonaqoh XIX asr oxirlarida andijonlik Mahmudaliboy tomonidan qayta tiklangan. Ushbu ob’ekt 1982 yilda me’moriy yodgorlik sifatida davlat muhofazasiga olingan. – Rivoyatlarda aytilishicha, Imom ota hazratlari balog‘at yoshiga yetganlarida diniy safarga chiqib ketgan otalari (Hazrat Ali Karomulloh)ni axtarib topish uchun yo‘lga chiqadi, – deydi Tursunboy Sobirov. – Kunlardan bir kun otalari bilan ko‘rishadilar, ammo bir-birlarini tanimaydilar hamda o‘zlari bilmagan holda birga kurash tushadilar, o‘g‘il otani yengadi. Otalari shu paytgacha kuragi yerga tegmagan bahodir inson bo‘lib tanilgan va Imom ota uning o‘g‘li ekanini bilganlar u kishiga bu haqiqatni darhol oshkor etadi. Imom ota esa o‘z otamga qo‘l ko‘tardim, deya chidolmay g‘orga kirib ketadilar. Shundan so‘ng ul zotni hech kim ko‘rmaydi, g‘ordan qaytib chiqmagan deb ham taxmin qilinadi. Ushbu g‘or bugun muzeyga aylantirilgan. G‘or yonida esa qishloq aholisi uchun to‘rt yuz kishilik namozxona barpo etilgan. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling